Turkiy guliston yoxud axloq asarining



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#122562
  1   2   3
document



EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.1 | 
SJIF =
 5.685 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 5, May 2023 ISSN 2181-2020 
Page 205 
TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ ASARINING 
MAVZULAR KOʻLAMIDA JADIDCHILIK GʻOYALARINING 
TUB MOHIYATI 
Gulboyev Husan Shokir ogʻli 
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi 
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.7913364
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 01
st
May 2023 
Accepted: 08
th
May 2023 
Online: 09
th
May 2023
 
 
Ushbu maqolada Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston 
yoxud axloq” asarining mavzular koʻlamida jadidchilik 
gʻoyalarining tub mohiyati haqida soʻz yuritilgan boʻlib, 
asar tarkibida kelgan mavzular tahlilga tortilgan. 
Shuningdek, asar tarkibida keltirilgan dalillovchi 
maqollar, hikmatli soʻzlar va iboralar ham tahlilga 
olingan. 
KEY WORDS 
Tarbiya saodati, zulm haqida, 
jaholat, 
yomon 
xulq, 
haqshunoslik, vatanni suymak. 
Abdulla Avloniyning asarlari jamiyatimizda milliy istiqlol gʻoyalarining amaliyotiga 
erishish uchun asos boʻladigan manba boʻlib xizmat qiladi. Bilamizki, “Turkiy guliston yoxud 
axloq” asarida yangi usul maktablarida taʼlim oluvchi oʻquvchibyoshlarning ongiga, hayot 
tarziga bevosita taʼsir qiluvchi koʻplab mavzular asosida ularga izoh va tavsiflar berilgan. 
Bunda oliyhimmatlik, jaholat, yaxshi xulq, afv, muhabbat, gʻazab, hamoqat, raxovat, adovat va 
shunga oʻxshash koʻplab mavzular asosida fikr va mulohazalar yoritilgan. “Turkiy guliston 
yoxud axloq” asarida jadidchilik gʻoyalarining ilgari surilishi kuzatiladi. Asarda keltirilgan 
“Vatanni suymak” nomli qismida kishinong tarbiyasi, kamol topishi va rivojlanishida 
vatanning tutgan oʻrniga urgʻu beriladi. Vatan tushunchasining tabiy ravishda hayotning bir 
boʻlagi kabi talqin qilinishidan sabab, bugun vataniga muhabbat ruhida taʼlim oluvchi 
yoshlarning kelajakda ilm-u savod bilan vatan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻsha olishlariga 
boʻlgan ishonch sezilib turadi. Abdulla Avloniyning mavzularga muvofiq hikmatli soʻzlar, 
maqollar va turli aforizlar berishi uning pedadodik mahoratidan dalolat beribgina qolmay 
xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini ham yaxshi bilgan shaxs ekanligidan dalolat beradi. Shu oʻrinda 
tahlil qilinayotgan fikrga muvofiq tarzda “Vatanni sevmoq iymondandur” yoki “Kishi yurtida 
shoh boʻlguncha sulton boʻlguncha oʻz yurtingda choʻpon boʻl” kabilar Abdulla Avloniyning 
“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining badiiy qimmatini oshirishda bir vosita boʻlib xizmat 
qilgan deyish mumkin. “Shu ma’noda Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari 
o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi 
adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar 
qalbida shakllantirish- da axloqiy va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy 
maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga 
aylanmoqda”.[1] 
Abdulla Avloniy yaxshilik xususida maktab oʻquvchilariga taʼlim berishda avvalo, 
yaxshilikni hamisha qoʻldan kelguncha qilish lozim ekanligini uqtirar ekan bunda 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə