Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/212
tarix03.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#121262
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   212
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Polineziyaliklar dinlari. 
Politeizm - ko ‘pxudolilik bilan belgi- 
lanadi. Sig‘iniladigan yuzlab xudolar orasida eng muhimlari: Tane -
Quyosh xudosi, yaratuvchi iloh; Tu - urush xudosi; Rongo - dehqon­
chilik 
homiysi; Tangaroa - Yer va insonlami yaratgan iloh. Barcha 
oliy 
ilohlarga atab ibodatxonalar qurilib, ularda ruhoniy - kohinlar 
xizmat qilishgan.
Polineziyada barcha orollar aholisi e ’tiqod qiladigan ibodatxona­
lar 
majmualari b o ig an . Xususan, Taiti arxipelagidagi Raiatea oro- 
lidagi 
Opoa ibodatxonasi ana shu xildagi muassasa b o ig an . Unda 
kohinlar 
maktabi b o iib , uzoq orollardan zodagonlar o ‘z farzandlarini 
0 ‘qishga keltirishgan. Opoada diniy marosimlarni o ‘tkazish uchun 
butun 
Polineziyadan kohinlar v a zodagonlar to ‘planganlar.
Polineziyada Pasxa orolidan topilgan taxtachalarga bitilgan 
Ko- 
Xau 
rongo- rongo 
piktografik rasmlarini hisobga olmaganda yozuv 
boim agan. 
Undagi ayrim belgilami Mohenjo-daro va Xarappadan to­
pilgan 
iyerogliflar bilan o ‘xshashligi aniqlangan. Ayrim olimlar ulami 
yozuv 
emas, kohinlar eslab qolishi uchun zarur b o ig a n uzundan uzun 
duolar 
belgilari deb hisoblashadi.
41


3.5. Polineziyaliklar Yevropa sivilizatsiyasi ta’sirida
Polineziya orollari yevropaliklarga XVI asr oxiridan tanish b o isa- 
da, asosiy arxipelaglar ispan, golland, ingliz, fransuz dengizchilari to­
monidan X V II-X X asrlarda kashf qilingan. Ularning Polineziya orol­
lari va aholisi haqidagi tavsiflari yer yuzidagi jannat iqlimli m o‘tadil, 
mevalari yil davomida pishadigan, odamlari xushfe’l va ochiq 
k o ‘ngilli ekanligi haqidagi rivoyatlam ing yaratilishiga sabab bo‘lgan. 
Ushbu afsonalar m a’rifatparvarlar J.J. Russo, D. Didro, yozuvchi va 
rassomlar - R.L. Stivenson, J. London, P. Gogen va h.k.lar tomoni­
dan «oltin asr», «xayrli yovvoyi» kabi rivoyatlar bilan boyitilgan. XX 
asrning 30-yillarida yosh qaylig‘i bilan M arkiz orollarida yashash 
uchun kelgan Tur Xeyerdal Yevropada polineziyaliklar hayoti haqi­
dagi tasavvurlar qanchalik noto‘g‘ri ekanligini «Yo‘qotilgan jannatni 
izlab» nomli avtobiografik asarida tavsiflab bergan.
Polineziya sivilizatsiyasiga dastlabki zarbani 1797-yili Taitiga 
inglizlarning «Daff» kemasida kelgan protestant missionerlari ber­
gan. Yangi din kuch bilan joriy etilib, oldingi dinlardan voz kech- 
maganlar qirg‘in qilinib, ibodatxonalar vayron etilgan. X IX asrda 
Polineziyaning deyarli barcha orollari yevropaliklar tomonidan egal- 
langan. Xristianlikni tarqatish davomida avvalgi dinlar, ular bilan 
bog‘liq afsona, rivoyatlar, marosim va raqslar y o ‘qotiladi. Yevro­
paliklar bilan birgalikda spirtli ichimliklar, ilgari bo ‘lmagan yuqumli 
kasalliklar tarqaladi. N atijada kanakalar soni (mahalliy aholi) bir 
necha baravar qisqaradi. Faqat 0 ‘rta Polineziyada XX asrning bosh­
larida ushbu jarayonlar to ‘xtatilib, an ’anaviy madaniyat o ‘zgargan 
holda bo‘lsa-da, saqlanib qoladi. Bu Polineziyaga yevropaliklar k o ‘p 
k o ‘chib kelib joylashm agani tufayli ro ‘y berdi (Gavayi va Yangi 
Zelandiyadan tashqari).
Gavayi orollari X V III-X IX asrlar chegarasida qirol Kameamea I 
tomonidan birlashtiriladi, lekin XIX asr oxirida AQSH tomonidan an- 
neksiya qilinadi. Erksevar, m ag‘rur va jangari polineziyaliklar plan- 
tatsiyalarda ishlashdan o ‘limni afzal ko ‘rishlari Amerika plantatorla-
42


rini Gavayiga xitoy va yapon qullarini (huquqsiz ishchilarni), shu- 
ningdek portugal, filippinlik va boshqa immigrantlarni keltira bosh- 
lashiga sabab bo‘ldi. Natijada Gavayi AQSHning aholisi turli etnik 
birliklardan iborat o'ziga xos shtatiga aylandi. Hozirda sof gavay- 
iliklar 1 mln. atrofida, o ‘zlarini «gavayiliklar» deb atagan 160 ming 
kishi aslida assimilatsiyalashgan yaponlar, amerikaliklar, fillipinlar 
bilan aralashgan aholi vakillaridir. Gavayiliklar a n ’anaviy madaniyati 
saqlangan, lekin yuksak rivojlangan sayyohlik industriyasi ta ’sirida 
sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasiga aylangan. Sayyohlar uchun 
turli amaliy san’at buyumlari yasalib, restoranlarda, ochiq osmon os- 
tida professional raqqosalar, qo‘shiqlar, konsertlari keng tarqalgan.
Yangi Zelandiya tub aholisi - maorilar taqdiri o ‘zgacha tus olgan. 
Iqlimi subtropik va m o‘tadil bo ‘lgan bu orollarga XIX asming 40-yil- 
laridan minglab ingliz fermerlari kelib hosildor yerlardan maorilami 
surib chiqaradi. Natijada 1843-1872-yillarda maori urushlari bo‘lib, 
ushbu urush davomida tub aholi soni 200 mingdan 40 mingga tush- 
gan. Shimoliy orolda maorilar yerlarining 40%, janubda 10% qoladi, 
xolos. 
Xristianlik dini joriy etiladi. Inglizlar keltirgan bug‘doy, kar­
toshka, makkajo‘xori, uy hayvonlaridan qoramol, qo‘y, cho‘chqalar 
ko‘paytirilib, maorilar x o ‘jaligini tubdan o ‘zgartiradi.
0 ‘nlab yil davomida umumiy dushmanga qarshi kurash, o‘nlab 
tarqoq maori qabilalarining mustahkam birligiga olib keladi. «Nui 
tireni» - Qirol mamlakati avtonom hududi 1837-yili tuzilib, uni ing­
lizlar 
tan oladilar. M aorilar Yevropa m adaniyatining ijobiy jihatla- 
rini 
o ‘zlashtirib boradilar. Maori y o ‘lboshchilari 1872-yili Yangi 
Zelandiya parlamentida ularga ikki o ‘rin berilishiga erishadi. XIX 
asr 
o‘rtalarida maori tilida bir necha kollej ochilishiga erishiladi. 
M ashhur etnolog Те Rangi Xiroa, vazir Apirana N gata Те Aute uni- 
versitetini tugatgan. XX asr boshidan m aorilar soni k o ‘payib 300 
mingdan oshdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin polineziyaliklar hayotida milliy 
madaniyatlar yuksalishining yangi bosqichi boshlanadi. G ‘arbiy Sa­
moa (1962), Tonga (1970), Tuvalu (1978), Kiribati (1979) mustaqil-
43


likka erishdilar. Kuk orollar, Fransiya Polineziyasi o‘z-o‘zini boshqa- 
radigan hudud maqomini oladi.
Yangi mustaqil davlatlar an ’anaviy madaniyatini tiklash. m a’naviy 
qadriyatlami yuksaltirish siyosatini olib bonnoqdalar. Bu borada 
yosh Polineziya adabiyotining o‘m i beqiyosdir. Maori yozuvchilari 
Viti Iximaera, Xone Tuvare, Patritsiya Grays, samoalik Albert Vendt
tongalik Konan Xelu Tamoi va h.k.lar Tinch okean havzasida keng 
tanildilar. Ushbu yozuvchilar an’analami tiklashdan tashqari, «zamo­
naviy jarayonlam i anglash, istiqbollarni aniqlashga intilmoqdalar».

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə