Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
Mavzuli ekspress-o„rganish. 
Mavzuli ekspress-o‗rganish kameral nazorat natijalari bo‗yicha joyiga 
chiqqan holda soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini 
hamda soliq to‗lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona 
imtiyozlarini qo‗llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun amalga oshiriladi. 
Soliq to‗lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat 
natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini 
tasdiqlash maqsadida ushbu axborotni o‗rganish zarurligi mavzuli ekspress-
o‗rganishni tayinlash uchun asos bo‗ladi. 
Mavzuli ekspress-o‗rganishlarni tayinlash mezonlari quyidagilardan iborat: 
soliq va bojxona imtiyozlarini qo‗llashning qonuniyligi; 
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq 
bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan sof foyda to‗g‗risidagi 
hisobotlardagi hamda dividendlarni hisoblashdagi, shuningdek davlat unitar 
korxonalari tomonidan sof foydani hamda sof foydaning 30 foizi miqdorida 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalarni aniqlashdagi davlat soliq 


116
xizmati organlaridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning faoliyati to‗g‗risidagi boshqa 
mavjud ma‘lumotlar bilan tafovutlar; 
olingan va realizatsiya qilingan tovar-moddiy qimmatliklar, bajarilgan 
ishlarning 
va 
ko‗rsatilgan xizmatlar hajmlarining, nomenklaturasining 
(assortimentining) va summalarining kameral nazorat natijasida soliq to‗lovchining 
bank hisobvaraqlari bo‗yicha pul mablag‗lari harakati tahlili chog‗ida aniqlangan 
nomutanosibligi; 
soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga axborot taqdim 
etish majburiyati yuklatilgan organlar va tashkilotlardan davlat soliq xizmati 
organlariga kelib tushgan axborot bo‗yicha aniqlangan tafovutlar hamda chetga 
chiqishlar; 
valyuta to‗g‗risidagi qonun hujjatlari sohasida aniqlangan qoidabuzarliklar, 
shu jumladan tashqi savdo kontraktlari bo‗yicha import va eksport qilinayotgan 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilishi va kamaytirilishi. 
Mavzuli ekspress-o‗rganish faqat kameral nazorat amalga oshirilgan soliq 
davri uchun amalga oshirilishi lozim. Mavzuli ekspress-o‗rganishni amalga 
oshirish muddati yetti kalendar kundan ortiq bo‗lmasligi kerak. 
Zarur hollarda (foydali qazilmalarni kavlab olish hajmini aniqlashda, 
nazorat o‗lchovlari va hokazoda) mavzuli ekspress-o‗rganishda ishtirok etish 
uchun o‗rganish natijasidan manfaatdor bo‗lmagan ekspertlar, mutaxassislar va 
tarjimonlar jalb etilishi mumkin. 
Hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa 
binolarni, shu jumladan soliq to‗lovchi tomonidan daromad olish uchun 
foydalanilayotgan yoki soliq solish ob‘ektlarini saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan 
joylarni ko‗zdan kechirish soliq to‗lovchining soliq xizmati organining 
talabnomasiga javoban taqdim etgan hujjatlarida aks ettirilgan ish o‗rinlari sonini, 
tovar-moddiy qimmatliklarning, asosiy vositalarning yoki boshqa mol-mulkning 
mavjudligini tasdiqlash maqsadida o‗tkaziladi. Zarur hollarda, ko‗zdan kechirish 
chog‗ida foto- va videotasvirga olish amalga oshirilishi mumkin. 
Soliq to‗lovchi tomonidan mavzuli ekspress-o‗rganishga taalluqli hujjatlar 


117
taqdim etilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi 
tomonidan bu to‗g‗risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma ilgari soliq to‗lovchi 
tomonidan taqdim etilgan axborotni ishonchli emas deb topish uchun asos bo‗ladi. 
Mavzuli ekspress-o‗rganish natijalari bo‗yicha qoidabuzarliklar mavjud 
bo‗lgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari soliq 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola qilgan holda, soliq 
to‗lovchining tushuntirishlarini inobatga olib, aniqlangan qoidabuzarliklar batafsil 
bayon qilingan ma‘lumotnomani tuzadi. 
Mavzuli ekspress-o‗rganish ma‘lumotnomasiga quyidagilar ilova qilinishi 
kerak: 
o‗rganishni tayinlash uchun asos bo‗lgan mezon ko‗rsatilgan hujjatlarning 
nusxalari; 
o‗rganishni o‗tkazish davomida olingan hujjatlarning nusxalari, shuningdek 
o‗rganish doirasidagi harakatlar bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. 
Soliq to‗lovchiga o‗rganish ma‘lumotnomasi taqdim etilgan kun yoki 
ma‘lumotnomani soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan sana 
mavzuli ekspress-o‗rganish tugallangan kun deb hisoblanadi. 
Mavzuli ekspress-o‗rganish davomida soliq to‗lovchilar o‗rganish 
tugaguniga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etishga 
haqlidir. 
Mavzuli ekspress-o‗rganish natijalari kameral nazorat materiallariga ilova 
qilinadi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə