Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-BO`LIM. “SOLIQ MAMURCHILIGINING AHAMIYATINI



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
3-BO`LIM. “SOLIQ MAMURCHILIGINING AHAMIYATINI 
OSHIRISHDA SOLIQ NAZORATINI ROLI” 
 
8-MAVZU: SOLIQ ORGANLARI NAZORAT FAOLIYATINI TASHKIL 
QILISHNINIG SHAKLLARI VA ZAMONAVIY USULLARI 
1. Soliq nazorati va uning ahamiyati. 
2.Soliq nazoratining shakllari va ularni amalga oshirish tartibi. 
 
1. Soliq nazorati va uning ahamiyati 
Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiy-ijtimoiy 
sohalarda tub o‗zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohotlar orasida moliya-kredit 
tizimini isloh qilish alohida o‗rin egallaydi.Chunki jamiyatning barcha sohalari 
faoliyati pulli munosabatlar bilan bevosita bog‗liqdir, vaholanki, pulli 
munosabatlami samarali ishlash mexanizmi, o‗z navbatida, boshqa sohalarga 
bevosita ta‘sir etadiki, bu moliya-kredit tizimining jamiyat iqtisodiy tizimidagi 
o‗rni naqadar yuqori ekanligini ko‗rsatadi. 
Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning 
asosiy manbai hisoblanadi. Demak, davlat budjeti daromadlarini tashkil qiluvchi 
soliqlarning to‗liq va o‗z vaqtida undirilishini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun barcha davlatlar qatori mamlakatimizda ham soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlami to‗liq, to‗g‗ri va o‗z vaqtida budjetga undirilishini 
nazorat qilish tizimi yaratilgan. 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‗lovchilarning moliyaviy 
xo‗jalik faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazaridan nazorat 
qilishning huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini o‗rganadi. Ma‘lumki, soliq 


107
to‗lovchilar davlat budjetiga to‗laydigan soliqlarini mustaqil ravishda hisoblab, 
belgilangan muddatda va miqdorda amalga oshirishlari lozim. Davlat soliq 
to‗lovchilarga soliqlarning fiskal majburiyatidan kelib chiqqan holda shunday 
qat‘iy talabni qonun normalari asosida belgilab qo'ygan. 
Soliq nazorati qanchalik qat‘iy bo‗lsa va tekshiruvlar natijasida aniqlangan 
huquqbuzarliklar bo‗yicha chora ko‗rish muqarrarligi to'liq ta‘minlansa, davlat 
budjeti manfaatlari har tomonlama muhofaza qilingan va budjet daromadlarining 
shakllanishi kafolatlangan bo‗ladi. 
Shu nuqtai nazardan soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat 
ishlarining huquqiy masalalari, nazoratni tashkil qilishning uslubiy yo‗nalishlari, 
nazorat natijalarini rasmiylashtirish va soliq qonunchiligiga rioya etishda 
qonunbuzarlikka yo‗l qo‗ygan soliq to‗lovchilarga chora ko‗rish tartiblarini 
belgilaydi. 
Soliq nazoratini to‗g‗ri ta‘minlash davlat va mahalliy budjetning daromad 
qismi to‗ldirilishining muhimligini belgilaydi. Bundan tashqari, soliq nazorati 
obyektlarining ko‗pligi sababli ham uning muhim ekanligini belgilovchi 
omillardandir. Shu sababli ham soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirishda 
butun dunyoda soliq nazorati amaliyoti muhim o‗rin egallaydi. Chunki ushbu 
nazorat orqali budjetga soliq to‗lovchilar tomonidan qasddan yoki yanglishishlar 
natijasida soliqdan yashirilgan to‗lovlar aniqlanib, ijtimoiy adolat va 
huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarlik tamoyillari ta‘minlanadi. 
Soliq nazoratiga O‗zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati 
to‗g‗risida»gi Qonun 2-moddasida «Soliq nazorati - soliqqa tortiladigan subyektlar 
va obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga 
rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat» 
37
deb ta‘rif berilgan. 
Soliq nazorati moliyaviy-xo‗jalik nazorati turiga kiradi. Ushbu nazorat turi 
davlat moliyaviy nazorati bilan xususiy va umumiy jihatdan yaqindir. Lekin soliq 
nazorati o‗zining obyekti, mazmuni, usul va uslubi, nazorat qiladigan shaxslar va 
idoralar turiga qarab davlat moliyaviy nazoratidan farq qiladi. Bundan tashqari, 
37
O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi № 474-I son Qonuni 29.08.1997 y.


108
soliq nazorati davlat budjeti daromad qismini to‗ldirish bilan bog‗liq maxsus 
vazifani nazorat qilishi bilan ham boshqa nazoratlardan farq qiladi. 
Soliq nazorati - soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga 
olishning, soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya 
va Respublika yo‗l jamg‗armalariga majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri hisoblab 
chiqarilishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishini nazorat qilish hisoblanadi. 
Soliq nazoratining obyekti - soliq va yig‗imlami undirish hamda ushbu 
majburiyatlami bajarmagan soliq to‗lovchilami javobgarlikka tortish bilan bog'liq 
munosabatlar majmuidir. 
Soliq nazoratining subyektlari - Davlat soliq xizmati organlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi 
kurashish Departamenti organlari va mulkdorlar tomonidan yollangan auditorlik 
xizmati vakillari bo‗lishi mumkin. 
Soliq nazoratini olib borishdan ko‗zlangan asosiy maqsad, soliqqa tortishni 
takomillashgan tizimini tashkil etish, soliq to‗lovchilar, banklar va boshqa soliqqa 
oid munosabatlar qatnashuvchilari o‗rtasida soliq qonunchiligini buzishga yo‗l 
qo‗ymaydigan soliq intizomini yaratishdir. 
Bundan tashqari, davlat soliq nazoratining alohida vazifalari ham mavjud 
boiib, bundan ko‗zlangan maqsad soliqqa oid munosabatlaming alohida sohalarini 
tartibga solish hisoblanadi. Masalan, naqd pul sohasidagi qonunchilik normalariga 
amal qilish va savdo-sotiq, valyuta qonunchiligini tartibga solish kabi vazifalardir. 
Soliq nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: 
-soliq va yig‗imlami to‗liq va to‗g‗ri hisoblanishi hamda budjet (budjetdan 
tashqari fondlarga) o‗z muddatlarida to‗lanishini ta‘minlash; 
-soliq va yig'imlar to‗g‗risidagi qonunlami buzuvchilarga jazoning 
muqarrarligini ta‘minlash; 
-soliq qonunchiligi buzilishini oldini olish, soliq to‗lovchilarni soliq va 
yig‗imlar bo‗yicha o‗z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki to‗liq bajarmaganligi 
natijasida davlatga yetqazilgan zararni undirish; 


109
-soliqqa tortish metodologiyasi va qonunchiligini takomillashtirishga oid 
takliflar ishlab chiqish. 
Nazoratni amalga oshirishda uning mazmunini aniqlab olish ham muhim 
masalalardan hisoblanadi. Shu tufayli soliq nazorati mazmuni sifatida: 
-yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi 
qonunlar bajarilishini tekshirish; 
-soliq organlarida hisobda turish va bu bilan bog‗liq majburiyatlarni 
tekshirish; 
-buxgalteriya hisobini to‗g‗ri yuritish, soliq hisobotlarini to‗g‗ri va 
belgilangan muddatlarda taqdim etish, ulardagi ma‘lumotlaming asosliligini 
tekshirish; 
-soliq to‗lovchilaming soliq qonunchiligiga oid protsessual qonun normalari 
talablariga rioya etilishini tekshirish; 
-banklarning soliq qonunchiligi ijrosi bo‗yicha majburiyatlarini bajarilishini 
tekshirish; 
-naqd pul muomalasiga oid qonunchilik normalariga rioya etilishini 
tekshirish; 
-soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi qonunlar buzilishini oldini olish; 
-yashirin soliq obyektlarini aniqlash; 
-soliq qonunchiligini buzuvchilarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish; 
-soliq 
to‗lovchilar tomonidan soliq 
va 
yig‗imlar to‗g‗risidagi 
majburiyatlarini bajarmaslik yoki yetarli darajada bajarmaslik oqibatida davlatga 
yetkazilgan zarami undirish kabilardir. 
Soliq nazoratining usuli - bu nazoratni amalga oshirishning aniq harakat 
uslubidir. Rivojlangan mamlakatlarda soliq nazoratini tashkil etishda turli 
usullardan foydalaniladi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə