Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

31-§. Dunyo tillari.
Dunyo tillarini qarindosh va qarindosh 
bo‘lmagan tillarga ajratib o‘rganish XVIII asrning ikkinchi yarmida 
paydo bo‘lgan tarixiy-qiyosiy tilshunoslikning izlanish samaralaridan 
biridir. Umuman qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning, tilshunoslikka bergan 
eng katta hosilasi butun dunyodagi tillarning geniologik tasnifini 
yaratish imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. Boshqacha qilib aytsak, 
komporativistikaning asoslanishi butun dunyodagi tillarning geniologik 
tasnifini yaratish imkonini berdi. Tillarni bir-biriga qiyoslab, taqqoslab 
o‘rganish tillardagi so‘zlarning ma’nolari, grammatik xususiyatlari bir-
biridan juda katta farq qilishini ko‘rsatdi. Bir - biridan katta farq qilagn 
tillar kelib chiqishiga ko‘ra qardosh tillar bo‘la olmaydi. Shuningdek
tillarni qiyoslash oqibatida ba’zi tillarning leksik boyligi, grammatik 
xususiyatlari, ulardagi so‘zlarning shakllari va ma’nolari, paydo bo‘lish 
manbai ham bir-biriga ancha yaqin ekanligi ko‘rinadi. Bunday tillar bir 
tildan kelib chiqqan, 
qardosh tillar
hisoblanib, grammatik tuzilishi va 
boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi 
til 
oilasi
deb qaraladi. Masalan, o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar, 
boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, gagauz, qoraqalpoq, turk, 
chuvash kabi tillar turkiy til oilasiga kiritiladi. Chunki, bu tillardagi 
o‘xshashlik, yaqinlik, umuman, qardoshlik tomonlari ularning so‘z 
boyligi, fonetik, grammatik qurilishiga bir – biriga juda o‘xshaydi.
Qardosh tillar jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yo 
differensiya yoki integratsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan tarixiy 
hodisadir. Shuning uchun tillarning qarindoshligini biologik hodisa deb 
qarash xatodir [I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 156]. 
Qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarda o‘xshashlik hodisalari uchrashi 
mumkin. Til ochiq tizim bo‘lgani uchun, bir tildan ikkinchi bir tilga 
tinimsiz so‘zlarning kirib kelishi yuz beradi. Ma’lum bir tilda boshqa bir 
qardosh bo‘lmagan tildan kirgan so‘zlar ham ko‘plab uchraydi. Masalan, 
o‘zbek tiliga arab tilidan: 
ism, fe’l, harf, kalima, jumla, qofiya, vazn, 
balog‘at, istiora, mantiq, falsafa, savod, ma’no, mazmun
singari, rus 
tilidan
mashina, stol, stul, ruchka
kabi anchagina so‘zlar o‘zlashgan. 
Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh 


112 
til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan, bunday tillarning 
qardosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la 
olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan 
so‘zlar juda ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari 
butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida 
turli munosabatlar tufayli boshqa tillardan kirib qolgan so‘zlar 
tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganilgan etnogenez jihatdan 
ham qardosh bo‘lib chiqmaydi, chunki til materialining kelib chiqishi 
jihatidan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, qardosh emasligi ma’lum bo‘ladi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga
qarashli bo‘lganligi uchun bu tillar leksikasidagi so‘z boyligi ma’nolari, 
so‘larning fonetik va grammatik tuzilishlari jihatidan ham birmuncha 
o‘xshashlik, yaqinligi aniq sezilib turadi. Jumladan, evropa tillari va boshqa 
tilarda ham bunday xususiyatlarni qiyoslab o‘rganishda qardoshlik aloqalari 
aniqlandi
.
 
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z negizlari, 
grammatik vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, 
ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan hisoblanadi. Ulardagi biror so‘z yoki 
grammatik vositalardagi noo‘xshashlik ma’lum bir fonetik qonuniyat 
asosida yuz bergan. Masalan, o‘zbek tilidagi 
g‘
tovushiga qozoq tilidagi 
u (w)
tovushi muvofiq keladi: 
bog‘ - bau (baw), tog‘-tau (taw);
o‘zbek 
tilidagi 

tovushiga ozarbayjon tilidagi 

tovushi muvofiq keladi: 
temir-
demir, til-dil; 
o‘zbek tilidagi 

tovushiga qardosh tillardagi 
tovushlarning bir-biriga muvofiq kelishi fonetik qonunga asoslangan 
hamda qardosh tillardagi so‘zlarning leksik ma’nolari va grammatik 
qurilishlaridagi ba’zi bir farqlar ular tilining o‘ziga xos xususiyatlariga 
bog‘liq. 
 
Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir-
biridan ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning 
ma’nolari asosan o‘zaro juda yaqin bo‘ladi. Shu kabi har bir tilning 
boyligi inson irqining oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu 
asosda, geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyoti 
jarayonida bir o‘zak tildan tarqalganligini va ularning o‘zaro 
munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik shakllarini, nutq 
tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni 
guruhlarga ajratadi.


113 
Professor N.Uluqov tillarning geniologik tasnifiy birliklari deb 
quyidagilarni ko‘rsatadi [N.Uluqov, 2016: 44]: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə