Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

30-§.
 
Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha 
qiyosiy –tarixiy tilshunoslik ekanligi. 
Qiyosiy – tarixiy tilshunoslik 
shakllangandan so‘ng tildagi tarixiy- fonetik o‘zgarishlar ilmiy isbotini 
topdi. Til taraqqiyoti derivatsion qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Til 
juda murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, undagi birliklar bir – biri bilan 


107 
uzviy bog’langan. Shunday ekan o‘z navbatida, ushbu birliklarga 
aloqador qonuniyatlar ham o’zaro bog’liq bo‘ladi. Fonetik – fonologik 
o’zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog’liq hodisadir. Tildagi 
tarixiy - fonetik o’zgarishlarni o’rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik 
sohasi qiyosiy-tarixiy fonetika hamdir. Qardosh tillardagi (hind – evropa 
tillari, turkiy tillar) tarixiy fonetik o’zgarishlar natijasida so’zlardagi 
etimologik va geneologik o’xshashlik va farqli tomonlarini qiyosiy –
fonetika o‘rganadi. Masalan: net, ne, nou so‘zlari yoki mama, modar, 
maze bir til oilasiga kiruvchi rus, tojik, ingliz, nemis va boshqa tillarda 
bir-biriga juda yaqin talaffuz qilinadi. Qardosh va qardosh bo’lmagan 
tillardagi tarixiy-fonetik o’zgarishlarni o‘rganish orqali tipologik, 
qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari paydo bo‘ldi. 
Mahmud Koshg‘ariy turkiyshunoslikda ilk bor imlo talaffuzdagi 
tovushlarni ifodalashdan ojiz ekanini ochib berdi. Uning o‘zi birinchi 
bo‘lib yozuvdagi kamchilikni to‘ldirish maqsadida ayrim harflarni 
belgiladi. Mahmud Koshg‘ariy turkiyshunoslikda ilk bor tovushlarni 
maxsus kuzatdi, ularni ilmiy jihatdan o‘rgandi. Birinchilardan bo‘lib, 
qiyosiy –tipologik fonetika va qiyosiy – tarixiy tilshunoslikka xissa 
qo‘shdi. Tovushlarning kombinatsiya natijasidagi mavqelarini-akustik 
va fiziologik holatlarini belgiladi. Olim fonetikaga doir juda ko‘p 
yangiliklar ochdi, bu sohani yangi-yangi qoidalar bilan boyitdi. Olim 
ularning undosh tovushlardan farqini ajratar ekan, ulardagi kenglik va 
torlik, cho‘ziqlik va qisqalik holatlaridagi qoniniyatlarni ochadi. Unli 
tovushlardagi ana shu xususiyatlarni asos qilib muallif turkiy tillardagi 
umumiylik va ular orasidagi xususiylikni belgilaydi. Mahmud 
Koshg‘ariy e’tiroficha, fonetik jarayon g‘oyat ko‘p holatlar bilan 
bog‘liq. Shuning uchun uni izchil va to‘g‘ri talqin qilish ham unga katta 
imkoniyat yaratadi. Olim undan shu maqsadlarda foydalangan. 
Chunonchi, u fonetik jarayonlarning ko‘p holatda so‘zlar 
etimologiyasini aniqlashga yordam berishini qayd etadi. “Devonu 
lug‘otit turk”da Mahmud Koshg‘ariy shu usul orqali juda ko‘p 
so‘zlarning 8 etimologiyasini belgilaydi. Bu albatta, hozirgi 
umumturkologiya va o‘zbek tilshunosligi uchun so‘zlar etimologiyasini 
aniqlash, xususan, etimologik lug‘atlar tuzish yo‘lida g‘oyat 
ahamiyatlidir. Turkiy tillarda undoshlar juftligi, undosh tovushlarning 


108 
juft holda qator kelishi yoki kelmasligi haqida turkologiya va o‘zbek 
tilshunosligida xilma-xil fikrlar mavjud. Ayrim olimlar undosh 
tovushlarning takrorlanib kelganligini tan olmasalar, ayrimlar uni 
cho‘ziq undoshlar deb ataganlar. Ba’zilar uni boshqa tillarning ta’siri 
sifatida ko‘rsatgan. Mahmud Koshg‘ariyning ushbu fonetik jarayon 
yuzasidan tahlili bu boradagi qarashlarga ham oydinlik kiritishi mumkin. 
Olimning qayd etishicha, tovushlardagi ikkilik turli maqsadda yuzaga 
keladi. Chunonchi, mubolag‘a, ta’kid, kuchaytiruv maqsadlari sabab 
bo‘lishi mumkin. Ba’zan bir tovushning ikkinchi tovushga singishi ham 
ushbu fonetik jarayonni yuzaga keltiradi. Tadqiqotchi undoshlardagi 
juftlik tilda keyin yuzaga kelgan fonetik jarayon ekanligi haqidagi 
g‘oyasini olg‘a surar ekan, ularning so‘z turkumlari bo‘yicha ham 
turlicha ekanligini qayd etadi. Mahmud Koshg‘ariy bu jarayonni 
qoidalashtirib, aslida bir harf iikki qayta takrorlangan so‘z turkiy tillarda 
sira yo‘qdir. U faqat oxirgi harfi “t” bo‘lgan fe’llardagina paydo bo‘ladi. 
Ismlarda esa bu holat juda ozdir, deydi. Xullas, Mahmud Koshg‘arining 
nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki umumturkologiyada fonetiksiga 
doir nazariy fikrlari haligacha mukammal o‘rganilgan emas.
Til taraqqiyotidagi fonetik o’zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-
fonologik qonuniyatlar quyidagilar: 
1. Barcha tillarga tegishli tartib va qoidalarni tilning boshqa 
qonuniyatlari bilan bog’liqlikda aks ettirish umumiy fonetik 
qonuniyatdir. Masalan, singarmonizm (tovushlarning uyg’unlashuvi) 
turkiy 
tillarga 
xos 
umumiy 
fonetik 
qonuniyatdir. 
Chunki 
singormanizmda tovushlar moslashadi. Shu sabab ham fonetik hodisa 
sanaladi. Bu hodisa boshqa til oilalarida uchramaydi. 
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo’lgan 
qonuniyatlarni ifodalaydi. Masalan, turkiy tillarga mansub o’zbek 
tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o’zgarishlar hamda yondosh tillar 
ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o’ziga xos rivojlanish 
omillari bilan bog’liqdir. 
Fonetik qonuniyatlar davr nuqtayi nazardan ikkiga bo’linadi. 
1. Til tarixining tarixiy tovush o’zgarishlarini o’rganuvchi bo’limi 
tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi. 


109 
2. Zamonaviy tilshunoslik ma’lum bir til doirasida hozirgi paytda 
sodir bo’layotgan fonetik o’zgarishlarni o‘rganadi. 
Tarixiy-fonetik 
va fonologik o’zgarishlar turli murakkab 
jarayonlarni o’z ichiga oladi. Fonetik va fonologik o’zgarishlar 
natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko’payishi mumkin, 
bunda ikki hodisa ro’y beradi. 
1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi 
konvergensiya deyiladi. O’zbek tili tarixida ma’lum bo’lgan til oldi va 
til orqa, qisqa va cho’ziq fonemalar keyinchalik birlashib, o’rta 
cho’ziqlikka ega bo’lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan. 
2. Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya 
deyiladi. Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik ikki 
fonemaga ajralgan: a va o.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion 
o’zgarishlari ham kiradi. 
Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar ta’sirida 
o’rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə