20-§. Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari. Til
sistemasi birliklari biri boshqasi bilan bog‘liq tarzda yashar ekan, bunda
ularning birinchi navbatda paradigmatik va sintagmatik munosabatlari
namoyon bo‘ladi. Lisoniy paradigma til birliklarining paradigmatik
munosabatda aloqaga kirishuvidir. Tilshunoslikda paradigma termini ikki xil
ma’noni anglatadi. 1.Tilning sistemasi va strukturasi qoidalariga mos holda
muayyan invariant doirasida mavjud bo‘lgan variantlar. Bu variantlardan biri
kommunikativ jarayonda har so‘zlovchi tomonidan tanlanadi. 2.Nutq
zanjirida til sistemasi unsurlarining tasniflanishi [R.Kobrin, 1987: 31].
Lisoniy paradigmada til birliklari bo‘lgan fonema, morfema, so‘z va gapning
aloqaga
kirishuvi
orqali
sintagmatik
qatorda
nutqiy
faoliyatni
shakllantirishini tushinamiz. Albatta, har qanday kichik birlik o‘zidan katta
birlik ichida faollashadi. Masalan, fonemalar morfemada, morfemalar so‘zda,
so‘zlar gapning ichida ham paradigmatik ham sintagmatik zanjirni hosil
qiladi. Paradigmatik munosabatda kelgan til birliklari vertikal xarakterli
bo‘ladi. Ba’zi olimlar paradigma tushunchasini tilga, sintagma tushunchasini
esa faqat nutqqa tegishli deydi. Fonemalar vertikal holatda bog‘lanib sistema
ichida makroparadigma holida shakllanadi. Ular amalda qo‘llanilganda
sintagmatik munosabatni taqoza etadi.
Nazorat uchun savollar: 1.Til va nutqiy faoliyat tushunchalari o‘zaro qanday munosabatda?
2.Nutq faoliyatning og‘zaki va yozma nutqqa ta’siri?
3.Til tafakkurning paydo bo‘lishi, ularning rivojlanishi haqida qanday
fikrdasiz?
3.Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari deganda
nimsalarni tushunasiz?
4.Nima uchun til moddiy – akustik, tafakkur esa ma’naviy-g‘oyaviy
xususiyatiga ega?
66
5.Nima uchun til milliy, tafakkur esa umuminsoniy xususiyatga ega?
6.Til va tafakkur birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini nimalardan
iborat?
7.Lisoniy tasnif asoslari Til ham, nutq ham aloqa vositasi. Farqlari nima?