Tuzuvchi: Karimova Fotima



Yüklə 74,76 Kb.
səhifə2/5
tarix24.02.2022
ölçüsü74,76 Kb.
#84033
1   2   3   4   5
2 5224248071092704825

Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar ko‘p bora allaqachon uydan chiqib bo‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni o‘chirmay chiqqan bo‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba'zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qo‘shnilarni ham qiynab qo‘ygan holatlar bo‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. o‘sha dazmolni basharti o‘chirmay chiqqan bo‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telefoningiz orqali o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan ko‘p qo‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda o‘zini-o‘zi tokdan o‘chirsin. Suv tashib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini «aytadi»). Bular oddiy, maishiy misollar. Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga o‘rnatsangiz, uyingizga «chaqirilmagan mehmon» kelishi bilan u o‘z o‘zidan ishga tushib, poygakdagi odamni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, o‘sha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga xabar berib, qo‘shimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto «02» ga o‘zi qo‘ng‘iroq qilishi mumkin


Yüklə 74,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə