Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

tarjimon jalb etilishi 
mumkin
.
Ishning natijasidan manfaatdor bo‘lmagan, tarjima qilish uchun zarur 
darajada til biladigan yoxud kar yoki soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini 
tushunadigan shaxs tarjimondir.Tarjimon uni tarjimonlikka tayinlagan davlat soliq 
xizmati organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi va o‘ziga 
topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.Tarjimonni jalb etish davlat soliq xizmati 
organi va tarjimon o‘rtasida shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi.
Soliq tekshiruvining natijasidan manfaatdor bo‘lmagan har qanday voyaga 
etgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin.Davlat soliq xizmati 
organlari 
xodimlarining 
xolislar 
sifatida 
ishtirok 
etishiga 
yo‟l 
qo‟yilmaydi
.Xolislar o‘z ishtirokida amalga oshirilgan harakatlarning holati, 
mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashlari shart. Ular sodir etilgan 
harakatlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishga haqli, bu fikr-mulohaza 
bayonnomaga kiritib qo‘yilishi kerak.
Bayonnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) tekshirilayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
2) tekshiruvni o‘tkazish asoslari, turi va davri;
3) muayyan harakat bajarilgan sana va joy;
4) harakat boshlangan va tugallangan vaqt;
5) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
6) harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan va (yoki) hozir bo‘lgan har bir 
shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, zarur hollarda esa uning manzili;
7) harakatning mazmun-mohiyati, uni o‘tkazish izchilligi;
8) soliq tekshiruvi paytida aniqlangan faktlar va holatlar.
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq 
tekshiruvi natijalari bo‘yicha quyidagilar ko‘rsatilgan holda soliq tekshiruvi 
dalolatnomasi tuzilishi kerak:


162
1) tekshiruv o‘tkazilgan joy, dalolatnoma tuzilgan sana;
2) tekshiruv o‘tkazish uchun asos;
3) tekshiruv turi va uni o‘tkazish davri;
4) davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‘tkazgan mansabdor shaxslarining 
familiyasi, ismi, otasining ismi;
5) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
6) yuridik shaxsning to‘liq nomi, tekshiruv davrida rahbarlik vazifalarini yoki 
buxgalteriya hisobi yuritish vazifalarini amalga oshirgan mansabdor shaxslarning 
familiyasi, ismi, otasining ismi;
7) soliq to‘lovchining joylashgan eri (pochta manzili), bank rekvizitlari
shuningdek uning identifikatsiya raqami;
8) ilgarigi tekshiruv to‘g‘risidagi ma‘lumotlar;
9) tekshirilayotgan soliq davri va tekshiruv o‘tkazish uchun soliq to‘lovchi 
tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi umumiy ma‘lumotlar;
10) soliq sohasidagi huquqbuzarlikning (u mavjud bo‘lganda) soliq to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola etilgan holdagi mufassal tavsifi;
11) tekshiruv natijalari bo‘yicha fikrlar va xulosalar.
Agar soliq tekshiruvi tugallanganida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
buzilganligi aniqlangan bo‘lmasa, bu haqda soliq tekshiruvi dalolatnomasida qayd 
etiladi.
Soliq tekshiruvi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi.
Soliq tekshiruvi dalolatnomasining barcha nusxalari davlat soliq xizmati 
organlarining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxslari tomonidan 
imzolanadi. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga 
topshiriladi. Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olganda 
dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo 
qo‘yishi shart. Soliq tekshiruvi dalolatnomasining davlat soliq xizmati organida 
qolgan nusxalari soliq tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Soliq to‘lovchining soliq tekshiruvi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq 
tekshiruvi natijalaridan rozi ekanligini anglatmaydi.


163
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan 
taqdirda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq 
tekshiruvi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Mazkur holda soliq tekshiruvi 
dalolatnomasining bir nusxasi soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan 
yuboriladi va shu paytdan e‘tiboran soliq tekshiruvi tugallangan hisoblanadi.
Soliq tekshiruvi materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 
belgilagan tartibga binoan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi 
davlat soliq xizmati organida soliq tekshiruvi tugallangan kundan e‘tiboran keyingi 
ish kunidan kechiktirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə