Turkiston xalqi Amudaryo suvining mazaliligi va yoqimliligi jihatidan dunyoda tengsiz ekanligi bilan albatta faxrlanadi. Unga bu jihatdan hatto ulug‘vor Nil daryosi ham bas kela olmaydi”



Yüklə 15,87 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü15,87 Kb.
#145938
1   2   3
Herman Vamberi 1-Mavzu. Kirish. O‘zbekistonda dehqonchilik madan-fayllar.org

Sirdaryo daryosi qadimda Ranha (“Avesto”), Eftalitlar davrida Gulzarriyun, Yaksart, Qasart, Qonqa, Choch daryosi, Xasart, Yanji O‘g‘uz, Sayxon, Banokat, O‘zgan suvi, Axsi suvi, Farg‘ona daryosi, Xo‘jand suvi, Shosh daryosi deb yuritilgani ma’lum. Shu munosabat bilan yana bir toponomik faraz qilish mumkin: Sirdaryoning Turkiston daryosi, Qorachuq o‘kuz, O‘tror daryosi degan nomlari ham bo‘lgandir.
Shunday daryolardan yana biri Zarafshon daryosidir. Eski tarixiy manbalarda bu daryo Politimet, Naxr ul-Buxoro, Daryoyi Kuxak shuningdek Xaromkom, Naxri bo‘y, Jirt, Jon, Nomiq, Obi kuhak, Sug‘d daryosi, Xo‘jand suyi, Daytiya kabi nomlar bilan tilga olingan. Tojikiston va O‘zbekiston hududlaridagi bu daryoning uzunligi 781 kilometr bulib, u Turkiston, Zarafshon va Oloy tizmalari birikkan joy Maschoh (Ko‘ksuv) tog‘ tugunidagi Zarafshon muzligidan (Tojikiston) Maschohdaryo nomi bilan boshlanadi. 200 kmgacha oqib borgach, unga Fonadaryo qo‘shilib, Zarafshon (oltin sochuvchi) nomini oladi.
Yana 100 km oqib borgach, Rabotxo‘ja qishlog‘idagi to‘g‘on yaqinida Tojikiston hududidan chiqib, O‘zbekistonning Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab oqadi. Tog‘li qismda Zarafshondan qizilqum cho‘llariga 70 dan ortiq irmoq qo‘shiladi(ularning ko‘pchiligi 10-15 km li ariqlardir). Yirik irmoqlari esa Fonadaryo, Kishtutdaryo, Mog‘iyondaryolardir. Samarqanddan bir oz sharqroqda, Cho‘ponota tepaligi yonida Zarafshon ikki tarmoq Okdaryo va Qoradaryoga bo‘linadi. Zarafshon qizilkum cho‘llariga kirib borgach, avval Buxoro, so‘ng Qorako‘l vohasi bo‘ylab oqadi. Qorako‘l qishlog‘idan uch km yuqorida qurilgan to‘g‘on oldida uning suvi kanallarga bo‘linib, tugab ketadi.
Zarafshondan suv oladigan jami kanallarning uzunligi 2500 km ga boradi. Samarqand vohasidagi Darg‘om, Narpay, Buxorodagi Shoxrud va Vobkent kanallari shular jumlasidandir. Zarafshon asosan Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari yerlarini sug‘oradi. Lekin uning suvidan Jizzax vohasi (Eski Tuyatortar kanali orqali) va Qashqadaryo yerlari ham (eski Anhor kanali orqali) qisman bahramand bo‘ladi. Zarafshon suvidan mumkin qadar oqilona foydalanish maqsadida Kattaqo‘rg‘on, Buxoro vohasida Quyimozor suv omborlari qurilgan. Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Navoiy, Buxoro, Kogon kabi shaharlar Zarafshondan suv ichadi.
Ba’zi paytlarda Zarafshon daryosi suvi Buxorogacha to‘liq yetib kelmagan. Qadimda Buxoro va Samarqand vohalarida Zarafshon suv taqsimoti muayyan tartibda davom etgan. Qadimgi miroblar suv sathining holatini ko‘p suvlik, o‘rta suvlik va kam suvlik paytlariga bo‘lishgan. Zarafshon suvi o‘rtacha bo‘lgan paytlarda yarim ariq usulida taqsimlangan. Daryo suvi oz bo‘lgan paytlarda ham suv Buxoroga tashlangan. Bu usul “suv tashlash” deb atalgan va faqat Buxoro shahrini suv bilan taminlash uchun qo‘llanilib, mavsumda ikki marta (mart oyining 2 chi yarmi va avgustning oxirida) amalga oshirilgan. Uning muddati ikki - to‘rt haftaga cho‘zilgan.
Zarafshon suvi masalasida Buxoro Samarqandga qaram bo‘lgan. Shuning uchun ham Zarafshon daryosining yuqori qismi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng Samarqand mamuriyati bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi munosabatlarda suv masalasi alohida o‘rin tutgan. 1872 yilda esa har ikki tomon vakillari ishtirokida Samarqand va Buxoro suv taqsimoti kengashi tuzilgan. Ushbu kengash Buxoro va Samarqand o‘rtasidagi suv taqsimotining qadimiy tartiblarini muhokama qilgan. Shunga ko‘ra mavsumda Buxoro uchun ikki marta 15 apreldan 15 martgacha va 15 avgustdan 15 sentyabrgacha Zarafshon daryosining suvini «obpartav» yoki «nimjug‘» qilishga qaror qilishgan. Ana shu muddatlarda Buxorodagi hovuzlar bir yoki ikki marta suvga to‘ldirilgan. Bazi yillarda esa hovuzlar suvi almashtirilmay qolganligi sababli aholi o‘rtasida turli kasalliklar, ayniqsa rishta kasalligi keng tarqalgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha Buxoro shahrining eski shahar hududida 100 dan ortiq, uning atrofida esa 250 ga yaqin ana shunday hovuzlar bo‘lgan.
Qashqadaryo daryosi qadimda Kashkmd, Keshrud, Turn va Dumo nomlari bilan atalgan.
http://fayllar.org
Yüklə 15,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə