Tushuntirish xati


Sana: 8-Mavzu: Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi (conflict management)



Yüklə 207,87 Kb.
səhifə15/47
tarix28.11.2023
ölçüsü207,87 Kb.
#138368
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta-hozir.org (1)

Sana:
8-Mavzu: Nizolar va ularni boshqarish psixologiyasi (conflict management)
Kun shiori: “30-modda. "Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,.. ta'lim olishlari uchun javobgardirlar”
Maqsad:O`quvchilarni halollikga o’rgatish
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:Shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
Har bir shahar va tumanda 18 yosh- ga to'lmagan fuqarolarning muammolarini hal etish uchun maxsus bo'lim - voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komissiya mavjud.
Bunday komissiyani tuzishdan maqsad:
  • voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy man faatlarini ta'minlash;


  • voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarov- sizligi, huquqbuzarligi va jamoatga qarshi harakatlarining oldini olish, bunga ko'makla- shuvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;


  • ijtimoiy xavfli ‘ holatga tushib qolgan voyaga yetmaganlarga yordam berishdir.


O'z maqsadlarini amalga oshirish uchun komis­siya voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, ta'lim berish, moddiy ta'minlash sharoitlarini nazorat qiladi, ularga ishga joylashish va maishiy jihatdan yordam beradi.


Komissiya quyidagilarga haqli:
  • umumta'lim maktablari va voyaga yetmaganlar bo'lgan boshqa tashkilotlarda bolalar va o'smir- lar bilan tarbiya ishlari ahvolini tekshirish;


  • voyaga yetmaganlar, ularning ota-onalarini shaxsan qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini ko'rib chiqish;


  • voyaga yetmaganlarni afv etish to'g'risida ilti- mosnomani qo'zg'ash; javobgarlikdan ozod qi­lish to'g'risida, yengilroq jazo qo'llash to'g’risi-


da, sudlanganlikni muddatidan awal bekor qi­lish to'g'risida sudga taqdimnoma kiritish. Komissiya oyda bir marta yig'iladi. Bu vaqt ichida maxsus kishi - komissiyaning mas'ul kotibi


  • ko'rib chiqish uchun ishlarni tayyorlaydi, muam­moni hal etishda yordam bera oladigan mutaxas- sislarni taklif qiladi. Yig'ilishda xalq ta'limi bo'li- mi inspektori, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi inspektor, shifokorlar, peda- goglar, mehnat birjasi vakili albatta qatnashadilar. Komissiya a'zolarining hammasi asosiy ishga ega va komissiyaga faqat yig'ilishga keladilar. Agar ayrim o'quvchilar yoki ularning ota-onalari "Ta’lim to'g'risida"gi qonunni buzsalar, komissiya­ga maktab murojaat qilishi mumkin. O’smirlarning ma'muriy huquqbuzarliklarini ham komissiya ko'rib chiqadi. Qaror chiqarishdan oldin komissiya a'zolari o'smirning haat sharoitlari, oilaning mod- diy-maishiy sharoitlari to'g'risida ma'lumotlar to'playdi, o'smir va uning ota-onasi bilan suhbat- lashadi.


Komissiya a'zolari - Rozaga, uning onasiga, sinf rahbariga savollar beradilar. Voqea yechimini topishga harakat qiladilar. Qaror chiqaradilar.


Roza - unga ko'chada savdo qilishga to'g'ri kel- ganidan uyaladi, biroq u oiladaga bolalarning kat- tasi va onasiga yordam berish uning burchi.
Ona - Roza maktabda yetarlicha o'qidi va endi ko'proq yordam berishi kerak deb hisoblaydi. Agar oila pirojka sotmasa, unda Rozaning maktab uchun kiyimi bo'lmaydi.
Sinf rahbari - qizcha maktabga borishga va to’qqizinchi sinfni tugatishga majbur deb hisoblay­di.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
41-modda. "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafo- latlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.
O’zbekiston Respublikasining "Ta'lim to’g'risi- da"gi qonuni
30-modda. "Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,.. ta'lim olishlari uchun j avobgardirlar ".
34-modda. Ta’lim to'g'risidagi qonun hujjatlari- ni buzganlik uchun javobgarlik
"Ta'lim to'g'risidagi qonun qujjatlarini buzish- da aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar".
O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 73-modda. Ota-onalarning bolalarga ta'lim berishga oid huquq va majburiyatlari
"Ota-onalar o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o'z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishlari shart.
Ota-ona bolalarining qonun hujjatlarida belgi- langan zarur darajada ta'lim olishini ta'minlashi shart".
III.Mashg’ulotni yakunlash:
1. Nizoni qanday hal etish kerak?
2.Nizoni hal etish uchun muzokaralar.
3.O`smirlar o`rtasidagi kelishmovchiliklarda ma`muriy huquqning qanday me`yorlarini qo`llash mumkin?
4. Nizoni tinch yo`l bilan hal etish uchun qanday ko`nikmalardan foydalanish lozim?
5.Siz yashaydigan joyda muammolarni hal etishga qanday yondashuv ko`proq qo`llaniladi? Nima uchun?
6.Muammolarni hal etishga siz qanday yondashuvdan foydalanasiz? Nega?
7.Muammolarni hal etish uchun muzokaralar o`tkazishning kuchli va kuchsiz tomonlari qanday?
8.Muammolarni bartaraf etishda muzokaralarni qanday muvaffaqiyatli yuritish mumkin?
Sana:

Yüklə 207,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə