Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Yuvilmaydigan suv rejimi
cho‘l va savanna tuproqlariga xos. 
Tuproq namlik bilan 0,5-2,1 m chuqurlikkacha namlanadi, pastki qatlamlar 
esa quruq holatda bo‘ladi. Tuproq profilining yuqori qismida atmosfera 
yog‘inlariga monand namlik, to‘liqdan to o‘simlik so‘lish holatigacha, 
pastki qismida esa yil mobaynida kapillyar uzilish namligi va o‘simlik 
so‘lish namligi baravar holatda bo‘ladi. 
Arid (quruq) suv rejimi
, cho‘l va yarim cho‘l mintaqasida 
tarqalgan tuproqlar uchun xosdir. Tuproq profilida namlik, o‘simlik 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
116 
so‘lishi koeffitsiyenti miqdoriga yaqin yoki undan kam bo‘ladi. Yomg‘ir 
yoqqan davrda tuproqning yuza qatlami nam bo‘lishi mumkin. 
Yuvilmaydigan, quruq, terlaydigan suv rejimi
, arid va semiarid 
iqlim mintaqalarida, yer osti suvi yaqin bo‘lgan sho‘rxok va sho‘rtob 
o‘tloqi tuproqlarga to‘g‘ri keladi. Suv kapillyarlardan ko‘tarilib, bug‘lanib 
turadi, natijada, o‘tloqi sho‘rxok tuproqlar hosil bo‘ladi.
Destruktiv terlaydigan suv rejimi
yer osti suvlari, kapillyar yoriqlar 
orqali ko‘tarilib, yer ustiga chiqmaydi. Bu vazifani o‘simliklar ildizi 
bajaradi. Sizot suvlari tarkibidagi tuzlar tuproq yuzasida va qatlamlarida 
yig‘iladi. O‘tloqi tuproqlar, ya’ni qora, kashtan, jigarrang o‘tloqi va boshqa 
yarimgidromorf tuproqlar bunga misol bo‘ladi. Tuproqdagi suv yog‘in 
ko‘p bo‘lganda pastga va kam yoqqanda esa yuqoriga tomon harakat 
qiladi. 
Doimiy suv oqib turadigan suv rejimiga daryolar atrofidagi o‘tloqi 
tuproqlar misol bo‘lishi mumkin. Bularga botqoq, o‘tloqi-botqoq, botqoq-
o‘tloqi, o‘tloqi-allyuvial, allyuvial tuproqlarni misol qilish mumkin. 
Sinov savollari: 
1.
Tuproq hosil bo‘lish dinamikasi va rejimi nima? 
2.
Tuproqning issiqlik rejimi tiplarini ayting? 
3.
Tuproqning suv rejimi va uning turlari qanday? 
4.
Suv rejimining tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyatini tushuntiring? 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə