H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
129
Sinov savollari:
1.
Chimli tuproqlar qanday hosil bo‘lgan?
2.
Chimli-o‘rmon
tuproqlarining
hosil
bo‘lish
evolyutsiyasini
tushuntiring?
3.
Qattiq tog‘ jinslari ustida chimli tuproqlar qanday shakllanadi?
4.
Chimli karbonatli (rendzin) va chimli silikatli (ranker) hamda
yumshoq tog‘ jinslari ustida chimli tuproqlar qanday paydo bo‘ladi?
30-bob. Gidromorf tuproqlar
Gidromorf tuproqlarga pastdan sernam, yer osti suvlari yuzaga yaqin
joylarda hosil bo‘lgan bir qator tuproq guruhlari kiradi.
Bu tuproqlar
quyidagi sharoitda hosil bo‘ladi: 1) yer osti suvlarining yuzada to‘planishi;
2) pastqam joylarda atmosfera yog‘inlarining yig‘ilishi;3) yer usti va osti
suvlarining birgalikdagi ta’siri; 4) yer ustki qismida suvning davriy
to‘planishi, 5) daryo oqar suvlari bilan yer osti
suvlari yaqin joylarning
bostirilishi, 6) dengiz, ko‘l, daryo irmoqlaridagi tuproqlarning suv bilan
sernamlanishi, 7) sholi ekiladigan tuproqlarning doimo suv bilan
bostirilishi. Demak, gidromorf tuproqlar doimo tranzit (o‘tuvchan) va
yig‘iluvchan (akkumulyativ) geokimyoviy landshaftlarda hosil bo‘ladi.
Gumid mintaqasidagi tuproqlar suvdagi moddalarning o‘tishiga
geokimyoviy to‘siq hisoblanadi, natijada, tuproqda gumus, kremniy, temir,
marganes, fosfor to‘planadi. Arid mintaqasi
tuproqlarida esa ohak, gips,
suvda eriydigan tuzlar yig‘iladi. Yer yuzining glyatsial, flyuvioglyatsial va
allyuvial tekisliklardagi tuproqlar gidromorf bosqichni o‘z evolyutsiyasi
davomida bosib o‘tgan. Gidromorf tuproqlar uchun xos xususiyat
namlikning davriy ravishda qaytarilib turishi va
oksidlanish - qaytarilish
jarayonlarining avj olib, kimyoviy va biokimyoviy, anaerobiozis
reaksiyalarning Eh 100-200 mV o‘tishidir. Anaerob mikroorganizmlarning
rivojlanishi, qaytarilish kimyoviy jarayonlar natijasida - gleylanish G‘eO,
MpO, H2S,
SN
4,
NxO, rNx. Bu mintaqalarda vivianat, glaukonit, sulfidlar
hosil bo‘ladi. Gleyli qatlamlarda toksik moddalar va gazlar (metan, fosfin,
serovodorod, azot va uglerod oksidlanmagan turlari) hosil bo‘ladi.
Biroq
mikrozonalarda oksidlanish jarayoni suv o‘tgan joylarda rivojlanib, ser-
nam, loy qatlamlarda yashil, havorang, zangsimon dog‘lar hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: