Tuzuvchi: 2-36-guruh Talabasi Berdialiyev Qurbonnazar Mavzu: Meva-sabzavot va ipak yetishtiradigan joylarda texnik xavfsizlik



Yüklə 24,24 Kb.
səhifə4/9
tarix23.12.2023
ölçüsü24,24 Kb.
#156768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-36-guruh (3)

Oʻzbekistonda S.larning barcha turlari mart oyidan to kech kuzgacha, qishbahor fasllarida (issiqxona va parniklar)da yetishtiriladi. Ayrim S.lar qayta ishlanganda yoki ovqatga solinganda vitaminlar va xushtaʼmlik xususiyatlari birmuncha yoʻqoladi. Tuzlash, marinadlash, tez muzlatish, vakuumda quritishda vitaminlar va boshqa moddalar koʻproq saqlanib qoladi.

Oʻzbekistonda S.larning barcha turlari mart oyidan to kech kuzgacha, qishbahor fasllarida (issiqxona va parniklar)da yetishtiriladi. Ayrim S.lar qayta ishlanganda yoki ovqatga solinganda vitaminlar va xushtaʼmlik xususiyatlari birmuncha yoʻqoladi. Tuzlash, marinadlash, tez muzlatish, vakuumda quritishda vitaminlar va boshqa moddalar koʻproq saqlanib qoladi.

 

2.Ipak yetishtiradigan korxonalar.

  • Ipakchilik sanoati - yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham I. s.ga kiradi.
  • Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti boqish va uning pil-lasidan tola olish, ipak gazmollar toʻqish dastlab Xitoyda vujudga kelgan. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak qurti boqish 4-asrda Xitoydan Buyuk ipak yoʻli orqali hozirgi Oʻzbekiston hudu-diga tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Xoʻjand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan kabi shaharlarda ishlab chiqarilgan turli-tuman shoyi gazlamalar mashhur boʻlgan. Shoyi gazmollar Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan.

19-asrning 2-yarmidan boshlab Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan soʻng 1867-yildan boshlab Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Xoʻjand sh.larida dastlabki ipak kalavalash fabrikalari qurildi. Masalan, Oʻzbekistonga bi-rinchilardan boʻlib kelgan rus sanoatchisi I. I. Pervushin 1871-yilda Toshkentda araq va vino zavodi bilan birga pillakashlik fabrikasi ham qurdi. Lekin ipak gazlamalarning asosiy qismi maqalliy hunarmandlarning ustaxona (doʻkon)larida ishlab chiqarilar edi (mas, 19-asr oxirida Margʻilonda 120, Qoʻqonda 49 ta shoyi toʻqish ustaxonalari ishlagan). Pilladan yarim kustar holda (qozonlarda qaynatib) qoʻl charxlarida ipak (11,8 kg pilladan 1 kg ipak) olingan, qoʻlda boʻyalgan ipakdan atlas, adras, bekasam, olacha, turli abrli gazlamalar, baxmal, parcha qoʻl dastgoqlarida toʻqilgan. 1913-yilda Oʻzbekistonda qariyb 4 ming t pilla yetishtirilgan, uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari qoʻliga oʻtib, ipak olish uchun Italiya va Fransiyaga joʻnatilgan.


Yüklə 24,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə