Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

e‟tiboran besh kun ichida
beradi. Qolgan hollarda soliq 
to‘lovchining imzosi va muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan 
hujjatlarning ko‘chirma nusxalari olib qo‘yiladi.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan ro‘yxatlarda hujjatlar va predmetlarning 
nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni bo‘lganda esa predmetlarning 
qiymati ko‘rsatilgan holda sanab o‘tilishi va tavsiflanishi lozim.
Hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma ikki nusxada 
tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha 
shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan 
taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga 
tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va 


159
predmetlari olib qo‘yilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi 
hamda u jo‘natilgan kundan e‘tiboran uch kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan 
hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni 
to‘xtatib turish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlanganda.
Davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari 
bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan 
sudga quyidagi 
hollarda murojaat qilishga haqli:
soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik 
qilinganda yoki daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish 
ob‘ektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan, joylarni 
ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini 
kiritish soliq to‘lovchi tomonidan rad etilganda;
soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda;
soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot
kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan 
soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda.
Davlat soliq xizmati organi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya 
qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xo‘jalik 
yurituvchi sub‘ektlarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarini 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə