Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2.Soliq tekshiruvlarini tashkil qilish. 
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari va soliq to‗lovchi 


144
soliq tekshiruvlarining ishtirokchilarid bo‗lib hisoblanadilar. Soliq tekshiruvlarida 
soliq to‗lovchining vakili ishtirok etishi mumkin. 
Coliq tekshiruviga soliq tekshiruvi natijasidan manfaatdor bo‗lmagan 
ekspert, tarjimon va xolislar jalb etilishi mumkin. 
Soliq to‗lovchi moliya-xo‗jalik faoliyatining tekshiruvini o‗tkazish (taftish 
qilish) uchun quyidagilar asos bo‗ladi: 
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‗yicha vakolatli organning tekshiruvni o‗tkazishga roziligi, ushbu rozilikda 
tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‗lovchining identifikatsiya raqami, 
tekshiruvning maqsadi, tekshiruv o‗tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar 
ko‗rsatiladi; 
davlat soliq xizmati organining buyrug‗i, buyruqda tekshiruvni o‗tkazish 
maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‗rsatiladi. 
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‗yicha vakolatli organning tekshiruvni o‗tkazishga bo‗lgan roziligi jismoniy va 
yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari to‗g‗risidagi murojaatlari 
asosida o‗tkaziladigan tekshirish yoki tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyati 
tavakkalchiligini tahlil etish natijalarining yakunlari bo‗yicha davlat soliq xizmati 
organlari tashabbusiga ko‗ra tekshirishni o‗tkazish uchun asos bo‗ladi, bu rozilikda 
tekshiriladigan ob‘ektning nomi, soliq to‗lovchining identifikatsiya raqami, 
tekshiruvning maqsadlari, o‗tkazilish muddatlari va tekshiruvni asoslovchi 
sabablar ko‗rsatiladi. 
Tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish 
bo‗yicha vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvni o‗tkazish uchun 
davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‗tkazish maqsadlari, muddatlari va 
tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‗rsatilgan buyrug‗i asos bo‗ladi. 
Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq 
to‗lovini to‗lovchi bo‗lgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan 
o‗tkazish uchun: 
tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni 


145
amalga oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq 
to‗lovini 
to‗lovchi 
bo‗lgan 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkorning 
faoliyati 
tugatilayotganligi to‗g‗risidagi yozma bildirishi; 
davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‗tkazish maqsadlari, 
muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‗rsatilgan buyrug‗i 
asos bo‗ladi. 
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining soliq tekshiruvini o‗tkazish muddati 
o‗ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak. 
Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining 
qo‗shimcha buyrug‗i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‗yxatdan 
o‗tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‗tkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor 
shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‗rsatiladi. 
Qisqa muddatli soliq tekshiruvini o‗tkazish muddati o‗n ish kunidan 
oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki 
mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aksiz 
markali yoki aksiz markasi mavjud bo‗lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining 
ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni, 
shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya 
qilinishi faktlariga barham berish bo‗yicha qisqa muddatli tekshirishlarni o‗tkazish 
muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim. 
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini o‗tkazish 
muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga ko‗ra, 
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha 
vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. 
Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy 
muddatidan oshmasligi kerak. 
Soliq tekshiruvini tayinlash to‗g‗risidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan 
to‗xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o‗tkazish muddatini hisoblash ham 
to‗xtatiladi. 
Soliq to‗lovchilar moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari 


146
(taftishlari) bir yilda ko‗pi bilan bir marta, belgilangan normalar va qoidalarga o‗z 
vaqtida hamda to‗liq hajmda rioya etayotgan soliq to‗lovchilar moliya-xo‗jalik 
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari esa, ikki yilda ko‗pi bilan bir marta amalga 
oshiriladi.Xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari moliya-xo‗jalik 
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) besh yilda ko‗pi bilan bir marta, 
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklari moliya-xo‗jalik 
faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) to‗rt yilda ko‗pi bilan bir marta, 
boshqa tadbirkorlik sub‘ektlari moliya-xo‗jalik faoliyatining rejali soliq 
tekshiruvlari (taftishlari) uch yilda ko‗pi bilan bir marta amalga oshiriladi. 
Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer 
xo‗jaliklarining moliya-xo‗jalik faoliyati ular davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan 
paytdan e‘tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan 
o‗tkazilmaydi, ushbu moddaning to‗rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. 
Aksiz to‗lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan 
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklarining moliya-xo‗jalik 
faoliyati, shuningdek mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‗jaliklarining 
budjet hamda markazlashtirilgan mablag‗lar va resurslardan maqsadli foydalanish 
bilan bog‗liq moliya-xo‗jalik faoliyati ular davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan paytdan 
e‘tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshiruvlaridan o‗tkazilmaydi. 
Agar tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyati soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda to‗lanmagan 
taqdirda, rejali tekshiruvlardan o‗tkazilishi mumkin. 
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‗tkazishning boshlanishi 
haqida tekshiruvni o‗tkazish boshlanishidan kamida o‗ttiz kalendar kun oldin 
tadbirkorlik sub‘ektini tekshiruvdan o‗tkazish muddatlari va predmetini ko‗rsatgan 
holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart. 
Tadbirkorlik sub‘ekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya 
va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik sub‘ektining faoliyati to‗g‗risida 
davlat soliq xizmati organida mavjud bo‗lgan boshqa hujjatlarni o‗rganish hamda 


147
tahlil etish asosida o‗tkaziladigan kameral nazorat natijalari bo‗yicha 
qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari 
tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan 
chiqishi mumkin. 
Agar soliq monitoringi amalga oshirilgan bo‗lsa bu davr uchun moliya-
xo‗jalik faoliyati bo‗yicha rejali tekshiruvlar o‗tkazilmaydi, ba‘zi hollarda soliq 
monitoringi muddatidan ilgari tugatilgan bo‗lsa bunday hollarda soliq tekshiruvi 
o‗tkaziladi. 
Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organi rahbari yoki rahbar o‗rinbosari 
tomonidan tasdiqlangan soliq tekshiruvi o‗tkazish dasturiga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Soliq tekshiruvini o‗tkazish dasturida quyidagilar ko‗rsatilishi kerak: 
soliq tekshiruvi o‗tkazilayotganda o‗rganiladigan masala yoki masalalar; 
soliq tekshiruvi soliq to‗g‗risidagi qaysi qonun hujjatlariga rioya etilishini 
o‗rganish uchun o‗tkaziladigan bo‗lsa, shu qonun hujjatlarining ro‗yxati; 
tekshiruv turidan kelib chiqqan holda boshqa ma‘lumotlar. 
Soliq tekshiruvini o‗tkazish dasturini tuzish qoidalari nazorat qiluvchi 
organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan 
holda O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi. 
Soliq tekshiruvi soliq to‗lovchining tekshiruv o‗tkazilayotgan yildan 
bevosita oldingi ko‗pi bilan besh kalendar yildagi faoliyatini qamrab olishi 
mumkin. Bunda tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‗jalik faoliyatini rejali 
tekshirishlar faqat oxirgi rejali tekshirishdan keyingi, lekin yangi tekshirish 
o‗tkazilayotgan yildan bevosita oldingi besh kalendar yildan ko‗p bo‗lmagan 
davrni qamrab oladi. 
Soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotganda davlat soliq xizmati organlari soliq 
to‗lovchining hududi va joylarini tekshirishga, mol-mulkni inventarizatsiya 
qilishga, hujjatlarni talab qilib olishga, hujjatlar va predmetlarni olib qo‗yishga, 
soliq to‗lovchidan, shuningdek soliq to‗lovchining rahbarlik vazifalarini yoki 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxslardan, 


148
boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olishga, bankdagi 
hisobvaraqlari bo‗yicha operatsiyalarni to‗xtatib turish choralarini ko‗rishga, 
ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlashga, soliq to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilishga haqlidir. 
Soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq 
hisobotiga soliq to‗lovchi tomonidan o‗zgartishlar va qo‗shimchalar kiritilishiga 
yo‗l qo‗yilmaydi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə