Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

shaxslarni 
ro‟yxatga 
olish
va ularga shaklarni ochish tartibi. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 68-moddasiga asosan soliq to‘lovchi 
jismoniy shaxslarning ShKlarini ochish uchun asos bo‘lib, vakolatli organlar 
tomonidan soliq ob‘ekti (mol-mulki, er maydoni, ishlatilgan suv hajmi) ro‘yxatga 
olinganligi to‘g‘risidagi, yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi 
tadbirkorlik 
(keyingi 
matnlarda 
YaTT 
deb 
yuritiladi) 
faoliyati 
bilan 
shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi 
hujjatlar, shuningdek, Soliq kodeksining 189-moddasida belgilangan ro‘yxat 
bo‘yicha daromad olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida olingan ma‘lumotlar 
hisoblanadi. 
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning ShKlari O‘zbekiston Respublikasi DSQ 
tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dasturiy mahsulda 
yuritiladi. 
Quyidagi soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning byudjet va byudjetdan tashqari 
maqsadli jamg‘armalarga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar, penya va jarimalar 
bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilishi hisobini yuritish uchun soliq organlarida 
ShKlar ochiladi: 
YaTT faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga; 
dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil topgan dehqon 
xo‘jaliklari)ga; 
turar va noturar uy-joylarga, er uchastkalariga yoki boshqa soliqqa tortiladigan mol-
mulkka egalik qiluvchi fuqarolarga; 
asosiy bo‘lmagan ish joyidan daromad olgan jismoniy shaxslarga. 
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxs va YaTT ShKlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksining 69-moddasiga asosan byudjet klassifikastiyasiga muvofiq har bir soliq 
to‘lovchi uchun alohida soliq majburiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ochiladi: 
a) er solig‘i; 
b) mol-mulk solig‘i; 


77
v) YaTTga qat‘iy belgilangan soliq; 
g) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ygona ijtimoiy to`lov; 
d) er qa‘ridan foydalanuvchilar uchun soliq; 
e) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
j) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
z) boshqa to‘lovlar; 
i) soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovlar; 
k) Oddiy shirkat shartnomasiga asosan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan 
yagona soliq to‘lovi hamda akstiz solig‘i (akstiz solig‘i to‘lanadigan tovar ishlab 
chiqarsa). 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə