Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-MAVZU: SOLIQLARINI UNDIRISH MEXANIZMINIVA UNI



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
7-MAVZU: SOLIQLARINI UNDIRISH MEXANIZMINIVA UNI
TAKOMILLASHTIRISH 
1.Soliq qarzlarining vujudga kelish sabablari hamda soliqlarni
undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar. 


83
2. Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar. 
3. Soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish. 
1.Soliq qarzlarining vujudga kelish sabablari hamda soliqlarni
undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar. 
Soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar 
va ularning alohida bo‗linmalari soliq to‗lovchilardir.
18
Ularga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: 
soliq majburiyatlarini o‗z vaqtida va to‗liq hajmda bajarish; 
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va 
soliq hisobotini tuzish; 
hududiy Davlat soliq inspeksiyasiga va boshqa vakolatli organlarga 
imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish; 
soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotgan vaqtda hududiy Davlat soliq 
inspeksiyasiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish, 
to‗lash bilan bog‗liq hujjatlar hamda ma‘lumotlarni taqdim etish; 
hududiy Davlat soliq inspeksiyasining va boshqa vakolatli organlarning 
hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish, shuningdek 
mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga 
to‗sqinlik qilmaslik; 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗g‗ri va o‗z vaqtida hisoblab 
chiqarish, hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga o‗tkazish, 
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa soliqqa oid majburiyatlar. 
Shuning uchun ham, o‗tilgan "soliqlarni undirishning zarurligi", 
"soliqlarning o‗z vaqtida undirilishi" va "soliqlarning o‗z vaqtida byudjet 
ixtiyoriga o‗tkazilishi" bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni alohida-alohida emas, 
balki bir-biri bilan uzviy bog‗liqlikdagi jarayon sifatida qaramoq lozimdir. 
18
Tangriqulov A., Xomma A., Toshmatov Sh., Norqo‗ziyev I., Roziqov N. ―Soliq qarzi va uni undirish‖. ―Yangi asr 
avlodi‖, 2010y. - 8-bet.


84
Shu o‗rinda «O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham bu 
masalaga alohida e‘tibor berilganligini ham qayd etib o‗tishimiz kerak. 
Konstitutsiyaning 51-moddasida ―Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar 
va mahalliy yig‗imlarni to‗lashga majburdirlar‖,
19
- deb yozib qo‗yilgan. 
Soliq kodeksining 6-moddasidagi ―Soliq solishning majburiyligi prinsipi‖da 
keltirilishicha: ―Har bir shaxs Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarni to‗lashi shart‖.
20
Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich ta‘kidlaganlaridek, ―Fuqarolarimiz
soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‗lashdan manfaatdor bo‗lishi zarur‖.
21
Soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning obyektiv 
zarurligiga tegishli bo‗lgan holatlarni shartli ravishda uch bosqichga bo‗lib 
o‗rganishning maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uncha murakkab emasdir.
Dastlabki yoki birinchi bosqich o‗z ichiga qadimgi dunyo davridan o‗rta 
asrlarning boshlariga tegishli bo‗lgan davrni o‗z ichiga olib, bu davrlarda 
soliqlarni byudjetga o‗z vaqtida undirishning obyektiv zarurligi tan olingan 
bo‗lsa-da, davlatning o‗zi bu vazifani bevosita bajarmagan. Soliqlarni undirish 
quyi bo‗g‗inning, shahar yoki jamoalarning, ko‗pchilik hollarda esa sotib 
oluvchilarning yordami tufayli amalga oshirilgan. Bu bosqichda soliqlarning 
undirilishi ustidan davlat nazorati o‗rnatilmagan.
Ikkinchi bosqichda (XVI-XIX asrning boshlarida) mamlakatlarda davlatning 
moliyaviy tashkilotlari paydo bo‗ladi. Bu davrda davlat soliq undirishga xos 
bo‗lgan soliqqa tortish kvotasini o‗rnatish, soliqlarning undirilish jarayonini 
nazorat qilish, uning undirilish chegarasini belgilash kabi funksiyalarni o‗z 
zimmasiga oladi. Shunday bo‗lishiga qaramasdan, bu ikkinchi bosqichda ham, 
sotib oluvchilarning soliqlarni undirishdagi roli kattaligicha qolavergandir.
19
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 51-moddasi. - T.: O‗zbekiston, 2018 y.
20
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: 
―Adolat‖, 2018. 6-modda.
21
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – 
Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2019. – 55 b.


85
Sotib oluvchilarning xizmatidan foydalanishning ma‘nosi shundan iboratki, 
egri (bilvosita) soliqlar, favquloddagi soliqlar yoki yangidan joriy etilayotgan 
soliqlarning ayrimlari ularning aniq bo‗lishi bilan bir vaqtning o‗zida savdoga 
qo‗yilgan. Soliq uchun kim eng yuqori bahoni belgilasa, soliqni undirish huquqi 
o‗shanga sotilgan. Undan so‗ng esa sotib oluvchi u yoki bu soliqni undirish 
borasida davlat vakolatiga ega bo‗lgan holda o‗zining yordamchilari bilan 
birgalikda soliq undirish huquqini sotib olishda ketgan xarajatlarni qoplash va 
foyda olish maqsadida soliqni undirib olish bilan shug‗ullangan. O‗z 
mexanizmida juda katta kamchiliklarga ega bo‗lishiga qaramasdan davlat 
ana shu tartibdan uzoq yillar davomida foydalangan va uning bu tarzda ish 
tutishining asosiy sabablaridan biri soliqlarning o‗z vaqtida byudjetga tushumini 
ta‘minlashning obyektiv zarurligi bilan belgilanadi. 
Soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning ahamiyati 
quyidagi yo‗nalishlarda namoyon bo‗ladi. 
Birinchidan, soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlash 
byudjetdan qilinadigan ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarini (maorif, sog‗liqni 
saqlash va sport, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy ta‘minot va 
boshqalar) o‗z vaqtida moliyalashtirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish xarajatlarining o‗z 
vaqtida byudjetdan moliyalashtirilishi ham byudjetga soliqlarning o‗z vaqtida 
tushumini ta‘minlashning ahamiyatini ko‗rsatuvchi yana bir omildir. Agar aholini 
ijtimoiy jihatdan himoya qilish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning asosiy 
qismi so‗nggi yillarda kam ta‘minlangan va ko‗p bolali oilalarga mo‗ljallanganligi 
inobatga olinsa, bu narsa soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini 
ta‘minlashning naqadar ahamiyatli ekanligini yana bir bor yaqqol ko‗rsatadi.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining 
mutanosib rivojlanishini ta‘minlashdan davlatning o‗zi ham manfaatdor 
bo‗lganligi uchun byudjetdan ham ma‘lum bir xarajatlarning qilinishini taqoza
etadi, bu xarajatlarning byudjetdan o‗z vaqtida amalga oshirilishini soliqlarning 
byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlamasdan amalga ochirich mumkin emas.


86
To‗rtinchidan, yuqorida uchinchi punktda qayd etilgan holat bilan bir 
vaqtning o‗zida davlat iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini ustuvor rivojlanishini 
ta‘minlash 
maqsadida 
byudjetdan 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish uchun ham kattagina hajmdagi xarajatlarni amalga oshirishga 
majburdir, bu muammoni ham soliqlarni byudjetga o‗z vaqtida tushumini 
ta‘minlamasdan turib bajarib b`olmaydi.
Beshinchidan, 
soliqlarning 
byudjetga 
o‗z 
vaqtida 
tushumini 
ta‘minlanmasligi davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlari hamda 
fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish organlarini saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan 
xarajatlarning, rezerv fondini shakllantirish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning 
va byudjetdan qilinadigan boshqa xarajatlarning o‗z vaqtida 
moliyalashtirilishiga o‗zining salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bularning barchasi 
soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning ahamiyati naqadar 
katta ekanligini ko‗rsatib turibdi.
Soliqlar va majburiy to‗lovlarning byudjetga o‗z vaqtida va to‗liq tushishini 
ta‘minlash, soliq va to‗lov intizomini mustahkamlash, xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning byudjet oldidagi o‗z majburiyatlarini bajarishlari uchun 
mas‘uliyatini oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
―Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‗jalik yurituvchi subyektlarning
mas‘uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PF-1504-son farmoni qabul 
qilindi. 
Mazkur farmonga muvofiq, Davlat soliq qo‗mitasiga soliqlar va 
byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzdorlarni korxonaning mulki hisobidan 
undirib olish huquqi berildi. 
Muddatida to‗lanmagan soliqlarni undirish bilan bog‗liq bo‗lgan qonun 
hujjatlarida asosan soliq organlarining huquqlari, soliq to‗lovchilarning 
majburiyatlari belgilab berilgan. 
Qonun hujjatlarida, soliq qarzini majburiy undiruvdagi ahamiyati jihatidan 
ko‗rib chiqilsa, avvalambor O‗zbekiston Respublikasining 29 avgust 1997 yildagi 
―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi Qonuniga to‗xtalib o‗tishni taqozo qiladi. 


87
Ushbu qonun bilan belgilangan Davlat soliq xizmati organlarining huquqlaridan 
biri, soliq to‗lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq 
qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‗riladigan choralar to‗g‗risida talabnoma 
yuborish vakolati hisoblanadi. 
Soliq qarzini majburiy undiruv bilan bog‗liq bo‗lgan eng asosiy hujjat Soliq 
kodeksi hisoblanadi. Soliq kodeksida soliq qarzini majburiy undirishning barcha 
jarayonlari o‗z aksini topgan. 
Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirish 
mexanizmi tarkibiy jihatdan (harakatlantiruvchi kuchlari) uch qismdan iboratdir:
1. "Soliq to‗lovchilar", "Soliq agentlari", "Soliq to‗lovchilarning vakillari"; 
2. Vakolatli organlar; 
3. Normativ-huquqiy hujjatlar. 
Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirish 
mexanizmining har bir tarkibiy qismi, o‗z navbatida, bir necha elementlardan 
iboratdir.
Qarzdorlarni tarkibiy qismi sifatida O‗zbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksi 13-moddasiga asosan "Soliq to‗lovchilar", "Soliq agentlari", "Soliq 
to‗lovchilarning vakillari" kabi elementlardan tashkil topgan.
Soliq to‗lovchilar Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar va 
ularning alohida bo‗linmalaridir. 
Soliq agentlari tomonidan Soliq kodeksiga muvofiq zammasiga soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish soliq to‗lovchidan ushlab 
qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga o‗tkazish 
majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Soliq to‗lovchining vakillari qonunga yoki ta‘sis hujjatiga muvofiq soliq 
to‗lovchining vakili bo‗lishiga vakolatli shaxslardir. Soliq kodeksda "soliq 


88
to‗lovchi" tushunchasining qo‗llanilishi uning "soliq agenti", "soliq to‗lovchining 
vakili" ma‘nosida ham ishlatilishini nazarda tutadi.
22
Qarzdorlarning tarkibiy qismi sifatida O‗zbekiston Respublikasining Soliq 
kodeksi 14-moddasiga asosan "Vakolatli organlar" kabi elementlardan tashkil 
topgan.
Vakolatli organlar quyidagilardir: 
1) davlat soliq xizmati organlari - O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‗mitasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat 
soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat 
soliq inspeksiyalari; 
2) bojxona organlari - O‗zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasi, 
Davlat bojxona qo‗mitasining Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent 
shahri bo‗yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari; 
3)moliya organlari 
- O‗zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining 
moliya bo‗limlari; 
4) boshqa majburiy to‗lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat 
organlari va tashkilotlari - O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 
Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy 
ta‘minlash Departamenti, Sud departamentining Qoraqalpog‗iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) 
sud ijrochilari bo‗limlari. Shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
huzuridagi Davlat notariuslari.
23
O‗zbekiston Respublikasida amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq 
xo‗jalik yurituvchi subyekt hisoblangan soliq va yig‗imlarni mudatida 
byudjetga o‗tkazib bermasa yoki to‗lashdan bo‗yin tovlasa u holda, ushbu 
xo‗jalik yurituvchi subyekt byudjet oldida soliq qarziga ega bo‗ladi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə