Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2. Kameral 
nazorat 
samaradorligini 
oshirish 
maqsadida
ichki va tashqi manba ma‟lumotlari asosida soliq to‟lovchilar to‟g‟risida 
ma‟lumotlar bazasini shakllantirish. 
Davlat soliq xizmati organlarida ichki va tashqi axborot manbalari hisobiga 
soliq to‘lovchilarning ma‘lumotlar bazasi shakllantiriladi. 
Ichki manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning moliyaviy 
va soliq hisoboti ma‘lumotlari bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati 
to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha 
shakllanadi. 
Ichki manbalardan shakllanadigan ma‘lumotlar bazasi quyidagi axborotlarni 
o‘z ichiga oladi: 
- soliq to‘lovchilarning moliyaviy va soliq hisobotlari ma‘lumotlari, ularning 
tarkibiga quyidagilar kiradi:
moliyaviy hisobotlar, taqdim etiladigan shakllar, tushuntirishlar va hisob-
kitoblarga ilovalar; 
soliq hisobotlari (byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalarga to‘lanadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oylik va choraklik hisob-kitoblar, 
qayta hisob-kitoblar va soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy 
ma‘lumotnomalar); 
- soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari ma‘lumotlari, ularning tarkibiga 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblanishi, to‘lanishi, soliq qarzi, ortiqcha 
to‘lovlar, to‘lov muddati kechiktirilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar kiradi; 
- soliq tekshiruvi yakunlari bo‘yicha ma‘lumotlar, ularning tarkibiga 
tekshirish dalolatnomasiga muvofiq qo‘shimcha hisoblangan soliq va boshqa 
majburiy to‘lov summalari bo‘yicha ma‘lumotlar, tekshirish dalolatnomalariga 
muvofiq to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda jarima summalari 
kiradi; 
- ma‘muriy javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ularning tarkibiga 
mansabdor shaxslarga qo‘llanilgan ma‘muriy jarimalar summasi va soliq 
qonunchiligini buzgan shaxslar ro‘yxati kiradi; 


131
- soliq to‘lovchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari, ularning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari; 
yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari. 
Tashqi manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning 
majburiyatlari yuzaga kelgan taqdirda tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan bu 
to‘g‘risida belgilangan muddat ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim 
qilinadigan ma‘lumotlar asosida shakllanadi. 
Ushbu ma‘lumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq 
hisobotlaridagi ma‘lumotlar bilan taqqoslanib tekshiriladi. Xususan:
- yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan 
taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq 
hisobotlarining mavjudligi; 
taqdim etilgan soliq hisobotlarida ko‘rsatilgan rekvizitlarning Davlat 
reestridan ko‘chirmada (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sanasi va raqami, yuridik 
shaxsning nomi, STIR va boshqalar) ko‘rsatilgan rekvizitlar bilan muvofiqligi; 
-litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan organlar 
tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: 
soliq to‘lovchilar tomonidan litsenziyalashtiriladigan faoliyat turini amalga 
oshirilishining qonuniyligi va litsenziyaning amal qilish muddatlari;
nizom jamg‘armasini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda 
shakllantirish bo‘yicha talablarga rioya etilishi; 
alkogol va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish uchun maxsus ruxsat 
guvohnomasi, shuningdek neft mahsulotlarini sotishga litsenziyasi bo‘lgan 
korxonalar bo‘yicha – talab qilib olgungacha bo‘lgan maxsus ikkilamchi depozit 
hisobvaraqlarining mavjudligi va soliq hisobotida tovar aylanmasi miqdorini 
maxsus hisobvaraqlar bo‘yicha o‘tadigan tovar aylanmalari miqdoridan kam 
bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi; 


132
Adliya vazirligida 2010 yil 14 yanvarda 2065-son bilan ro‘yxatga olingan 
―Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini 
hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risida‖gi Nizomga asosan, ulgurji savdo 
korxonalari uchun o‘tkazilgan operatsiyalardan tushadigan tushum summasining 5 
foizi miqdorida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim 
bo‘lgan korxonalarning xizmat ko‘rsatuvchi bankiga mazkur Nizom talablari tatbiq 
etiladigan soliq to‘lovchilar bo‘yicha belgilangan shaklda xabarnoma yuborilganligi, 
banklar tomonidan korxonalarning har-bir operatsiyalari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar 
undirib qolinayotganligi o‘rganiladi. 
- ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolik pasportlari berilganligi, shu jumladan 
yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati o‘tgan fuqarolik pasportlari o‘rniga boshqa 
fuqarolik pasportlar berilganligi haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha, ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organ tomonidan hisobga olingan korxonalarning mansabdor shaxslari 
va ta‘sischilari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar solishtiriladi; 
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar 
tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida quyidagilar:
ko‘chmas mulkning berilgan vaqti; 
ko‘chmas mol-mulklarga egalik qiluvchi shaxslar; 
ko‘chmas mol-mulklarning inventar va balans qiymati tekshiriladi; 
-
suv resurslarini hisobga oluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan suv resurslari 
to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hajmi; 
foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hisob kitobini alohida-
alohida yuritilishi va hisoblanishi; 
o‘lchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari tekshiriladi; 
- davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 
notariuslar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: 
ko‘chmas mulk ijara shartnomasini tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori; 
tegishli soliq hisobotlarda yuridik shaxslar bo‘yicha ob‘ektlar va soliq 
solinadigan bazaning to‘liq aks ettirilishi;


133
- er resurslarini hisobga oluvchi va (yoki) baholovchi tashkilotlar tomonidan 
taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: 
er uchastkasiga nisbatan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni 
ko‘rsatgan holda er uchastkasiga nisbatan huquq berilganligi (tugatilganligi); 
mavjud huquqiy hujjatlarga asosan er maydoni korxonaga tegishliligi; 
er maydoni va joylashgan zonasi; 
soliq to‘lovchilarning joylashgan joyiga nisbatan shahar markazi radiusi 
bo‘yicha koeffitsientlarni to‘g‘ri qo‘llanilganligi; 
er qa‘ridan foydalanish uchun ajratilgan karer (uchastka) hajmi; 
jismoniy shaxslar egaligidagi erlardan tadbirkorlik faoliyati bilan foydalangan 
taqdirda, erdan foydalanish maqsadiga qarab yuridik shaxslar uchun belgilangan 
stavkalar bo‘yicha soliqlarni hisoblanishi; 
qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi 
tekshiriladi; 
- foydalanishga berilgan er qa‘ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini 
amalga oshiruvchi va (yoki) er qa‘ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan berilgan ma‘lumotlar bo‘yicha 
quyidagilar: 
er qa‘ridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni mavjudligi; 
er qa‘ri uchastkasi joylashgan va foydalanish uchun ajratilgan er maydonlari 
(karer)ning huquqiy hujjatlari mavjudligi; 
er qa‘ridan foydalanuvchi va yagona soliq to‘lovini to‘lovchi mikrofirmalar 
va kichik korxonalar tomonidan umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tkazilganligi tekshiriladi. Xususan, er qa‘ridan 
foydalanganlik uchun soliqni to‘lashda Soliq kodeksining 350-moddasiga asosan er 
qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni 
amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga (bundan maxsus 
pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar 
asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar 


134
mustasno) yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmasligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, 
umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lanishi; 
- bank muassasalari tomonidan taqdim etiladigan ma‘lumotlar bo‘yicha 
quyidagilar: 
tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotining 
mavjudligi;
yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlari ochilganligi va yirik bank 
operatsiyalari bo‘yicha ma‘lumotlar;
moliyaviy hisobotlarda soliq to‘lovchining boshqa xo‘jalik yurituvchi 
sub‘ektlar bilan qarzlari holati to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘g‘ri aks ettirilganligi; 
ish va xizmatlarni import qilinishi bo‘yicha to‘lov manbaida norezident 
daromad solig‘ini va import qilingan ish va xizmatlardan olinadigan QQSni 
hisoblanishi; 
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘yicha soliq hisobotlarda tovar 
aylanmasi miqdori to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va inkassatsiya xizmatining 
topshirilgan naqd pul tushumi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarida ko‘rsatilgan 
miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi tekshiriladi; 
yirik va shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning 
faoliyati qonuniyligi, hisob raqamlariga tushayotgan va chiqim qilinayotgan 
mablag‘larning maqsadi korxona faoliyat turiga mosligi o‘rganiladi. 
- bojxona 
organlari 
tomonidan 
taqdim 
etiladigan 
eksport-import 
operatsiyalari, shuningdek tovarlar harakati haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha 
quyidagilar: 
soliq to‘lovchilarning import va eksport kontraktlari bo‘yicha ma‘lumotlar; 
hisobotlarda tashqi iqtisodiy kontraktlar bo‘yicha o‘zaro qarzdorlik holatini 
va valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda 
majburiy sotishni to‘g‘ri aks ettirilishi;
eksport operatsiyalarida soliq imtiyozlarini va pasaytirilgan stavkalarni, shu 
bilan birga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha nol darajali stavkani 
qo‘llanilishining qonuniyligi; 


135
korxonaning yil boshidagi qoldiqdagi tovar-mahsulotlarga kirim qilingan 
mahsulotlarni qo‘shgan holda va sotilgan mahsulotlarni qiymatini chiqarib 
tashlagandan so‘ng balans hisobotida ko‘rsatilgan qoldiq mahsulotlar qiymatiga 
mosligi o‘rganiladi. 
Soliq nazoratini amalga oshirishda ―Davlat soliq xizmati to‘g‘risida‖gi 
Qonunning 7-moddasiga asosan, tegishli organ va idoralardan so‘rovnomalar orqali 
ma‘lumotlar olinishi belgilangan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2012 yil 
30 oktyabrdagi 
―O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya 
tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-
1843-sonli qaroriga asosan davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning 
majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma‘lumot taqdim etadigan 
idora va tashkilotlar olingan ma‘lumotlar ―Tashqi manba‖ dasturiy majmuasidagi 
ma‘lumotlar asosida soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobot va 
ma‘lumotlar solishtirib tahlil qilib boriladi. 
Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida qonun 
hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning 
mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga 
kelganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko‘rsatilgan axborotni 
taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko‘rsatilgan holda 
taqdim etishda ifodalangan buzilishi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 
215
3
-moddasi (Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida 
axborot taqdim etish tartibini buzish)ga asosan, 
– eng kam ish haqining etti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi. 
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 
bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
– eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi. 


136

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə