Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

22
 
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: 
―Adolat‖, 2018. 13-modda.
23
 
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: 
―Adolat‖, 2018. 14-modda.


89
Soliq kodeksining 22-moddasida soliq qarziga ta‘rif berib o‗tilgan va 
unga ko‗ra: ―Soliq qarzi - soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha qarz 
summasi, shu jumladan Soliq kodeksida belgilangan muddatida to‗lanmagan 
moliyaviy sanksiyalar summasidir‖.
24
5-rasm. Soliq qarzlarini vujudga kelishiga ta‟sir ko„rsatuvchi muhim
omillar
25
 
Rus iqtisodchi olimi O.S.Kalacheva o‗z tadqiqotlarida soliq qarzdorligi
vujudga kelishiga ta‘sir etuvchi omillar sifatida soliq madaniyatining 
pastligi, normativ hujjatlarning beqaror va o‗zgaruvchanligi, targ‗ibot
ishlarining sustligi, davlat organlariga nisbatan ishonchsizlikning
yuqoriligini misol sifatida keltirib o‗tgan.
26
24
 
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: 
―Adolat‖, 2018. 22-modda.
25
 
Tangriqulov A., Xomma A., Toshmatov Sh., Norqo‗ziyev I., Roziqov N. ―Soliq qarzi va uni undirish‖. ―Yangi 
asr avlodi‖, 2010y. - 51-bet.
26
Kalacheva O.S. Povishenie nalogovoy kulturi naseleniya kak sposob borbi s nalogovimi pravonarusheniyami v 
Rossii // Vestnik Volgogradskogo instituta biznesa, 2016, noyabr № 4 (37). – 34-37 bet.


90
Soliq qarzi vujudga kelishiga quyidagi bir necha sabablarni misol qilib 
keltirish mumkin: 

Soliq to‗lovchi o‗z majburiyatlarini bilmasligi; 

Soliq to‗lovchi hisob raqamida mablag‗larni yo‗qligi yoki yetarli miqdorda 
yo‗qligi; 

Qasddan soliq to‗lamaslik; 

Soliq to‗lovchining sog‗ligining yomonlashuvi; 

Soliq to‗lovchi uzoqroq zafarda bo‗lishi; 

Boshqa sabablar.
27
Soliq to‗lovchi o‗z majburiyatlarini bilmasligi, ya‘ni soliq to‗lash 
muddatlarini bilmaslik yoki to‗lanishi kerak bo‗lgan soliq summasini
bilmaslik holatlari bo‗lishi mumkin. Xuddi shuningdek soliq to‗lovchilarning
soliq va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyatini bajarish muddati 
kelganda xo‗jalik yurituvchi subyektda moliyaviy muammolarning mavjudligi, 
ya‘ni bankdagi hisobraqamlarida pul mablag‘larining mavjud emasligi yoki 
yetarli darajada mavjud emasligi holatlari ham amaliyotda uchrab turadi. 
Soliq to‗lovchi qasddan, ya‘ni o‗z majburiyatlarini bila turib soliq 
to‗lamaslik holatlari ham bo‗lishi mumkin. Bunday holatlar yuzasidan
Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi Kodeksning 174 – moddasiga muvofiq
javobgarlik belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq: ―Soliq olinadigan foydani 
(daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko‗rsatish)
yoxud soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗lashdan qasddan bo‗yin
tovlash, fuqarolarga - eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‗ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo‗lsa, 
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‗n baravarigacha 
27
Tangriqulov A., Xomma A., Toshmatov Sh., Norqo‗ziev I., Roziqov N. ―Soliq qarzi va uni undirish‖. ―Yangi asr 
avlodi‖, 2010y. - 9-bet.


91
miqdorda, mansabdor shaxslarga esa o‗n baravaridan o‗n besh baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi‖.
28
Shu o‗rinda shuni ta‘kidlab o‗tishimiz lozimki, O‗zbekiston Respublikasi 
Jinoyat Kodeksida ham soliqlar yoki boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashdan 
bo‗yin tovlash uchun javobgarlik choralari belgilangan. Jinoyat Kodeksining 
184-moddasiga muvofiq: ―Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa 
obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‗rsatishni, shuningdek davlat 
tomonidan belgilangan soliqlarni yoki boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashdan 
qasddan bo‗yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun 
ma‘muriy jazo qo‗llanilganidan keyin ro‗y bergan bo‗lsa, — 
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki 
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 
Soliqlar yoki boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashdan bo‗yin tovlash: 
a) takroran; 
b) ko‗p miqdorda sodir etilgan bo‗lsa,
eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir 
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Soliqlar yoki boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashdan bo‗yin tovlash juda 
ko‗p miqdorda sodir etilgan bo‗lsa,
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch 
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‗rsatilgan foyda (daromad) bo‗yicha 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗liq to‗langan taqdirda, ozodlikni cheklash 
va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‗llanilmaydi. 
28
O‗zbekiston Respublikasining Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗ridagi Kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: ―Adolat‖, 2018. 174-modda.


92
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi 
materiallarini ko‗rib chiqish natijalari bo‗yicha davlat soliq xizmati organining 
qarorini yoki O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy 
jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi 
xabarini olgan kundan e‘tiboran o‗ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga 
etkazilgan zararning o‗rnini to‗liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi‖.
29
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning byudjet oldidagi soliq qarzlarini 
quyidagi turlarga bo‗lib o‗rganishimiz mumkin: 

joriy soliq qarz summasi; 

majburiy undiruvga qaratilgan qarz summasi; 

muddati uzaytirilgan qarz summasi; 

soliq tekshiruv i yoki soliq nazorati o‗tkazilishi natijasida aniqlangan
soliq qarzi summasi; 

umidsiz qarz summasi. 
Joriy soliq qarz summasi
-
 
bunday soliq qarzlari asosan xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarining kelgusi davr uchun to‗lanishi lozim bo‗lgan soliqlari bo‗yicha 
bo‗nak to‗lovlari hisoblanishi yoki to‗lovlarni qisqa muddatlarga kechikishi 
natijasida vujudga keladi.
Majburiy undiruvga qaratilgan qarz summasi - bu o‗z vaqtida belgilangan 
muddatlarda to‗lovlar amalga oshirilmaganligi sababli xo‗jalik yurituvchi 
subyektlarning byudjet oldidagi soliq qarzlarini to‗lash imkoni bo‗lmagan 
hollarda paydo bo‗ladi. Mahsulot jo‗natgan, xizmat ko‗rsatgan yoki boshqa 
ishlarni amalga oshirgan xo‗jalik yurituvchi subyektlarning debitor qarzlari 
paydo bo‗ladi. Xo‗jalik yurituvchi subektning bankdagi xisob raqamiga mablag‗lar 
kelib tushmaganligi sababli korxona byudjetga to‗lovlarni amalga oshira 
olmaydi. Ammo, amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq xo‗jalik yurituvchi 
subektlar uchun to‗lov amalga oshirilishiga qarab emas, balki jo‗natilgan 
29
O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: 
―Adolat‖, 2018. 184-modda.


93
mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‗rsatilgan xizmatlarga qarab soliq turlari 
bo‗yicha soliqlar hisoblanadi hamda korxona tomonidan hisob-kitoblar 
belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etiladi. Bu hisob-kitoblar 
davlat soliq organlarida ularning shaxsiy varaqalariga kiritiladi. O‗z vaqtida 
to‗lovlar amalga oshirilmaganligi sababli, korxonalarning davlat byudjeti oldida 
soliq qarzlari vujudga keladi va to‗lov muddati o‗tkazib yuborilgan har bir kun 
uchun O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 120-moddasiga muvofiq 
soliq summasining 0,045 % miqdorida penya hisoblanishi natijasida soliq qarzi 
va jarima summalari ortib boradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan 
mazkur soliq qarzini undirish bo‗yicha qonunda belgilangan tartibda majburiy 
undiruv choralarini amalga oshiradilar. Amaldagi Soliq kodeksining 62-
moddasiga muvofiq soliq qarzini undirish choralariga quyidagilar kiradi: 

soliq qarzini soliq to‗lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‗zsiz 
undirish;

undiruvni soliq to‗lovchiga uning debitorlari o‗tkazishi lozim bo‗lgan 
summalarga qaratish;

undiruvni soliq to‗lovchining mol-mulkiga qaratish. 
Soliq qarzi summasini undirish soliq to‗lovchining barcha bank 
hisobvaraqlarida turgan pul mablag‗laridan amalga oshiriladi, qonun hujjatlariga 
muvofiq undiruv qaratish mumkin bo‗lmagan hisobvaraqlar bundan mustasno. 
O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 15 martda 2342-son 
bilan ro‗yxatga olingan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, 
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‗mitasining 2011 yil 12 dekabrdagi 35/4, 82, 
2011-41-son qarori bilan tasdiqlangan ―Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning bank 
hisobvaraqlaridan pul mablag‗larini hisobdan chiqarish tartibi to‗g‗risida‖gi 
Yo‗riqnomaning 1-ilovasida undiruv qaratilmaydigan bank hisobvaraqlar 
ro‗yhati berilgan. Ular quyidagi bank hisobvaraqlari hisoblanadi: 
1. Xo‗jalik yurituvchi subyektlarning asosiy hisobvarag‗i ochilgan balans 
hisobvarag‗ida "888" tartib raqam bilan ochilgan hisobvaraq. 


94
2. 22604 - Mijozlarning boshqa depozitlari - Jamg‗arma - Maqsadli. 
(Hukumat qarorlari asosida ajratilgan mablag‗lar) 
3. 22626 - Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‗lari. (Hukumat 
qarorlari asosida ajratilgan mablag‗lar) 
4. 23202 - Kliring transaksiyalar. 
5. 23204 - Bir martalik o‗zaro hisob-kitoblar uchun byudjet mablag‗lari. 
6. 23208 - Moliya vazirligi fondlari bilan bo‗ladigan kliring transaksiyalari. 
7. 23210 - Moliya vazirligi fondlaridan qishloq xo‗jalik mahsulotlari uchun 
ajratilgan maqsadli mablag‗lar. 
8. 23218 - Moliya vazirligi fondidan ajratilgan maqsadli mablag‗lar. 
9. 23220 - Moliya vazirligi fondidan olingan maqsadli mablag‗lar. 
10. 23222 - Moliya vazirligi fondining maqsadli mablag‗lari. 
11. 23224 - Xo‗jalik yurituvchi subyektlar o‗rtasidagi o‗zaro bir martalik 
hisob-kitoblar uchun byudjet mablag‗lari. 
12. 23226 - Respublika byudjetining eksportchi-korxonalar bilan bo‗ladigan 
maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‗lari. 
13. 23228 - Respublika byudjetining pudratchi tashkilotlar bilan bo‗ladigan 
maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‗lari. 
14. 20412 - Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg‗arma depozitlari.
15. Maqsadli mablag‗lar taqsimoti bo‗yicha alohida tartiblarda ishtirok 
etadigan «O‗zbekneftegaz» MXK, «O‗zdonmahsulot» AK, «O‗zbekiston temir 
yo‗llari» DATK tarkibidagi tashkilotlarga «O‗zbekneftegaz» MXK korxonalari va 
tashkilotlari hisobvaraqlaridan to‗lovlarni amalga oshirish va ularga 
«O‗zkommunxizmat» agentligining hududiy gaz ta‘minoti korxonalaridan 
tushadigan to‗lovlari to‗g‗risidagi nizomga (ro‗yxat raqami 1441, 2005 yil 14 
yanvar), «O‗zbekiston temir yo‗llari» DATK korxonalari hisob raqamlaridan 
to‗lovlarni amalga oshirish to‗g‗risida nizomga (ro‗yxat raqami 1088, 2001 yil 27 
noyabr), Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarining hisob-kitob jamg‗armasi mablag‗lari hisobiga topshirilgan g‗alla 
va 
sholi 
uchun 
yakuniy 
hisob-kitoblar 
qilishda to‗lovlarni amalga 


95
oshirish tartibiga (ro‗yxat raqami 657, 1999 yil 1 mart) muvofiq ochilgan 
hisobvaraqlar (asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‗idan tashqari). 
16. 22630 — Mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan fuqarolarning 
o‗zini o‗zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar 
bo‗yicha mablag‗lar (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan Kam ta‘minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy 
yordam tayinlash va to‗lash tartibi to‗g‗risidagi nizomga asosan ochilgan maxsus 
hisobvaraq). 
17. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 
oktyabrdagi 
306-son 
«Suv ta‘minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini 
rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida»gi qaroriga muvofiq «Suvoqova» davlat unitar korxonalari tomonidan 
ularning shahar va tuman filiallari ta‘minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va 
unga tenglashtirilgan to‗lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, 
elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‗lovlar, ijara haqi, avtotransport 
xarajatlari) qoplash maqsadida ajratiladigan mablag‗lar uchun ochilgan 22622 — 
«Yuridik shaxslarning o‗z vakolatxonalari va filiallari ta‘minoti uchun ajratgan 
mablag‗lari» hisobvarag‗i. 
18. 22634 — Tabiiy gazdan tushadigan pul mablag‗larini jamlaydigan 
yagona maxsus hisobvaraq.
19. 22636 — Elektr energiyasidan tushadigan pul mablag‗larini jamlaydigan 
yagona maxsus hisobvaraq.
Muddati uzaytirilgan qarz summasi
– 
bunday soliq qarzi xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarning soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarini ayrim uzrli 
sabablarga ko‗ra to‗lash imkoni bo‗lmagan hollarda paydo bo‗ladi. Bunday soliq 
qarzi summasi asosan strategik ahamiyatga ega bo‗lgan yirik davlat korxonalari va 
byudjet tashkilotlari uchun yuqori davlat organlarining ko‗rsatmalariga muvofiq, 
oldindan to‗lov amalga oshirilmasdan mahsulot jo‗natgan, xizmat ko‗rsatgan 
yoki boshqa ishlarni amalga oshirgan xo‗jalik yurituvchi subyektlarga tegishli 
bo‗ladi. O‗z vaqtida to‗lovlar amalga oshirilmaganligi sababli, mahsulot


96
jo‗natgan, xizmat ko‗rsatgan yoki boshqa ishlarni amalga oshirgan xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarning debitor qarzlari paydo bo‗ladi.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xo‗jalik yurituvchi subyektlarining 
o‗zaro pullik majburiyatlari bo‗yicha qarzlarini to‗lash muddatini kechiktirish 
va ularni bo‗lib-bo‗lib to‗lash masalasini O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tegishli komplekslar rahbarlari bilan kelishgan holda ko‗rib 
chiqiladi. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‗lovchilar tomonidan soliq 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda ularni bajarilishi yuzasidan
soliq tekshiruvlari o‗tkazilishi mumkin.Soliq sohasida o‗tkazilayotgan islohotlar 
hamda tadbirkorlik subyektlariga yanada kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida 
soliq tekshiruvlari ikki yilga to‗xtatildi. Lekin soliq va boshqa majburiy to‗lovlarni 
byudjetga o‗z vaqtida tushishini ta‘minlash maqsadida soliq nazorati shakllari 
o‗tkazilishi mumkin. Mazkur har ikki holatda ham qonunbuzilishi holatlari
aniqlanishi mumkin va bunday hollarda qo‗shimcha soliq hamda penya 
hisoblanishi, jarima qo‗llanilishi mumkin. 2019 yil 1 yanvardan kiritilgan 
o‗zgarishlarga muvofiq Soliq Kodeksida : ―… agar penyani hisoblash soliq 
tekshiruvi natijalari bo‗yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshirilsa, - 0,06 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‗ladi. Bunda boshqa 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar bo‗yicha ortiqcha to‗langan summaga teng 
bo‗lgan qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Penya undirilishi soliq to‗lovchini 
soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi‖
30
, - deb belgilab qo‗yilgan. 
Yuqorida keltirib o‗tilgan hollarda soliq to‗lovchilarning davlat oldida 
qarzdorligi vujudga keladi. Soliq Kodeksiga muvofiq: ―Soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlar, shuningdek moliyaviy sanksiyalar byudjetga va davlat 
maqsadli jamg‗armalariga quyidagi tartibda o‗tkaziladi: 
asosiy summa; 
hisoblangan penya; 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə