III . Yangi mavzu bayoni .
Kichik “m” tovushining talaffuzi va yozilishi ko‘rsatiladi , tushuntiriladi . Multimediyali ilova orqali mavzu tushuntiriladi . Doskada kichik m harfining yoz-macha shakli yozib ko‘rsatiladi . Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi . O‘quvchilar “m” harfini daftarlariga yozadilar. O‘quvchilarning yozuvi o‘qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi . Yozish-da qiynalgan o‘quvchilar bilan individual ishlanadi.
“Mm” harflariga boshqa harfni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish yozma shakli ko‘rsatib tushuntiriladi .”m” harfiga a , i , o harflarini qo’shib bo’g‘in hosil qilish yozma shakli ko‘rsatiladi .O‘quvchilardan “ma”.”mo”,”mi” bo‘g‘inlari qatnashgan so‘zlardan so‘rash.( ma’no. mana, malika; minora, min; mot, zamon kabi)
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi .
Mosh mushugimoppoq,
Oyoqlari ham oppoq.
Mudramagin turgin ,
Uyda o‘ynab yurgin.
O‘quvchilar doskada navbat bilan kichik “m” harfini yozishni mashq qiladilar .
Daftar bilan islash . “Ma, mo” bo‘g‘inlari va “min , nom” so‘zlari yoziladi va shu so‘zlar o‘qiladi . Yozilishi doskaga yozib ko‘rsatiladi. Havoda yozish mashqidan so‘ng , o‘quvchilar daftarlariga yozishadi.
Yozuv daftariga “ma , mi , mo” bog‘inlari va “min , nom” so‘zlari yoziladi . Bu so‘z va bo‘g‘inlar nechta tovushdan iborat ekanligi so‘raladi .
VI .Yangi mavzuni mustahkamlash .
O‘qituvchi:
Kelinglar bolajonlar , endi siz bilan testlar bajarsak .
Test.
Bolajonlar , rasmlar ichidan “m” harfi qatnashganini toping.
“M” harfi rasmdagilarning qaysisida o‘rta bo‘g‘inda kelgan .
O‘qituvchi :
- Mehmonimiz “m” harfi, qarang bolajonlarimiz daftarlariga qayday chiroyli yozishdi-a?
“m” harfi daftarlarni aylanib ko‘radi va:
- Aziz o‘quvchilar! Meni daftaringizga juda chiroyli yozib xursand qildingiz . Juda bi-limdon ekansizlar. Endi esa men bora qolay . Xayr , salomat bo‘ling.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning yozuvlari ko‘rib baholanadi . Vazifa daftarlar o‘quvchilarga tarqatib , vazifa tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: |