Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Soliq to‟lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

5. Soliq to‟lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini 
nazorat qilish va javobgarlik. 
Xorijiy valyutada soliq hisoboti taqdim etuvchi soliq to‘lovchilar 
ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq xizmati organlarida yangi dasturiy majmua 
yaratilguniga qadar ShKlarda qo‘lda yuritiladigan hisob-kitoblar to‘g‘riligiga 
hamda yangi dasturiy majmua ishga tushirilib, amaliyotga joriy qilingandan 
so‘ng, tegishli ma‘lumotlar to‘liq yangi dasturiy majmuaga o‘tkazilishiga davlat 
soliq xizmati organlari rahbari javobgar hisoblanadi. 
ShKlarda soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘g‘ri va 
haqqoniy yuritilishini ta‘minlash uchun quyidagilar: 
Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, 
ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limining soliq to‘lovchi ShKsini 
yuritish uchun mas‘ul xodimi hamda bo‘lim boshlig‘i soliqlar va boshqa majburiy 


82
to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan (kamaytirishga hisoblangan), qo‘shimcha 
hisoblangan, undirilgan (to‘langan, qaytarilgan), to‘lash muddati kechiktirilgan 
(hisobdan chiqarilgan, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan), hisoblangan penya va 
jarima summalarini ShKlarda to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilishi, shuningdek ularni 
hisobini yuritilishi va belgilangan hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishi bo‘yicha;
 
DSIning Yuridik shaxslarga soliq solish, Jismoniy shaxslarga soliq solish 
va boshqa funkstional bo‘linmalarining mas‘ul xodimlari mazkur Tartib bilan 
belgilangan shakllar bo‘yicha ma‘lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirib (yoki 
tayyorlab) o‘z vaqtida ta‘minlanishi bo‘yicha;
 
Kameral nazorat bo‘limining mas‘ul xodimlari, qabul qilingan soliq 
hisobotlaridagi ShKga kiritilishi lozim bo‘lgan hisoblangan soliq summalarining 
to‘g‘ri aks ettirilishi, soliq hisobotlari reestrini saqlanishi hamda tegishli 
funkstional bo‘limga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilishi, soliq 
hisobotlaridagi soliq summasini reestrdagi soliq summalariga to‘g‘ri kelishi va 
ularning haqqoniyligi bo‘yicha; 
Davlat soliq xizmati organining rahbarlari, Soliqlar va majburiy to‘lovlar 
tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish 
bo‘limida byudjetga va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga soliq va 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar hisobini hamda soliq to‘lovchilarning 
ShKlarini yuritilishini to‘g‘ri tashkil etilishi, shuningdek nazorat qilinishi bo‘yicha 
qonunda belgilangan tartibda javobgardirlar.
 
ShKlarga asossiz tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi taqiqlanadi. 
ShKlarni yuritish uchun asos bo‘ladigan boshqa ma‘lumotlarni noqonuniy 
ko‘rsatganlik va ShKlarga noqonuniy ma‘lumotlar kiritganlik uchun mas‘ul 
xodimlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə