19-rasm
.
Avtomorf tuproqlarning tuproq hosil bo‘lishi pog‘onalari,
birinchi bosqich rivojlanishi evolyutsiyasi
Rendzin va pararendzin tuproklar.
Rendzin toifasidagi tup roqlar
qora rangli va loyli, karbonatli (ohaktoshlar, mergel va marmarlar) ustida
hosil bo‘lib, profili A-AR-R tuzilishga ega.
Pararendzinlar ham shunday tuproqlar bo‘lib, yumshoq karbonatli
(karbonatli morena, karbonatli qumoq va loylar) yotqiziqlar ustida
shakllanuvchi A-AS-S tuzilishiga ega (20-rasm).
“Rendzin tuproqlari” degan atama N.M.Sibirsev tomonidan kiritilgan
(polyak tilidan olingan) bo‘lib, u G‘arbiy Yevropa olimlari tomonidan
keng foydalaniladi. Rossiyada uning o‘rniga “chimli-karbonatli tuproqlar”
atamasi ishlatib kelingan. Amerikada esa bu toifadagi tuproqlar rendolli
yoki mollisolli deb ataladi.
Rendzin tuproqlari karbonatli yotqiziqlar keng bargli va aralash igna,
keng bargli o‘rmonlar, o‘t-o‘simliklar tagida, gumid iqlimli, profili yaxshi
yuviladigan va shamollaydigan sharoitda hosil bo‘ladi. Karbonatlar asta-
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
127
sekin yuvilib, loyli qatlamlarni hosil qiladi. Rendzinlar bir nechta
tipchalarga, ya’ni tipik, yuvilgan, kuchsiz, o‘rtacha va kuchli yuvilganlarga
ajratiladi.
20-rasm
.
Rendzin tuproqlarning hosil bo‘lish evolyutsiyasi.
Karbonatlar dastlab A qatlam, keyin AS yoki AR qatlam va oxirgisi
S yoki R qatlamgacha yuviladi. Oxirida elyuvial - dellyuvial toifadagi
qatlamlarning tabaqalanishi boshlanadi. Eng oxirgi tuproq rivojlanish
jarayonida rendzinlardan qoldiq karbonatli qo‘ng‘ir yoki qoldiq karbonatli
chimli podzol, qo‘ng‘ir qizg‘ish yoki chimli podzol tuproqlar hosil qiladi.
Rendzin toifasidagi tuproqlar Olmoniyada har tomonlama o‘rganilib,
gumuslanish
darajasiga
binoan
moderrendzin,
myullrendzin,
kserorendzinlarga ajratilib, ularning tavsifi berilgan.
Geologik evolyutsiya jarayonida rendzinlar hosil bo‘lishida pastki
ona jinsi qatlamlarida tuproq hosil bo‘lish va yemirilish tufayli yotqiziqlar
terrarossa, terrafuskalar hosil bo‘ladi. Natijada, ular ustida profil
tabaqalangan. Masalan, Arxangelskiy va Uraloldi hududlaridagi qizil
rangli karbonatli elyuviyda hosil bo‘lgan podzollar shakllangan. Qo‘ng‘ir
H.
Х
.
Т
ursunov.
Т
uproqshunoslik
128
yoki jigarrang tuproqlar Janubiy Ovro‘po, Shimoliy Afrika, Atlas tog‘lari
va Birma, Yevropa hamda Xitoydagi qizil tuproqlar shakllangan.
Dostları ilə paylaş: |