U rga nch davlat u n IV er siteti kimyo kafedrasi Qo‘lyozma huquqida


Nanozarralar va ularni olish metodlari



Yüklə 275,29 Kb.
səhifə15/39
tarix25.12.2023
ölçüsü275,29 Kb.
#161310
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Microsoft Word ОбРожка Ð�Ñ‹Ñ⁄анов Ð¥. ÐœÐflП. doc-fayllar.org

1.8.Nanozarralar va ularni olish metodlari
1.8.1. Nanozarracha va nanozarrachalarning o‘ziga xos xususiyatlari
«Nano» degan qo‘shimcha «nanos» degan grek so‘zidan (uning tarjimasi -
«mitti», «karlik», hattoki «kichkina chol») olingan bo‘lib, biror birlikning
milliarddan bir qismi degan m a’noni anglatadi: masalan, 1nanometr, 1 nanosekund
va h.k. Fizikada nanozarrachalar deganda o ‘lchamlari 1nanometrdan (1nm) 100
nanometrgacha bo‘lgan ob’ektlar tushuniladi. ( 1nm =10-9m =10-6m m =10-3mkm).
Albatta, nanoob’ektlarga xos xususiyatlar o‘lchamlarning 0,1 nm dan bir necha o ’n
nanometrgacha bo‘lgan soxasida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Bu soxada
nanoob’ektlarning hamma xossalari (fizik-mexanik, termo, elektr, magnit, optik,
kimyoviy, katalitik va boshqa xossalar) makroob’ektlarnikidan keskin farq qilishi
mumkin. Boshqacha aytganda, fizika va boshqa tabiiy fanlar shu davrgacha atom
va molekulalarning xossalarini ancha chuqur o ‘rgandi, ulardan xosil bo‘lgan
makroob’ektlarni ham har taraflama o ‘rganib, ulardan hayotda o ‘z ehtiyojlari
uchun keng foydalanishni yo’lga qo‘ydi. Lekin XX asrning oxirigacha fanda
o ‘lchamlari 1^ 100nm bo’lgan ob’ektlar (zarralar)ning xossalari o ‘rganilmay
qolgan, shuning uchun bu soxaga tegishli ob’ektlarni yangi dunyo deb atash
mumkin, ularning xossalarini tekshirish fanda 30— 40 yil avval boshlandi. Bu
fanga nanotexnologiya deb nom berildi va u keng tarqaldi.
Ingilizcha m a’noga ega bo‘lgan «nanotechnology» so‘zini birinchi bo‘lib
yapon olimi professor Norio Taniguchi 1974-yilda taklif etgan edi. U bu terminni
o ‘sha yili Tokioda bo‘lib o ‘tgan xalqaro konferentsiyada (International Conference
on Precision Engineering) «Nanotexnologiyaning asosiy printsiplari haqida» («On
30


the basik Concept o f Nanotechnology») degan m a’ruzasida ishlatdi. Shunga


qaramasdan nanotexnologiya tushunchasiga ta’rif berish protsessi hali ham
to ‘xtamagan, ba’zan bu masala qizg’in munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
U yoki bu ob’ektni nanoob’ektlar qatoriga kiritishning aniq kriteriylari
bo ’lmasa ham, lekin m a’lum fizik jarayonlar, masalan ob’ektlar o ‘lchamining
ularning xossalariga keskin ta ’sir ko ’rsatishi bu muammoni yechishi mumkin.
Bunday xodisa fizikada «o‘lcham effekti» deb ataladi. Ammo berilgan ob’ekt
ba’zibir xossalariga nisbatan o ‘zini mikroob’ektdek tutishi mumkin.
Nanodunyoning aniq chegaralarini chizib berish ancha qiyin ish. Adabiyotda
nanotexnologiyaga o ‘nlab ta’riflar berilgan.
Qanday omillar (sabablar) nanotexnologiyalarni rivojlantirishga turtki bo‘lyapti?
Ularning ba’zilari quydagilardir:
-traditsion materiallarning tarkibini o‘zgartirmasdan turib ularning xossalarini
radikal ravishda o’zgartirish mumkin
-printsipial yangi materiallarni yaratish mumkin
-kvant effektlarini qo‘llash mumkin
-maxsulotlarning (buyumlarning) o ‘lchamlarini kamaytirib, kattaligini atom
(yoki molekula) darajasiga olib tushish va ularda yangi funktsiyalarni bajarish
qobiliyatini paydo qilish
-tabiatda bor nanostrukturalardan (asosan biologik nanostrukturalardan)
effektiv foydalanish imkoni kuchaydi
-traditsion texnologiyalar chegarasida umuman yechib bo‘lmaydigan
masalalarni qo‘yish va yechish
-material va energiyani sarflashni kamaytirish va atrof muhitni zaharlashni
deyarli yo’q qilish.
Nanosistema o ‘lchamlari 100 nm dan oshmagan nanozarrachalardan iborat.
O ‘z navbatida bunday nanozarracha yanada kichik bo‘lgan zarrachalardan-
klasterlardan-moddaning
eng
kichik
«g‘ishtlaridan»
tuzilgan
bo‘ladi.
Klasterlarning o ‘lchamlari 10 nm dan oshmaydi. Ana shu klasterlar darajasida har
31


xil kvant effektlari (jarayonlari) namoyon bo‘ladi. Aytilganlami tablitsaga solib


keltiramiz, bu har xil ta ’riflar ichida bizga adashib ketmaslikka yordam beradi:
8-jadval
Zarracha holati
bir necha atom
klasterlar
nanozarrachalar
kompakt jism
Zarracha
diametri, nm
0,1-0,3
0,3-10
10-100
100 dan katta
Atomlar soni
1-10
0
0
O
'
106- 109
109 dan katta
Hozirgi paytda qanday moddaligi, klasterning shakli va atomlar o ‘rtasidagi
bog‘lanish tipiga qarab juda ham ko‘p nanoob’ektlar mavjud. Ulardan birinechta
turini keltiramiz:

Yüklə 275,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə