Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

26-§.
 
Yozuv. Yozuv tarixidan. Yozuv turlari
1

Til nutq orqali 
rivojlanadi, yozuv orqali ifodalanadi. Yozuvning paydo bo‘lishiga juda 
ko‘plab narsa va hodisalar sabab bo‘lgan. Shu sabab ham insoniyat 
tarixidagi ulkan qadamlardan biri yozuv kashf etilgan. Yozuv til uchun 
yordamchi vosita sifatida paydo bo‘ldi. 
Hayotimiz davomida to‘plangan g‘oya va tajribani yozuvsiz 
avlodlarga etkazish juda qiyin va katta yo‘qotish orqali ma’lum 
foizlardagina amalga oshiriladi. Buning uchun tinimsiz takror qilib 
turish shart bo‘lar edi biroq og‘zaki nutq ko‘p mehnat talab etadi. Yozuv 
esa zamon va makon zanjirini uloqtirib minglab yillarga etib boradi va 
kelajakka muayyan tarzda murojaat qilish imkonini beradi. Shu sababli 
ham xalq og‘zaki ijodida variantlilik keng tarqalgan. Birgina sevimli 
dostonimiz «Alpomish» 40 xil ijro etilgan. Yoki boshqacha qilib 
aytmoqchi bo‘lsak, psixologlar bir voqeani 6 kishi bir-biriga so‘zlab 
berish orqali ma’no butkul o‘zgarib ketishini tajribada sinab ko‘rganlar. 
Yozuv mana shularga yo‘l qo‘ymaydi, fikrni o‘zgartmasdan boshqa 
birovlarga etkazib berishga imkon beradi. Yozuv borligi uchun ham 
qadim davrlarda yaratilgan Urxun-Enasoy tosh bitiklaridan tortib
Shiroq, To‘maris afsonalarigacha, Lutfiy, Navoiy, Furqatdan tortib
Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, Abduvali Qutbiddingacha bo‘lgan 
shoirlarimiz asarlarini o‘qib biz hozirgacha hayratlanamiz.
O‘zbek xalqi ko‘p jabr ko‘rgan. A.Makedonskiy O‘rta Osiyoni 
bosib olgandan so‘ng, barcha asarlarni to‘platib (bular ichida «Avesto», 
«To‘maris», «Shiroq» afsonalari ham bor edi) ba’zi bir qisminigina 
lotin tiliga tarjima qildirib boshqa qismini yoqtirib yuborgan. Shu sabab 
xalq yozuvga ishonmay qolib, og‘zaki nutq va yodlash orqali g‘oyalarni 
avloddan - avlodga etkazib bergan. Shuning uchun ham xalq donoligi 
sanalgan fol’klor o‘zbek xalqi orasida keng rivojlangan. O‘zbek xalq 
og‘zaki ijodi namunalarini to‘plab nashr ettirsak, 40 tomlik kitob 
1
Қаранг: Ёзув мақоласи А.Туробовнинг Лотин алифбосига асосланган ўзбек ёзуви ва 
имло қоидалари. -Самарқанд: СамДЧТИ нашри, 2005 йил, 80 б. китобидан олинган. 


83 
bo‘lishi ham fikrlarimizni asoslaydi. Bunchalik boy me’ros boshqa 
birorta xalqda uchramaydi. 
Xalqimizning o‘tmishidagi yozuvlari haqida gap borganda, 20 dan 
ortiq yozuv haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Negaki, yurtimizning turli 
joylaridan topilayotgan arxeologik topilmalardagi yozuvlar mana 
shularni taqozo etadi. Bu yozuvlar quyidagilardir: 
1.
Finikiya (Kan’on) yurti Somiy konstonant yozuvi (miloddan 
avvalgi XIII asrdan - eramizning I ming yillik boshiga qadar)
2.
Oromiy (miloddan avvalgi I ming yillikda finikiy yozuvidan 
ajrab chiqqan, bu yozuv X-IX asrlarda moslashtirilgan). 
3.
Sug‘diy (miloddan avvalgi IV asrdan - milodiy XI asrlargacha). 
4.
Xorazmiy (miloddan avvalgi I asrdan - IV asrgacha). 
5.
Pahlaviy (miloddan avvalgi I asrda Parfiya davlatida 
shakllangan). 
6.
Boxtariy (miloddan avvalgi IV-III asrlarda Baqtriya davlatida 
shakllangan). 
7.
Kxorashti (Yunon) (eramizdan oldingi III-I asrlar). 
8.
Monaviy (III asr). 
9.
Suryoniy (IV asr). 
10.
Braxma (IV asr).
11.
Eftalit (V-VI asrlar). 
12.
Urxun (V-VIII asrlar). 
13.
Uyg‘ur (IV-XVI asrlar). 
14.
Arab (VII-XX asrning 1929 yiligacha). 
15.
Lotin (1929-1940 may). 
16.
Kirill (1940- hozirgacha). 
17.
Lotin (1993- yildan boshlab). 
Umumiy holda eng qadimgi yozuvlarimizga e’tibor berib keyingi 
yozuvga taqqoslab qaraganimizda, dastlabki yozuvlarimiz juda 
murakkab bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ular ixchamlashib, sodda, yozishga 
qulay bo‘lgan variantlarga almashganligining guvohi bo‘lamiz. 
Ba’zi adabiyotlarda birinchi yozuv shartli ravishda narsa-buyum 
yozuvi deb e’tirof etiladi. Fikrni dalillash uchun bir nechta misollar 
keltiriladi. Yozuv bo‘lmagan vaqtlarda narsalarga semiotik tizim sifatida 
ma’no berilib aloqa qilingan. Bizningcha, bu yozuv emas. Ma’nolar til 


84 
ichida yaratiladi. Bu degani so‘zlar (yozuvlar) bilan ifodalanadigan 
ob’ektlar bilan emas. F.Sossyur so‘zlarning ma’nosi turdosh 
tushunchalar 
o‘rtasidagi tafovutlardan kelib chiqishini to‘g‘ri 
ta’kidlagan. 
Tildagi narsalar orqali semiotik farqlash tizimi hozir ham bor. 
Ma’noni nutq yoki qog‘ozdagi belgi-yozuvlardan tashqari, boshqa 
predmetlar o‘rtasida sistematik tarzda ajratish mumkin bo‘lgan har 
qanday ob’ekt ham berishi mumkin. Masalan, o‘zbeklar orasida, 
xonadonga qiz so‘rab sovchilar kelishsa rozichilik istagi bo‘lsagina, 
tugunchasini ochishadi. Yoki xonadonga mehmon kelganda osh-palov 
suzilsa, turing degan ma’noni anglatadi. Bugungi kunda, ayniqsa, 
shaharlarda do‘ppi kiyib yursangiz, tinchlikmi? - deb so‘rashadi. 
Tildagi ma’no va yozuvni bir-biridan ko‘plab jihatlari bilan farqlab, 
bugungi kun o‘quvchilari teran tushinib olishi lozim. 
Bizningcha, dastlab piktografik yozuvlar kashf qilingan. Bu so‘z 
lotincha va grekcha so‘z qo‘shimchalaridan tuzilgan bo‘lib, chizib 
yozaman degan ma’noni anglatadi. Piktogrammalar orqali kerakli fikrlar 
tarqoq holda ifoda etilgan. Bu yozuvda so‘zning grammatik shakllari 
mavhum bo‘lib so‘zni turlicha joylashtirib o‘qish mumkin bo‘lgan. Shu 
jihatdan bu yozuvni mantiqiy yozuv deb tushunsak ham bo‘ladi. Chunki 
chizilgan rasmlar muvofiqligiga qarab, insonning o‘zi bir-biri bilan 
bog‘liq so‘zlar asosida mantiqiy fikr yuritib gaplar tuzishi kerak bo‘lgan. 
Bir gap, so‘z tartibini almashtirish o‘qish, urg‘uni turli so‘zga berish 
asosida turli xil ma’no keltirib chiqarar edi. Sanab o‘tgan bu xususiyatlar 
piktografik yozuvning murakkabligidan va kamchiligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, bu yozuvning keyingi rivojlangan barcha yozuvlardan 
qulay va ustunlik jihatlari ham bor. Shu sabab ham piktografik yozuvdan 
bugungi kungacha foydalanamiz. Masalan: yo‘l chetidagi belgilar yoki 
butun dunyoni zabt etgan mashhur «Coca-cola» firmasi ishlab 
chiqarayotgan salqin ichimlik suvlari etiketkasidagi mo‘‘jazgina quti va 
unga bir odamning bo‘sh idishni solayotganini misol sifatida 
keltirishimiz 
mumkin. 
Bu 
rasm-yozuvni, 
kimyoviy 
usulda 
plastinkalardan tayyorlangan suv idishlari bir marta ishlatilishga 
mo‘ljallangan, qayta suv va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlatish sog‘liq 
uchun ziyon, bo‘shagach tashlash kerak deb o‘qish kerak. Agar shu fikr 


85 
so‘zlar bilan yozilishi kerak bo‘lsa, birinchidan, ko‘p joyni egallaydi, 
ikkinchidan, qancha, xalq iste’mol qilsa shuncha tilga tarjima qilib 
yozishni taqozo etadi. Kichik etiketkaga ko‘p tillarda yozishning imkoni 
yo‘q darajadadir. Bular piktografik yozuvning qulayligini va turli 
tillarda gaplashuvchi odamlarning tushunaverishini ko‘rsatadi, tarjimaga 
va tarjimonga hojat qolmaydi.
Piktografik yozuv taraqqiyoti asosida logografik yoki ideografik 
yozuv paydo bo‘ldi. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z ramziy simvoliga ega 
bo‘ladi. Logogrammalar bu yozuvning birligini tashkil etadi. 
Piktogramma to‘g‘ridan-to‘g‘ri predmetni rasm orqali ko‘rsatsa, 
logogramma esa so‘zning ma’nosini tushuncha orqali ifodalaydi. 
Ieroglifik yozuv logografik yozuvning rivojlangan mukammal 
ko‘rinishidir. Ieroglif so‘zi grekcha «muqaddas yozuv» degan so‘zdan 
olingandir. Bizning qadimiy ajdodlarimiz bu yozuvdan foydalanishgan. 
Negaki, oltoy tillari oilasiga kiruvchi bizga qardosh bo‘lgan yapon xalqi 
bo‘g‘in, koreys xalqi fonografik, xitoy xalqi ieroglifik yozuvlardan hali 
hanuzgacha foydalanib kelmoqdalar. Keyinchalik Ozarbayjonda paydo 
bo‘lgan tasavvuf ta’limotida yozuvlarni ilohiylashtirib, muqaddas yozuv 
deb qaragan. Alloh k, n harflarini paydo qilgach, kun so‘zi va butun 
olamdagi yorug‘lik paydo bo‘ldi deb tushunishgan. Boshqa narsalarni 
ham shunday sharhlagan. Masalan, qadimgi davlatchiligimizdagi gerblar 
va o‘zbek xalqi 92 ta urug‘ining ramziy tamg‘alari logografik yozuvni 
eslatadi. Tamg‘alar turkiy xalqlarning deyarli barchasida bo‘lgan. 
Logografik yozuvda barcha tushunchalarni ifodalash qiyin edi. 
Ieroglifda esa alfavit tushunchasi paydo bo‘la boshladi. Har bir mavhum 
tushuncha va voqea hodisa, narsa uchun yangi belgilar qabul qilaverish 
natijasida, ierogliflar soni 40-50 mingtagacha etib borgan. Buni 
o‘rganish juda katta vaqtni talab etar edi. Yuqoridagi (piktografik, 
logografik va ieroglifik) yozuvlar ma’lum qatlam kishilarigagina 
mo‘ljallab yaratilgan, ularga xizmat qilgan. Keyingi taraqqiyot natijasida 
yozuvga talab kuchayishi tufayli ommaviylashtirish jarayoni yuz bergan. 
Keng xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun yozuvlar tovushni ifodalashi, 
ixcham, sodda, qulay, oddiy, oson, yozganda qo‘l uzilmasligi, 
o‘qiyotganda bir-biridan farqlash uchun ayrim o‘ziga xos belgilar kabi 


86 
jihatlar bo‘lishi kerak. Yozuvlarni ommaviylashtirish sababli yozuvlar 
bu talablarga javob bermay qoladi. 
Shuning uchun bo‘lsa kerakki, juda murakkab yozuvlarni 
soddalashtirish ehtiyoji tufayli fonografik yozuv paydo bo‘lgan. So‘zni 
tovush orqali idrok qilish, har bir eshitilayotgan tovushga alohida belgi 
(harf) qabul qilish istagi fonografik yozuvni yuzaga keltirgan. Demak, 
tilda minglab so‘zlar bor bo‘lib, ularni ma’lum tovushlar bilan ifoda 
etish ehtiyoji, yozuvning soddalashtirilishini taqozo qilgan. 
Miloddan avvalgi VI-IV asrlardayoq Turon zaminning turli o‘lkalari 
mahalliy tillariga ularning har bir tovush sistemasiga mustaqil holda 
moslashgan, sifat jihatidan mutlaqo yangi –sug‘diy, xorazmiy, pahlaviy, 
baxtariy 
kabi 
yozuvlarning 
shakllanganligi 
bizning 
yozma 
madaniyatimizning naqadar uzoq davrlarga borib taqalishidan dalolat 
beradi. Yoki karandash (kara+dash) so‘zining etimologiyasi ham 
fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi.
Mana shu yozuvlar ichida sug‘d yozuvi yodgorliklari keng 
miqyosda va uzoq vaqt iste’molda bo‘lganligi bilan alohida ajralib 
turadi. Sug‘d yozuvlari orasida yoshi 2000 yilga borgan namunalar bor. 
Qog‘ozga bitilgan va bizgacha etib kelgan sug‘dcha matnlarning 
eng qadimiysi IV asr boshlariga mansub bo‘lib, fanda «Eski maktublar» 
deb nom olgandir. Bu maktublar 1906 yili inglizlarning A.Steyn boshliq 
ekspeditsiyasi tomonidan Uyg‘uristonning Dunxuan degan yeridan 
topilgan. 
Sug‘d yozma yodgorliklarning eng so‘ngisi Talas daryosi 
vodiysidagi qoya toshlar sirtiga X-XI asrning birinchi choragida bitilgan 
tashrifnomalardir. Bu yozuv oromiy yozuvi asosida paydo bo‘lganligi 
bois, oromiy yozuviga o‘xshaydi. II asrning oxiri va III asrning 
boshlarida Xorazm yozuvi ho‘jalik hisobot xujjatlari, tangalardagi 
yozuvlar, qabrlarga o‘rnatilgan haykallar va boshqa joylarda uchraydi. 
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar Urxun -Enasoy (ba’zi 
manbalarda dulbarjin, runik, tosh yozuvi deb ham yuritiladi) yozuvidan 
keng foydalangan. Bu yozuvda turkiy tilda bir qancha yozma obidalar 
bitilgan. Bu yozuvlar tosh, pishirilgan loy, metall, teri yog‘och, qog‘oz 
va boshqa materiallarga yozilgan. Keng hududda qo‘llanganligi bois 


87 
yozma yodgorliklar Lena, Oltoy daryolari bo‘ylaridan, Mo‘g‘uliston, 
Markaziy Osiyodan, Sibirning barcha joylaridan topilgan. 
Bu yozuvlarning «tosh bitiklari» deb atalishining boisi ko‘p 
yodgorliklar qabr toshlariga o‘yib yozilganidadir. Sibir kartasini 
chizayotgan rus olimi Semyon Remezov Urxun va Talas daryolari 
sohilida noma’lum yozuvda bitilgan qabr toshlarini uchratgan va 
dastlabki xabarni bergan. Bundan keyin 1730 yilda Sibirga surgun 
qilingan shved ofitseri Filipp Iogann Stralenberg Enasoy daryosi bo‘yida 
noma’lum alfavit bilan yozilgan qabr toshlariga duch keladi. 
Shvetsiyaga borib bu yozuvning jadvalini nashr ettirib butun Evropaga 
ma’lum qiladi. Ammo 150 yil davomida hech kim o‘qiy olmaydi. Bu 
vaqtda turli xil xalqlar bu yozuvga bizning qadimiy yozuvimiz deb 
nisbat bergan. 
1893 yilda yodgorliklarni birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm 
Tomsen o‘qishga musharraf bo‘ladi. U turkiy tillardagi so‘zda ba’zi bir 
tovushlarning ikki marta qo‘llanish yoki qo‘llanmaslik o‘rinlarini 
aniqlab, uni yodgorlikka taqqoslab ko‘rdi. Shuningdek, yodgorlik 
o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga qarab o‘qilishiga oydinlik kiritdi. Shu 
yili rus olimi V.Radlov ham barcha harflarni o‘qidi. Shundan keyin 
ularni har taraflama chuqur o‘rganish boshlandi. 
Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan obidalarini o‘qish, turli 
tillarga tarjima qilish va nashr etishda V. Radlov, V.Tomsen, S.Malov, 
H.O‘rqun, T.Tekin, D.Rosse, A.Steyn, A.Qayumov, I.Stebleva, 
G‘.Abdurahmonov, A.Rustamov va boshqalarning xizmatlari kattadir. 
Bu yodgorliklar dunyoning ko‘plab davlatlarida saqlanayapti. 8 ta 
unli 4 ta belgi bilan, 29 ta undosh qattiq va yumshoq shaklida 
ifodalangan. Urxun-Enasoy yozuvi turkiy xalqlar kashf qilgan alifbo 
ekanligi bilan boshqa alifbolardan farqlanadi. 
745 yilda turk hoqonligining sharqiy qismini uyg‘urlar bosib olgan. 
Shundan so‘ng turkiy xalqlarda uyg‘ur alfaviti qo‘llangan. Bu alfavit 
turkiy xalqlar orasida XVI asrgacha ancha keng ishlatilgan. Uyg‘ur 
yozuvi run yozuvi bilan ham uzoq vaqt parallel qo‘llangan. 
Bu yozuvda ba’zi harflar unlini o‘rni bilan undosh tovushni 
ko‘rsatgan. Shu sabab jami 19 ta grafik belgi, 5 ta unli va 16 ta undosh 
tovushni ifodalagan. Bu yozuvni chuqur o‘rganib keng o‘quvchilar 


88 
ommasiga etkazishda horijiy turkologlar V.V.Radlov, G.Vamberi, 
S.E.Malov, V.Tomsen o‘zbek olimlaridan M.Isxoqov, N.Rahmonov, 
Q.Sodiqov va boshqalarning hizmatlari beqiyosdir.
VII-VIII asrlarda Turonzamin erlarini arablar bosib oladi. Ular bu 
erga islom dinini va arab yozuvini olib kirdilar. Eski din va yozuvni 
yo‘q qilish uchun ko‘p kurashlar olib boradi. Hatto yozuvni qabul 
qildirgandan keyin, tilni ham arablashtirish uchun kurash olib borgan. 
Shu sabab ko‘plab asarlar arab va fors tilida yozilgan. Arab grafikasi 
asosidagi harflar turkiy xalqlar o‘rtasida o‘n to‘rt asr mobaynida 
qo‘llanilib kelindi. Bizning boy me’rosimiz arab alifbosida ifodalangan. 
Shunday ekan keyingi davrda nima uchun arab alifbosidan voz 
kechdik?- qabilidagi savollar tug‘ilishi tabiiy. Buning bir nechta 
sabablari bor.
Birinchidan, arab grafikasi juda murakkab bo‘lib, dastxat uchun 
yaratilgan edi.
Ikkinchidan, o‘rganish g‘oyat qiyin va chalkashlik jihatlari bor edi.
Uchinchidan, arab grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosidagi 
harflar unli fonemalarni etarli aks ettirmas edi. 
To‘rtinchidan, arab grafikasidagi har bir harf so‘zning to‘rt joyida 
to‘rt xil yozilishi natijasida 124 ta harf bo‘lib, bularni o‘rganish 
qiyinchilik tug‘dirib bosmaxonalarda harf kassalariga va yozuv 
mashinkalariga joylashtirish noqulay va murakkab edi.
Beshinchidan, arab alifbosida faqat arab tilining o‘zigagina xos 
bo‘lgan ayn, zo, to, dod, sod, zal, ha, sa harflari bor edi. O‘zbeklar bu 
harflarni talaffuz qilishda qiynalar va xatoga yo‘l qo‘yar edi. Harflar shu 
tilda bor bo‘lgan tovushlarni ko‘rsatishi kerak. 
Oltinchidan, unli va undosh fonemalarning belgilari har doim ham 
aniq ajrab turmas edi. Shu sabab bir so‘zni turli xil qilib o‘qish mumkin 
edi. Masalan; alif, vov, yo harflari ba’zan unli, ba’zan undoshni anglatar 
edi.
Yettinchidan, arab alifbosi imlosida tinish belgisining qo‘yilishi, 
bosh harflar imlosi, harflarni harf birikmalari orqali ifodalash, 
harflarning ost va ust qismiga nuqtalar qo‘yish bilan farqlash holatlari 
mavhumlik, qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi.


89 
Sakkizinchidan, alifboni almashtirish uzoq vaqtni va katta mablag‘ni 
talab qiluvchi murakkab ish. Ammo rus grafikasi negizida totalitar tuzum 
mamlakatida yagona yozuv sistemasini vujudga keltirish juda muhim edi. 
Rus alfaviti belgilari doirasidan chetga chiqmay harflarni birlashtirish 
mamlakat iqtisodiga juda katta foyda keltirar edi. Bir narsani har bir 
qardosh xalq uchun alohida, ya’ni o‘z alfavitda bosib chiqarish katta 
mablag‘, mehnat talab etar edi. Bundan tashqari, turkiy tillarda yozilgan 
maqola yoki kitobni ayrim turkiy tilda ish yurituvchi respublikaning 
o‘zidagina bosib chiqarish mumkin bo‘lgan. Chunki o‘sha paytdagi barcha 
xalqlarning harflari «Известия» gazetasi bosmaxonasidan boshqa birorta 
ham tipografiya kassasida to‘la topilmagan.
To‘qqizinchidan esa, arab alifbosi asosidagi milliy yozuvimizda uzoq 
vaqt, ya’ni o‘n to‘rt asr ish yuritsak ham, bu yozuv asli zo‘rma-zo‘rakorlik, 
bosqinchilik siyosati orqali kiritilgan edi.
Mana shu kabi sanab o‘tilgan xususiyatlar o‘tgan asrning birinchi 
choragidayoq arab alifbosidan voz kechish shartini ma’naviy inqilobning 
asosiy masalalaridan biriga aylantirib qo‘ygan edi. O‘sha vaqt matbuotida 
berilgan fikrlarga qaraganda, alifboni isloh qilish oson kechmagan va ilmiy 
jamoatchilik orasida katta tortishuvlarga sabab bo‘lgan. 
O‘qimishli kishilar, olimlarning bir qismi arab alifbosiga asoslangan 
yozuv va imloga o‘zgartishlar kiritishni ma’qul deb topgan bo‘lsalar, 
ikkinchi qism ziyolilar arab alifbosiga umuman teginmaslikni talab 
qilganlar. Uchinchi turkum olimlar arab alifbosiga ancha o‘zgartishlar 
kiritish, shulardan arab tiligagina xos bo‘lgan tovushlarni yo‘q qilish, 
shuningdek, imlo qoidalarini ham birmuncha o‘zgartish kerakligini kun 
tartibiga qo‘yganlar. To‘rtinchi guruh ziyolilar alifboga kirmay qolgan 
o‘zbek tili fonemalariga harflar olishga tarafdor bo‘lsalar-da, arab tili 
tovushlarigagina xos bo‘lgan harflarni ham saqlab qolishni xohlaganlar. 
Bularning hech qaysisiga qo‘shilmasdan lotin alifbosiga o‘tish tarafdorlari 
ham bor edi. Birinchi bo‘lib lotin alifbosini yoqlab chiqqan ziyolilar (o‘sha 
vaqt ta’biri bilan aytganda), «lotinchilar» shoir Botu va adabiyotshunos 
olim Sayid Ali Usmoniylar edi. Shu asosda qisqa vaqt ichida arab 
grafikasidan voz kechib lotin alifbosiga o‘tildi. 1929 yil may oyida 
Samarqandda 
chaqirilgan 
O‘zbekiston imlo va terminologiya 
konferensiyasi lotin grafikasi asosidagi, 24 ta undosh va 9 ta unli harfdan 
iborat o‘zbek alifbosini tasdiqladi. Atigi 11 yildan so‘ng esa 1938-1940 


90 
yillarda lotin alifbosini rus grafikasi asosidagi yangi alifbo bilan 
almashtirdik.
Konferensiya o‘zbek adabiy tilini singarmonizmli shevalarga 
asoslashni zarur topganidan alifbodagi unli harflarni 9 ta qilib belgilagan 
edi. 1934 yili yanvarda Toshkentda qaytadan imlo qurultoyi chaqirilib, 
alifbo va imlo qoidalari boshqatdan ko‘rildi, ularga bir qancha o‘zgarishlar 
kiritildi. Unli harflar 5 taga qisqartirildi.
O‘zSSR Oliy Kengashi o‘zining 1940 yil 8 maydagi sessiyasida 
«O‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitdan rus grafikasi asosidagi yangi 
o‘zbek alfavitiga ko‘chirish haqida qonun» qabul qildi. Bu alfavitni aka-
uka Kirill va Mefodiylar slovyan alifbosi asosida kashf qilgan. Shu sabab 
ham bu yozuvni kashfiyotchilar nomi bilan atab kirillitsa deb yuritamiz. 
Yangi o‘zbek alifbosi quyidagicha edi: A, B, V, G, D, E, YO, J, Z, I, Y, K, 
L, M, N, O, P, R, S, T, U, F, X, S, Ch, Sh, ‘, E, Yu, Ya, O‘, Q, G‘, H, 
apostrof (‘). Keyinchalik apostrof olib tashlandi. Apostrofning vazifasi 
ham ayirish belgisiga yuklatildi. Bu alifboga asoslangan imlo qoidalari 
ham ishlab chiqildi.
1993 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Lotin 
yozuviga asoslangan O‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunni 
qabul qildi. Bunda yangi alifbo 31 harf va tutuq belgisi (apostrof)dan 
iborat etib belgilandi. Bu alifbo bo‘yicha kirillcha «sh» harfini «ş», «ch» 
xarfini «ç» tarzida yozish kerak edi. Bizga yaxshi ma’lumki, bunday 
harflar kompyuterning jahon standartlariga mos kelmas edi. Shu sabab 
kompyuterda bor bo‘lgan belgilar (o‘tish va apostrof) kiritildi. Bu belgilar 
orqali O‘, G‘ harflarini ifodalashda, shuningdek,’ belgilari ma’no farqi s, h 
harfini ajratish kabi holatlarda foydalanadigan bo‘ldik. Bu haqda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 6 mayda «Lotin yozuviga 
asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunga 
o‘zgartishlar kiritish haqida qaror qabul qildi. Qarorga asosan lotin 
alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 harf 3 harf birikmasi va 1 
apostrofdan iborat deb o‘zgartirildi. Kompyuterda yo‘q bo‘lgan Ş, Ģ 
belgilari sh, ch kabi bor bo‘lgan harf birikmalari bilan ifodalaniladigan 
bo‘ldi. Shu asosda mukammal imlo qoidalari ham ishlab chiqildi. 
Lotin alifbosining qulayliklari talaygina. Bu alifbo nisbatan avvalgi 
alifbolardan o‘zbek tilining tovush tizimini, jozibadorligini, nafosatini, 
ohangdorligini to‘laroq ifodalashga xizmat qiladi. Lotin alifbosiga 


91 
asoslangan yangi o‘zbek alifbosining kirillitsadan sifat va tartib jihatdan 
yaxshi xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: 
1.Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi elektron texnikasi bilan 
bevosita bog‘landi. Harflar eng ilg‘or davlatlar qabul qilgan va kodlari 0 
dan 127 gacha bo‘lgan harf hamda belgilar tizimiga moslashdi. 
2.Bir tovushni ikki yoki uch harf yordamida ifodalagan (ч-sh, ш-sh, 
нг-ng) tajribasidan foydalanib, jahonda qabul qilingan jadvaldan alifbomiz 
uchun o‘rin topish imkoniyati tug‘ildi. Buning o‘qitish, bosmaxona ishlari 
va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun afzalliklari mavjud. 
3.Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “o‘tish” (‘) belgisidan 
foydalaniladi. Alifbodagi o‘, g‘ tovushlarini ifodalashda foydalanilgan 
“o‘tish” (‘) belgisi lotin yozuvida mavjud va uning kodi 96 hisoblanadi. Bu 
belgi apostrofga o‘xshasa-da undan farq qiladi, chunki apostrofning (’) 
kodi 39 hisoblanadi. 
4. Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosida harflarning turli 
kombinatsiyalari mavjud emas. 
5. Kirill alifbosidagi (е, ё, ю, я) grafemalari lotin alifbosiga 
kiritilmadi. Ularni alifboda mavjud bo‘lgan y+e, y+o, y+u, y+a harflari 
bilan ifodalash mumkin. Negaki ilgari Yo’ldoshevni ikki xil: Йўлдошев 
va Юлдошев deb yozishga yo‘l qo‘yilar edi. Bu narsalar o‘z - o‘zidan 
barham topdi. 
6. Ц harfi, ayirish va yumshatish belgilari tushirib qoldirildi. Ц harfi, 
ayirish va yumshatish belgilari o‘zlashma so‘zlarda uchrashi hisobga 
olindi. Til ochiq tizim ekan har qanday o‘zlashma so‘z tilning talaffuz 
qonuniyatlariga bo‘ysinishi kerak. Ya’ni, til o‘zlashma so‘z olingan til 
qonuniyatlariga moslashishi kerak emas, so‘z til qonuniyatlariga 
moslashishi kerak. Oldingi alifboda shunday nuqsonlar bor edi. Bu 
nuqsonlar yangi alifboda bartaraf etildi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə