Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
 
31-bob. Kriogen tuproqlar 
Kriogen toifasidagi tuproqlar, asosan, yaxlit muzlik sharoitda hosil 
bo‘lib, dunyo bo‘yicha 25% maydonni, Rossiyada 50 % maydonni egallab, 
Arktika, Antarktida, Sharqiy Sibir, G‘arbiy Kanada tog‘larida keng 
tarqalgan. Sovuq iqlim, kriogen tuproqlarda mexanik muvozonatning 
buzilishi, ya’ni tuproq qoplami deformatsiyasiga sabab bo‘lib, o‘ziga xos 
mikrorelyef va poligonal tuzilishni hosil qiladi. Poligonal tuzilishga ega 
tuproqlar quyidagi jarayonlar ta’sirida hosil bo‘ladi: 1) tuproqlarning 
muzlash va erishi davomida siqilishi; 2) mahsulot, yirik zarrachalarning 
yuza tomon itarib chiqarilishi; 3) yer osti muzlarning tolasimon yoki linza 
shakliga o‘tishi. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
132 
Kriogen mikrorelyef hosil bo‘lishida qo‘yidagi jarayonlar yuz beradi: 
1)mavsumiy eriydigan qatlamdagi mayda tuproq zarrachalarining 
sovuqdan yorilishi; 2) mavsumiy eriydigan qatlamning muzlash natijasida 
yopiq tizim hosil qilinishi; 3) bu yopiq tizimlarda deformatsiya, uzilish va 
kuchlanishning avj olishi (B.N. Dostovalov, V.A. Kudryavsev, 1967). 
Subarktikada mikrorelyefdan tashqari, tuproq bo‘kishi natijasida 
uyumlar hosil bo‘ladi. Bu jarayon tuproq suvining 9% kengayishi bilan 
bog‘liqdir. Tuproqning muzlashi natijasida yer yuzasiga bo‘kib chiqishi 
mexanik tarkib bilan bevosita bog‘liq. Bahor va yoz oylarida, qiyalikdagi 
tuproqlarning erishi natijasida tuproq qatlami namlanib, pastga qarab 
oqadi. Bu jarayon tuproqning tiksotropik tuzilishi kremniy kislotasining 
kolloid va gel turlari, alyuminiy va temir hamda harakatchan gumus 
moddalaridan tashkil topganligiga bog‘liq. 
Kriogen tuproqlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 1) suv va 
haroratning muzlash rejimi; 2) biologik elementning sust rivojlanishi va 
kam hajmligi; 3) orgonogen qatlamdagi gumusning dag‘alligi va torfligi; 
4) mineral moddalarning tuproq profilida sust tarqalishi va tabaqalanishi
5) tuproq profilida kriogen deformatsiyasi va krioturbatsiya jarayonlarining 
(poligonal tuzilish, uyumlar, yoriqliklar) rivojlanishi; 6) sovuqlik kriogen 
donadorlik; 7) yemirilish mahsulotlarning tuproq hosil bo‘lishidagi kriogen 
koagulyatsiyasi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə