Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

5. Jismoniy 
shaxslar 
faoliyati 
yuzasidan 
kameral
nazoratni o‟tkazish. 
Jismoniy shaxslar faoliyati yuzasidan kameral nazorat quyidagi tartibda 
o‘tkaziladi: 
o‘rindoshlik bo‘yicha daromad olgan jismoniy shaxslar sonini asosiy 
bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadlar 
bo‘yicha yillik deklaratsiya taqdim etayotgan fuqarolar bilan taqqoslash; 
notarial idoralar tomonidan taqdim qilingan meros qilib olish yoki hadya 
tarzida fuqarolarning mulkiga o‘tayotgan mol-mulk qiymatini soliq organlarida 
mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bilan solishtirish. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar (kelgusida YaTT) faoliyati yuzasidan kameral 
nazorat o‘tkazishda birinchi navbatda ular tomonidan belgilangan tartibdagi 
hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishi (Soliq kodeksining 45-moddasiga asosan) 
o‘rganiladi. 
Kameral nazorat davlat soliq xizmati organiga belgilangan tartibda tegishli 
hisobotlarni taqdim etish majburiyatiga ega bo‘lgan va ularni topshirgan barcha 
YaTTlar bo‘yicha to‘liq o‘tkazilishi shart. 
Kameral nazorat YaTT tomonidan davlat soliq xizmati organiga taqdim 
etiladigan tegishli hisobotlarni topshirilishi belgilangan kundan boshlab keyingi 
hisobot taqdim etish muddatiga qadar amalga oshiriladi. 
Xato va kamchiliklar aniqlanmagan holatlarda Davlat soliq qo‘mitasining 
2011 yil 26 martdagi 86-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Tadbirkorlik sub‘ektlari 
faoliyatini kameral nazoratdan o‘tkazish va ular asosida aniqlangan kamchiliklar 
belgilangan muddatda bartaraf etilmagan holatlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini 
tashkil etish to‘g‘risida‖gi Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ma‘lumotnoma shakli 
to‘ldiriladi va YaTTning shaxsiy ish jildida saqlanadi. 
YaTT 
to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlar 
bazasi 
mazkur 
Qo‘llanmaning
VI-bo‘limiga asosan shakllantiriladi. 


141
Ichki va tashqi ma‘lumotlarga asosan o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari 
bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklar mazkur qo‘llanmaning VII-bo‘limiga 
asosan YaTTga etkaziladi. 
Kameral nazorat yakuni bo‘yicha YaTTga yuborilgan talabnomalar 
nusxalari, shuningdek, ularning faoliyati bo‘yicha hisobotlari yoxud YaTTning o‘zi 
tomonidan aniqlangan tafovutlarning asosi uning ish jildiga tikib qo‘yilishi va Soliq 
kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da‘vo qilish 
muddati mobaynida saqlanishi lozim. 
Faoliyati yuzasidan kameral nazorat o‘tkazilishi natijasida xato va 
kamchiliklar aniqlangan YaTTga nisbatan tegishli choralarini qo‘llash mazkur 
qo‘llanmaning VIII-bo‘limiga asosan amalga oshiriladi. 
Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 2 avgustdagi 333-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan ―Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini amalga oshiruvchi, 
yirik pul aylanmalariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq 
qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi‖ga asosan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan tijorat faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan va 
olib chiqilgan tovarlar hajmi hamda yirik pul aylanmalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar 
asosida yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati mavjud (tashqi va ichki) 
ma‘lumotlar asosida kameral nazoratdan o‘tkaziladi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə