Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq to‟lovchining moliya-xo‟jalik faoliyati tekshiruvini tashkil qilish



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

3.Soliq to‟lovchining moliya-xo‟jalik faoliyati tekshiruvini tashkil qilish 
va o‟tkazish tartibi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarni 
tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risidagi PF-2114 19.11.1998 dagi 
qaroriga muvofiq: 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga 
solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga 
oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, 
ularning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar etkazuvchi asossiz 
aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy 
huquqlarini himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab: 
Quyidagilar belgilab qo‘yildi: 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va 
Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish 
bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur sub‘ektlarning faqat 
qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu 
haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim; 
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini 
o‘tkazish chog‘ida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni 
ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qo‘yadilar; 


164
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari 
zimmasiga byudjet tashkilotlari va byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari 
hisobidan 
tegishli 
ravishda 
moliyalashtiriladigan 
byudjet 
mablag‘larini 
oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi 
yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va 
boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirishni 
o‘tkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik 
soliq va moliya organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat 
xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat 
nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari 
zimmasiga yuklansin. 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga 
oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar: 
ikki hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan 
nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor 
shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlasinlar; 
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari 
va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda 
attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoidani tatbiq 
etsinlar. Bir oy muddatda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliya-xo‘jalik 
faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar 
o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy 
qilinsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar 
tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish 
to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro 
etilayotganligini nazorat qilishni ta‘minlasin, nazorat organlari xodimlarining 
noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining 


165
taqdimnomalarini, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning shikoyatlarini o‘z 
vaqtida ko‘rib chiqib, qonunda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rsin. 
O‘zbekiston Respublikasi 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə