Turizm nazariya va amaliy


Yarim asrdan so‘ng ushalgan orzu



Yüklə 67,51 Kb.
səhifə11/12
tarix11.12.2023
ölçüsü67,51 Kb.
#144256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Turizm nazariya va amaliy-hozir.org

Yarim asrdan so‘ng ushalgan orzu
Bugungi kunda Buxorodagi tabarruk majmualarga yurtdoshlarimizdan tashqari, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ziyoratchilar kelmoqda. Ular O‘rta asrlarda “Qubbat ul-islom” — “Islom dinining gumbazi” deb ta’riflangan bu muborak maskanda bugun ham diniy ta’lim muassasalari qizg‘in faoliyat yuritayotgani, musulmon axloqi va madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganidan mamnun.

Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohidan odamlarning qadami uzilmaydi. Yetti pirning eng ulug‘i, xojagon tariqatining asoschisi bo‘lgan ushbu zot dunyo muslimlari tomonidan Xojai Jahon deb sharaflangan.


Abduxoliq G‘ijduvoniyga ajdodlarimizning mehr-muhabbati kuchli bo‘lgan. Xususan, ma’rifatparvar hukmdor Mirzo Ulug‘bek uning sharafiga madrasa, kutubxona va toshhammom qurdirgan. Ushbu maskan, afsuski, mustabid tuzum davrida oyoqosti qilingan. Madrasa kimyoviy o‘g‘it saqlanadigan omborxonaga, qabr atrofi somon bozoriga aylantirilgan. Istiqlol tufayli bu kabi noxush holatlar barham topdi. Ziyoratgoh obod etildi.Prezidentimizning 2017 yil 1 iyuldagi “Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligini va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi bilan bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi. Hozirgi kunda majmua to‘liq rekonstruksiya qilinmoqda. Yo‘laklarga maxsus toshlar yotqizilib, yon-atrof obodonlashtirilyapti.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O`zbekiston Respublikasida diniy turizmni va umumiy turizm sohasini Xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirishda xususiy turistik korxonalarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish borasida talaygina siljishlarga erishilmoqda. Hozirgi kunda, mamlakatimizda 740 dan ortiq kichik va o’rta biznes subyektlari, 60 ga yaqin xususiy turistik korxonalar turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotganligi, turistik maxsulotning yangidan-yangi zamonaviy turlarini kichik va xususiy turistik firmalar tomonidan kashf etilayotganligi va bular doirasida turli xil turistik xizmatlarning ko'rsatilayotganligi, turistik firmalarning tashabbusi bilan mamlakatimizda mavjud turizm resurslarining boshqa turlaridan samarali foydalanishning amalga oshirilayotganligi va boshqa shu kabi o’zgarishlar fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi.
O`zbekistonda milliy turizmni rivojlantirish yo`llari mavjud. Har bir region o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Davlatimizda turistik yarmarkalarni bo’lib o`tishi ham shundan dalolat beradi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro, Farg’ona vodiysi va boshqa regionlar o`z turistik mahsuloti bilan ajralib turadi va bu regionlarning katta potensialga ega. Milliy turizm o`zi bilan bog’liq sohalarni ham ijobiy tomonga rivojlanishiga olib keladi. Bunday rivojlanish kelajakda nafaqat davlat mavqeini, balki turistik bozorda davlatning o`z o`rnini topishiga turtki bo’la olishi g’oyasini o`z ichiga olgan.
Milliy turizmning mazmuni va ichki tuzilmasi, uni rivojlantirish yondashuvlari, turistik oqimlarini O`zbekistonda destinatsion marketing vositalari orqali o`sish mexanizmini asoslashda o`z ifodasini topadi.


Yüklə 67,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə