Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/129
tarix19.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#150952
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   129
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproq podtiplari -
tipdagi bir guruh tuproqlar bo‘lib, sifat jihatdan 
tuproq hosil bo‘lishining mahlum bir xususiyati bilan ajralib turadi. 
Masalan, podzollashgan qora tuproq (chernozyom opodzolennqy), 
ishqorsizlangan jigarrang tuproq. 
Tuproq oilasi 
podtip qaramog‘ida bo‘lib, sifat jihatdan mahalliy bir 
sharoitning ta’siri bilan ajralib turadi. Masalan, och tusli sozsimon 
yotqiziqlar ustida hosil bo‘lgan bo‘z tuproqlar. 
Tuproq turi
oiladagi tuproqlar guruhi bo‘lib, tuproq hosil bo‘lish 
jarayoni bilan ajralib turadi. Masalan, silno-, slabo-, sredne- podzolistnie 
pochvi. 
Tuproq toifalari. 
Ma’lum bir jarayonning tuproq turi ichida alohida 
rivojlanishi bilan ajralib turadi, masalan, kuchsiz, o‘rtacha, kuchli 
sho‘rlangan taqir tuproqlar. 
Turli ko‘rinishdagi tuproqlar. Ye
ngil, o‘rtacha va og‘ir qumoqli 
bo‘z-o‘tloqi tuproqlar. 
Tuproq razryadlari. 
Allyuviyda, prollyuviyda, ohaktosh, granit 
ustida hosil bo‘lgan bir guruh tuproqlar. 


H.
Х
.
Т
ursunov. 
Т
uproqshunoslik 
122 
Tuproq podrazryadlari. 
Yuvilish darajasi bilan farq qiladigan bir 
guruh tuproqlar

kuchsiz, o‘rtacha, kuchli darajada yuvilgan tuproqlar. 
Tuproq diagnostikasi 
prinsiplariga asosan tuproq tuzilishini ma’lum 
bir tizim va qoida bo‘yicha tavsiflashdir. 
V.V.Dokuchayev tomonidan tuproq diagnostikasi prinsiplarining:
1) profil, 2) har tomonlama majmuiy yondashish, 3) solishtirma geografik 
tahlil , 4) genetik usullari ishlab chiqilgan. 
Profil usuli -
tuproq qoplamini A, V, S genetik qatlamlarga bo‘lib 
tasniflash. 
Majmuiy har taraflama tavsifga - 
morfologik, fizik, fizik-
kimyoviy, biologik, agronomik xossa va xususiyatlarga qarab tahriflash 
kiradi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə