Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


A,  o‘simlik  to‘shami -  O



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

A, 
o‘simlik 
to‘shami - 
O, 
o‘tuvchi qatlam - 
AS 
yoki 
AR - 10 sm 
qalinlikdan oshmaydi, 
Litosol tuproqlarda 
A - 
qatlam qoramtir rangda bo‘lib, gumusga boydir. 
Ammo kuchsiz, kam rivojlangan yumshoq tabiatli tog‘ jinslari ustida hosil 
bo‘lgan tuproqlarda och qoramtir va gumus miqdori kamroq bo‘ladi, 
Ikkinchidan, bu tuproq profilida hali to‘liq mukammal genetik qatlamlar 
paydo bo‘lmagan, ammo tuproq profilida eskidan hosil bo‘lgan 
paleotuproq qatlamlari uchrab turadi. 
Demak, kam rivojlangan tuproqlar yosh bo‘lib, tog‘ hududlarida 
yuvilish (eroziya) natijasida yosharib turadi, rivojlanish jarayonining sahro 
hududida sustligi va tuproq hosil qiluvchi ona jins qumlarning 
kambag‘alligi bilan bog‘liqdir. 
Bu toifadagi tuproqlarning birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi 
landshaft tarixiy ko‘rinishi mehyorlariga qarab belgilanadi. Kam ri-
vojlangan tuproq tog‘larda, o‘rmonlar tagida, sahroda saksaul, kaktuslar, 
akatsiya daraxtlari tagida hosil bo‘lishi mumkin. 
Litosol tuproqlar. 
Litosollar magmatik, cho‘kindi, metamorfik tog‘ 
jinslari, toshlar ustida hosil bo‘lib, primitiv (oddiy) shag‘alli, skeletli, 
toshli, chag‘irtosh, tog‘ hududlarida hosil bo‘lgan yupqa qatlamli 
tuproqlardir. Litosol tuproqlar profili ikki turda 
O - A - AR - R 
yoki 
A - 
AR - R, 
o‘tuvchi 
AK 
qatlam bo‘lmasdan, 
AR 
birlamchi tuproq qatlamini 
hosil qiladi. Tuproq qoplami 10 sm dan oshmaydi. Agar gumusli sertoshli 
qatlam 10 sm dan oshsa, gumid mintaqasida, rendzin (chimli karbonatli) 
ohaktoshlarda, agar silikatli tog‘ jinslari ustida shakllansa, rankerlar 
deyiladi. 
Tuproq hosil bo‘lishi gidrorejimiga binoan uchga bo‘linadi, ya’ni 
aridlar (sahro, yarimsahro, quruq cho‘l, quruq savanna) 

qatlamda gumus 
0,5-1,5 %, subarid, subgumid (cho‘l va quruq o‘rmon) gumusi 5-7 %,
 
gumid (o‘rmon, subalp va alpik), gumus miqdori 

qatlamda 10-15 % 
bo‘ladi. Arid mintaqalarida hosil bo‘lgan litosol tuproqlar karbonatli, 
neytral yoki kuchsiz neytral reaksiyaga ega. Gumid litosollari nordon, 
ammo ohaktoshlar ustida hosil bo‘lsa, karbonatli neytral yoki qoldiq - 
karbonatli bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə