Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning


Lingvistik kompetensiya elementi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə93/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

Lingvistik kompetensiya elementi: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi.
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi dars .
Dars metodi :Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko‘rsatish .
Dars jihozi :Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi:

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa

I .Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga tayyorlash .
Davomadni aniqlash .
Navbtchi axborotini tinglash .
Kun yangiliklari haqida suhbat o‘tkazish .
Ingliz tili daqiqasida fasllar nomlari so‘rab o‘rgatiladi va fasllarga oid she’rlar so‘raladi .
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , o‘quv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini esla-tish . II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi bosh “Y” tovush harfini , “Yy” tovush harfi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z , gapning imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “y” tovush harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish .
O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “Yy” tovushining o‘rnini topish topshirig‘i bilan “O‘rnini top” o‘yini o‘tkaziladi.
Masalan : yo‘l, yuk, yurt, o‘yin .
“Lug‘at diktant” o‘tkazish .
Diktant
Tun, tana , yo‘l, ukki, turna , yurt, Yamin, Yormat.

III . Yangi mavzu bayoni .
Ekrandan echki va eshak rasmlarini ko‘rsatilib , ular qaysi tovushdan boshlanganini so’rash . “e” tovushini talaffuz qildirish va “e” tovushi unli tovush ekanligini tushunti-rish . Unli tovushlar haqida tushuncha beriladi . “Echki , eshak” so’zlari bo‘g‘inlarga aj-ratiladi va tahlil qilinadi .



Kichik “e” tovushining talaffuzi va yozilishi multimediyali ilova orqali ko‘rsatiladi , tushuntiriladi . Doskada kichik “e” harfining yozmacha va bosmacha shaklini yozib qi-yoslanadi. Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish mashqi bajariladi . O‘quvchilar kichik “e” harfini daftarlariga yozadilar .O‘qituvchi esa o‘quvchilarning yozuvlarini qatorlararo yurib nazorat qiladi . Yozishda qiynalgan o‘quvchilar bilan alohida ishlaydi .





“e” harfiga boshqa harflarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish ,yozma shakli ko‘rsatib tushuntiriladi . “Ee” harfiga undosh harflarni qo‘shib bo‘g‘in hosil qilish va yozma shakli ko‘rsatiladi . “Elak, el, etak, ekin, etik” so‘zlari yoziladi va o‘qiladi . Bu so‘z va bo‘g‘inlar tarkibi tahlil qilinadi .



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə