U rga nch davlat u n IV er siteti kimyo kafedrasi Qo‘lyozma huquqida


Inert gazlar atomlaridan tuzilgan zarrachalar



Yüklə 275,29 Kb.
səhifə16/39
tarix25.12.2023
ölçüsü275,29 Kb.
#161310
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Microsoft Word ОбРожка Ð�Ñ‹Ñ⁄анов Ð¥. ÐœÐflП. doc-fayllar.org

Inert gazlar atomlaridan tuzilgan zarrachalar. Bunday atomlarning
elektron qobiqlari to ‘yingan bo‘ladi, shuning uchun ular o‘zaro kuchsiz Van -d e r -
Vals kuchlari bilan bog‘langan bo‘ladi.
Bunday zarrachalar
10— 100K
temperaturada yashaydi,temperatura 100 K oshganda zarrachalar bo‘linib ketadi.
Metall zarrachalar. Bir nechta atomdan iborat metall klasterlarda ham
kovalent, ham metall bog‘lanish tiplari bo‘lishi mumkin. Metall nanozarrachalari
katta reaktsion tabiatga ega bo‘ladi va ko‘pincha katalizator sifatida ishlatiladilar.
Metall nanozarrachalari ko‘pincha oktaedr, ikosaedr, tetradekaedr shakliga
ega bo’ladilar ( 10-rasm).
8-rasm. Mis nanozarrachalari
32


Metallarning 10 nm. dan kichik nanozarrachalari ortiqcha sirt energiyaga ega


va ularning kimyoviy faolligi juda katta, ular o ‘zaro aktivlash energiyasi
ta ’sirlashib agregatlar hosil qiladi. Boshqa kimyoviy birikmalar bilan ta ’sirlashib
yangi xossalarga ega moddalar xosil bo‘ladi.
Atomlardan metallar nanozarrachalari hosil bo‘lganda ikki jarayon yo‘ldosh
bo ‘ladi: bu turli kattalikka ega metallik yadrolarning hosil bo‘lishi bo‘lsa ikkinchisi
zarrachalarning o‘zaro ta ’sirlashishi natijasida ularning ansambllari, ya’ni
nanostrukturalarning tashkil topishi hisoblanadi.
Deyarli nonozarrachalar sintezining barcha usullari nanomuvozanat
metastabillik holatdagi nanozarrachalarning olinishiga olib keladi, ikkinchi
tomondan esa, bu muvozanatsizlik bashorat qilinishi qiyin yangi kimyoviy
o ‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam qiladi.
Nanozarralarda
atomlarning
ko‘pi
sirtda bo ‘ladi
va zarrachalarni
kichiklashgan sari sirtda atomlarning soni ko‘payadi. Zarrachalarning faolligiga
nafaqat atomlarning soni balki atomlarning o ‘zaro masofasi ham rol o ‘ynaydi.
Ularning erkin holda atrof muhit bilan ta ’sirlashmasligi faqat vakkumda bo‘ladi.
Metall nanozarrachalarining organism uchun ijobiy ta ’sirlari anchagina.
Eng avvalo, kumush zarrachalarining bakteritsid va antivirus aktivligi juda katta.
Kumush konlarining antimikrob xossalari insoniyatga ko‘p asrlardan beri m a’lum
bo ’lib kelgan. Agar suvni kumush filtrdan o ‘tkazilsa, bunday suvdan anchagina
kasal chaqiruvchi bakteriyalar yo‘qoladi, shuning uchun bunday suv buzilmasdan,
rangi o ’zgarmasdan uzoq yillar saqlanishi mumkin.
XIX asr oxirida fransuz vrachi Ben’e Krede kumush ionlari tutuvchi
eritma bilan sepsis kasallikini davolash usulini yaratgan.
1942-yilda ingliz olimi R.Benton Birma—Assam yo‘nalishida yo‘l quruvchilar
o ‘rtasida tarqalgan xoleriya va dizenteriya epidemiyasini kumush ionlari tutuvchi
eritma bilan to ’xtatgan. Buning uchun ishchilarga 0,01 mg/l konsentrasiyada
kumush ionlari tutgan suv berilgan.
Tajribalar shuni ko‘rsatgan-ki, kumush nanozarrachalari bakteriya va viruslar
bilan kumush ionlariga qaraganda 1000 martadan ham ko‘proq effekt bilan
33


kurashar ekan. Eksperimentda nanozarrachalarning o‘ta kichik kontsentratsiyasi


ham hamma m a’lum viruslarni (shu jumladan SPID virusini) ham o ‘ldirgani
ko ’rildi.
Tibbiyot xodimlari yaxshi bilishadi, antibiotiklar nafaqat viruslarni, ular zarar
yetkazgan hujayralarni ham o‘ldiradi. Lekin nanozarrachalar unday em as-ular
faqat viruslar va mikroblarni o‘ldiradilar, to ‘qimalardagi hujayraga esa ta ’sir
ko ‘rsatmaydilar. Bilamiz-ki mikroorganizmlarning qobig‘i alohida xossali oqsil
moddasidan(murein) iborat bo‘ladi. Bu oqsil moddasi bakteriyani kislorod bilan
ta ’minlab turadi, bu kislorod esa mikroorganizmdagi glyukozani oksidlaydi
(boshqacha aytganda «yoqilg‘i» yonadi) va energiya ajralib chiqadi. Ana shu yerda
nanozarracha oqsil modasini «ataka» qilib ishdan chiqaradi, natijada bakteriya
kislorodsiz qoladi va energiya bo‘lmagach, o‘ladi(12-rasm).
9-rasm
Agar virusning qobig‘i (obolochkasi) bo’lmasa, baribir, nanozarracha uni
o ’ldiradi. Lekin odam va hayvonlarning hujayralari «sifatli» devor bilan
(membrana bilan) o ‘ralgan, unga nanozarracha hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Kumush kabi mis metalli ham antibakerial xossalari aniqlangan. 1893-
yilda Shvetsarsiyalik botanik Karl Negel dunyoda birinchi bo‘lib, mis va
kumushning antibacterial xossalarini tajribada isbotlagan. Karl Negel mis va
kumush ionlarining 10-5-10-6 M konsentrasiyali eritmasida zaxarli bakteriyalar
34


butkul nobud bo’lishini aniqlagan. Mis nanozarrachalarining antibacterial


ta ’siridan tashqari boshqa ahamiyatli xossalari ham mavjud.
Mis zarralari organizmdagi metabolizm jarayoni normal kechishini
ta ’minlaydi.
Biologik
katalizator-fermentlar
ta’rkibiga
(sitoxromoksitaza,
tirozinaza, askorbatoksitaza) kiradi. Mis nanozarralari ta ’sirida xavfli ochiq
jarohatlar tez bitishi aniqlangan[29][30].

Yüklə 275,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə