Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

24-§. Tilshunoslik 
fani bo‘limlari. 
Boshqa fanlar kabi 
tilshunoslikni ham bir nechta qismlarga bo‘lib o‘rganamiz. Har bir 
bo‘limning o‘z o‘rganish sohasi, ob’ekti mavjud. Tilshunoslik fani 
quyidagi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi.
1.Fonetika bo‘limida nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u kabi masalalar 
har taraflama o‘rganiladi. 
2.Leksikologiya tilning 
lug‘at 
boyligini 
o‘rganadi. Bunda 
so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari, ma’no 
kengayishi, torayishi, faol va nafaol so‘zlar kabi masalalar o‘rganiladi. 
3.Leksikografiya bo‘limida lug‘at tuzish tamoyillari va turlari tadqiq 
qilinadi. 
4.Frazeologiya bo‘limida so‘zlarning ko‘chma ma’noda ishlatilishi, 
frazeologik turg‘un birikmalar va ularning turlari har tomonlama 
o‘rganiladi. 
5.So‘z yasalishi bo‘limida so‘z yasash usullari har tomonlama tahlil 
qilinadi. 
6. Semasiologiyada til belgilarining ma’no turlari tadqiq etiladi. 
Sema yunoncha so‘z bo‘lib ma’no, logiya ta’limot demakdir. 
Semasiologiyada so‘zning ma’no xususiyatlari o‘rganiladi. 
7. Morfemika bo‘limida so‘zning tarkibiy qismi bo‘lmish o‘zak, 
negiz, qo‘shimchalar va ularning turlari tadqiq qilinadi. 
8. 
Grammatikada 
tilning 
grammatik 
qurilishi, 
grammatik 
kategoriyalari tadqiq qilinadi. Grammatika ikki tarkibiy qismga 
ajratiladi: Morfologiyada so‘z turkumlari, sintaksisda esa so‘z birikmasi, 
gap va uning turlari o‘rganiladi. 
9. Orfografiya bo‘limida so‘zning to‘g‘ri yozilish qonun qoidalari 
o‘rganiladi. Orfo lotincha so‘z bo‘lib to‘g‘ri grafiya yozaman demakdir. 


72 
Bunda bosh harflar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirilishi, so‘zlarni ajratib yozish, 
qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish kabi masalalar o‘rganiladi. 
10. Orfoepiya bo‘limida tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish 
me’yorlari o‘rganiladi. Orfo lotincha so‘z bo‘lib to‘g‘ri epiya gapiraman 
demakdir. Bunda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish, to‘g‘ri nafas olish masalalari 
ham o‘rganiladi. 
11. Punktuatsiya bo‘limida mavjud bo‘lgan tinish belgilarini to‘g‘ri 
qo‘llash tamoyillari o‘rganiladi.
12. Til tarixi bo‘limida til tarixida bo‘lgan fonetik, lug‘at boyligi va 
grammatikada sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tekshiriladi. 
13. Dialektologiya bo‘limida tildagi lahja va shevalarga oid so‘zlar 
o‘rganiladi. 
14. Uslubiyat bo‘limida nutq uslublari har tomonlama o‘rganiladi.
15. Etimologiya bo‘limida so‘zlarning kelib chiqishi, qaysi tildan 
o‘zlashganligi va tarixiy rivojlanish taraqqiyoti tadqiq qilinadi. 
16.Onomosiologiya bo‘limida narsa va predmetlarga, voqea 
hodisalarga nom berish jarayoni tadqiq etiladi. Onamastikada atoqli otlar
o‘rganiladi. Atoqli otlar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 
antroponimika ism va familiyalarni o‘rgansa, toponimika joy nomlarini 
tadqiq qiladi. 
17. Grafika bo‘limida har bir tilning harflar tizimi o‘rganiladi.
Tilning mana shu sanab o‘tilgan asosiy bo‘limlari tilning lug‘at 
boyligini tashkil etadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə