Turistik destinatsiya


Professionallashtirish va sifat menejmenti –



Yüklə 194,43 Kb.
səhifə10/19
tarix28.11.2023
ölçüsü194,43 Kb.
#137474
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
1-Bob.

Professionallashtirish va sifat menejmenti – raqobatlashgan bozor sharoitida turizm bozori ishtirokchilari uchun narx raqobati katta xavf tug’diradi. Albatta, narxlar qanchalik past bo’lsa, xaridor ham shuncha ko’p bo’ladi. Past narxlar turistik bozorda avvaldan mavjud va o’zining munosib o’rnini egallagan korxonalar uchun muammo bo’lmasligi mumkin, ammo bozorga endi kirib kelgan yoki kirib kelayotgan korxonalar iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo narxlar bilan birgalikda xizmatlar sifati ham mijozlar talabiga mos ravishda bo’lishi lozim. DMT larning asosiy vazifasi esa har xil assortimentga ega bo’lgan takliflarni sifat jihatdan rag’batlantirishdan iboratdir. Buning asosiy boshlang’ich nuqtasi esa turistik xizmatlarni professionallashtirishdan boshlanadi. Professionallashtirish bir nechta bosqichda amalga oshiriladi:

  • Tasniflash tizimlari masalan, an’anaviy yulduzlar tasnifi;

  • Muayyan faoliyat uchun belgilangan sifat sertifikatlari yoki yorliqlari masalan, global miqyosga ega sertifikatlar;

  • Sifat menejmenti yondashuvlari masalan, Shvetsariyaning maxsus turizm tizimi uchun ishlab chiqilgan “Q dastur” i;

  • Malaka oshirish dasturlari masalan, DMT larni professionallashtirish uchun UNWTOQUEST.

Mahsulotni takomillashtirish va brending tajribalari – tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ishonchli bo’lgan brendlar ostida faoliyat yuritish destinatsiyada mavjud bo’lgan turistik mahsulotni turistik bozorga olib chiqishga katta yordam beradi. Mahsulotni takomillashtirish - destinatsiyadagi turistik mahsulotni yaratuvchi sub’ektlarni aniqlash va ularning mahsulotini takomillashtirish orqali bozorda tez sotiladigan mahsulotga aylantirish hisoblanadi.
Kommunikatsiya va sotish – sayohat davomida tashrif buyuruvchilar bilan doimiy aloqada bo’lish, destinatsiyalarni boshqarishda muhim ro’l o’ynaydi. Bozor sharoitida maxsus marketing harakatlarini yo’lga qo’yishda ushbu ikki sohani muvofiqlashtirgan holda rivojlangan mahsulot yaratish hisoblanadi. Birinchisi sayyohlarning ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan marketing harakatlari bo’lsa, ikkinchisi esa bozorga kirishni ta’minlovchi multiplikatorlar yoki vositachilarga qaratilgan marketing harakatlaridir. Misol uchun, turoperatorlar, blogerlar yoki tashrif buyuruvchilarning o’zlaridir. Reyting davrida esa media, bloglar va tashrif buyuruvchilar axborot provayderlariga aylanadi. Tashrif buyuruvchilar bilan muloqotda bo’lish destinatsiya haqidagi aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Shuning uchun, destinatsiyani barqaror rivojlantirishda samarali boshqaruvni yo’lga qo’yishda kommunikatsiyaga katta e’tibor qaratish lozim. Raqamli marketing strategiyasining asosiy yo’nalishlari esa quyidagilardan iboratdir:


Yüklə 194,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə