Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Ichki va tashqi ma‟lumotlarga asosan o‟tkazilgan kameral



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

3.Ichki va tashqi ma‟lumotlarga asosan o‟tkazilgan kameral
nazorat 
natijalari 
bo‟yicha 
aniqlangan 
xato 
va 
kamchiliklarni
soliq to‟lovchilarga etkazish. 
Adliya vazirligida 2005 yil 29 iyulda 1500-son bilan ro‘yxatga olingan 
―Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik sub‘ektlaridan moliyaviy hisobot, 
soliqlar, majburiy to‘lovlar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar bo‘yicha 
hisob-kitoblar, yozma arizalar va bildirishnomalarni qabul qilib olish hamda 
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida‖gi Nizomning 5-bandiga muvofiq, soliq 
to‘lovchilardan qonunchilik bilan belgilangan moliyaviy, soliq hisobotlar va 
soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy ma‘lumotnomalardan 
tashqari, qo‘shimcha ravishda har qanday ma‘lumotlar, ma‘lumotnoma
va hujjatlarni talab qilish qat‘iyan man etiladi.
Quyidagi holatlar bundan mustasno: 
Soliq kodeksining 70-moddasiga asosan davlat soliq xizmati organlari 
tomonidan qabul qilib olingan moliyaviy va soliq hisobotlarini kameral nazoratdan 
o‘tkazish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar bo‘yicha soliq to‘lovchiga 
tegishli tuzatishlarni kiritish yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini talab 
qilingan holda yozma shaklda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti 
orqali talabnoma bilan xabar qilinishi shart. 
Yozma talabnoma Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 26 martdagi
86-son buyrug‘iga bilan tasdiqlangan ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini kameral 
nazoratdan o‘tkazish va ular asosida aniqlangan kamchiliklar belgilangan muddatda 
bartaraf etilmagan holatlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini tashkil etish to‘g‘risida‖gi 
Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda to‘ldiriladi va DSI boshlig‘i 
(o‘rinbosari) tomonidan imzolangandan so‘ng inspektsiyaning devonxonasida 
ro‘yxatga olinadi. 
Yozma talabnoma soliq to‘lovchilarga quyidagi tartibda yuboriladi: 
shaxsan olib borib berish tartibida yuboriladi, bunda soliq to‘lovchi yoki 
uning vakili tomonidan olinganligi tasdiqlangan sana yozma talabnoma qabul qilib 
olingan sana hisoblanadi;


137
pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi, bunda pochta jo‘natmasi 
(buyurtma xat) topshirilganligi to‘g‘risidagi bildirish blankasida ko‘rsatilgan sana 
olingan sana deb hisoblanadi; 
telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi, bunda 
elektron hujjatni jo‘natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan 
jo‘natilish vaqti elektron hujjatni jo‘natish vaqti deb, elektron hujjatni qabul qilib 
oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan elektron manzil bo‘yicha elektron hujjat kelib 
tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi. 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan talabnoma bo‘yicha ma‘lumotlar bir 
kun muddatda ―Tahlika tahlil‖ (Risk analiz) dasturiy mahsuli tarkibidagi 
―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatida kameral nazorat natijalari hisobini yuritish‖ 
(Kameral ARM 4) moduliga kiritiladi. 
Soliq kodeksining 70-moddasi oltinchi qismiga muvofiq, soliq to‘lovchi 
tomonidan talabnoma olingan kundan e‘tiboran o‘n kunlik muddatda qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilgan soliq hisoboti, tegishli soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tuzatilgan moliyaviy va soliq hisoboti yoxud 
aniqlangan tafovutlarning asosi yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda ilova 
qilgan holda taqdim etilishi lozim. 
Soliq to‘lovchilarga yuborilgan har bir talabnoma va talabnomaga asosan 
qabul qilib olingan aniqlashtirilgan hisobotlar yoxud aniqlangan tafovutlarning 
asoslari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ―Tahlika tahlil‖ (Risk analiz) dasturiy mahsuli 
tarkibidagi ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatida kameral nazorat natijalari hisobini 
yuritish‖ (Kameral ARM 4) moduliga kiritiladi va tegishli soliq to‘lovchilarning 
shaxsiy jildida saqlanadi. 
Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarida 
xato va kamchiliklar aniqlanmagan holatlarda Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 
26 martdagi 86-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini 
kameral nazoratdan o‘tkazish va ular asosida aniqlangan kamchiliklar belgilangan 
muddatda bartaraf etilmagan holatlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini tashkil etish 
to‘g‘risida‖gi Nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda kameral nazoratni amalga 


138
oshirgan mas‘ul xodimlar tomonidan tuzilgan ma‘lumotlar tegishli soliq 
to‘lovchilarning shaxsiy jildida saqlanadi. 
Kameral nazorat yakuni bo‘yicha soliq to‘lovchilarga yuborilgan 
talabnomalar nusxalari, shuningdek tuzatish kiritilgan moliyaviy va soliq hisoboti 
yoxud soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan aniqlangan tafovutlarning 
asoslari har bir soliq to‘lovchining shaxsiy jildiga tikib qo‘yilishi bilan birga, Soliq 
kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da‘vo qilish 
muddati mobaynida saqlanishi lozim. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə