Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1.
Yupqa qatlamli tuproqlarning hosil bo‘lish evolyutsiyasini 
tushuntiring? 
2.
Pelosol, regosol, arenasol, litosol tuproqlar qanday hosil bo‘ladi? 
3.
Chimli karbonatli (rendzin) va chimli silikat ranker tuproqlar qanday 
paydo bo‘lgan? 
4.
Yumshoq yotqiziqlar ustida qanday tuproqlar paydo bo‘ladi? 
5.
Yupqa qatlamli tuproqlarning tarqalishi va qishloq xo‘jaligidagi 
ahamiyati qanday? 
 
29-bob. Avtomorf chimli tuproqlar 
Gumus qatlami 10 sm oshiqroq, profili A-S yoki A - tuzilishida, 
yaxshi taraqqiy etgan avtomorf tuproqlar 
chimli tuproqlar
deyiladi. Bu 
toifadagi tuproqlar turli bioiqlimda tarqalgan qattiq va yumshoq holatdagi 
tuproq hosil qiluvchi jinslar ustida hosil bo‘ladi. O‘t-o‘simliklari, o‘tloqlar 
hamda o‘rmonlar tagida shakllanadi. Allyuvial va vulkon yotqiziqlari, 
ya’ni kriogenez va qattiq joylashish jarayonlari rivojlangan joylarda o‘tloq 
chimli tuproqlar hosil bo‘lmaydi. 
Chimli tuproqlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat
1)
tuproq profilining tuzilishi AC yoki AR, gumus qatlami 
yumshoqroq bo‘lib, A qatlam usti chimli bo‘ladi, o‘rmon to‘shami O 
bo‘lishi mumkin; 
2)
bu toifadagi tuproqlar profilida hali uncha shakllanmagan 
qatlamlar bo‘lmaydi (19-rasm). 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
126 
Bu tuproqlar kam taraqqiy etgan, hosil bo‘lishi tuproqlarning keyingi 
evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq hosil qiluvchi ona 
jinsning xarakteri va tuproq hosil qilish sharoitiga muvofiq har xil 
guruhdagi tuproqlar shakllanadi, ya’ni qattiq holatdagi tog‘ jinslari ustidagi 
rendzin, silikatli jinslar ustida rankerlar, karbonatli yumshoq tog‘ jinslari 
ustida pararendzin va silikatli yumshoq jinslar ustida chimli tuproqlar 
rivojlanadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə