Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə87/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi kichik “u” tovush harfi va bosh “U” tovush harfi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z, gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “Uu” harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozi-lishini tekshirish .O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan u tovushining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
O‘qituvchi stoli ustida bir nechta rasmlar teskari qilib qo‘yiladi. Har bir guruh a’zolari chiqib rasmlardan tanlaydi . Rasmdagi narsa nomini doskaga yozadi . Guruh a’zolari navbat bilan ramli diktantni doskada bajaradilar.
“So‘z top” o‘yini o‘tkaziladi.
III . Yangi mavzu bayoni .
Ekrandan yo‘lbars, yong‘oq , yo‘l rasmlarini ko‘rsatib nimaligini so‘rab ,talaffuz qildi-rish . So‘zlarni bo‘g’inlarga ajratish . Ularning qaysi tovushdan boshlanishini so‘rash . “y” tovushini talaffuz qildirish , undosh tovush ekanligi haqida tushuncha beriladi.

Kichik “y” tovushining talaffuzi va yozilishi multimediyali ilova orqali ko‘rsatiladi , tushuntiriladi . Doskada kichik “y” harfining yozmacha va bosmacha shakli yozib ko‘rsatiladi, qiyoslanadi .Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , uning unsurlarining havoda yozish mashqi bajariladi va daftarlariga yozdiriladi.


Ikki unsurni qo‘shib kichik “y” harfining yozilishi doskaga yozib ko‘rsatiladi . Havoda yozish mashqi bajarilib ,keyin o‘quvchilar daftariga yozdiriladi . O‘qituvchi o‘quvchilar yozuvini ko‘rib chiqadi . Yozishda qiynalgan o‘quvchilar bilanalohida ishlanadi .

“y” harflariga boshqa harflarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish ,yozma shakli ko‘rsatib tushuntiriladi .”y” harfiga “ a , i , o, o‘, u” harflarini qo‘shib , bo‘g‘in hosil qilish va yozma shakli ko‘rsatiladi .”Yo‘l, yuk, yurt, o‘yin” so‘zlari yoziladi va o‘qiladi . Bu so‘zlar tarkibi tahlil qilinadi . Havoda yozish mashqi o‘tkazib , o‘quvchilar daftariga yozdiriladi.

Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi .

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə