Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


uchun  hududga va joylarga qo‟ymaslikka haqli, agar



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

uchun 
hududga va joylarga qo‟ymaslikka haqli, agar:


156
Tekshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar topshirilmagan yoki belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi ularni olishdan bosh tortgan 
hollar bundan mustasno;
tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda 
ko‘rsatilmagan, o‘z xizmat guvohnomasini va tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat 
berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasini ko‘rsatmagan bo‘lsa;
soliq tekshiruvini o‘tkazishning buyruqda ko‘rsatilgan muddatlari 
boshlanmagan yoki o‘tib ketgan bo‘lsa;
tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini 
to‘ldirishdan bosh tortsa.
Soliq tekshiruvini o‘tkazuvchi davlat soliq xizmati organining mansabdor 
shaxsiga soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun hududga va joylarga kirishiga 
to‘sqinlik qilinganda, uning o‘zi va soliq to‘lovchi tomonidan imzolanadigan 
dalolatnoma tuziladi. Soliq to‘lovchi mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh 
tortganda dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor 
shaxslariga soliq to‘lovchining hududiga va joyiga (turar joy binolari bundan 
mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilganlik, xuddi shuningdek davlat soliq xizmati 
organi mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik 
qilganlik qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining o‘z xizmat vazifalarini 
bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikka tortilganlik soliq tekshiruvini 
bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organi mansabdor 
shaxslarining qonunda belgilangan hollardan yoki sud qarori asosida amalga 
oshiriladigan hollardan boshqa hollarda turar joylarga ularda yashovchi jismoniy 
shaxslarning xohish-irodasidan tashqari yoki unga qarshi tarzda kirishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati organining mansabdor 
shaxslari, zarurat bo‘lganda, soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun 


157
foydalanilayotgan yoki soliq solish ob‘ektlari bilan bog‘liq hududlarni, ishlab 
chiqarish, omborxona, savdo binolarini hamda boshqa binolar, shu jumladan 
joylarni ko‘zdan kechirishi, shuningdek soliq to‘lovchining mol-mulkini 
inventarizatsiyadan o‘tkazishi mumkin. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotganda soliq 
tekshiruvi qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs yoki 
uning vakili qatnashishga haqli. Ko‘zdan kechirish o‘tkazilayotganda zarur 
hollarda foto va kinosuratga olinishi, videoyozuvga tushirilishi, hujjatlardan 
ko‘chirma nusxalar olinishi mumkin, bu haqda bayonnomada ko‘rsatiladi.
Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor 
shaxslari tekshirilayotgan soliq to‘lovchidan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq, tekshiruv maqsadlariga tegishli 
va tekshirilayotgan davrga taalluqli hujjatlarni talab qilib olishga haqli.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligidan dalolat beruvchi hujjatlar 
va huquqbuzarlik predmetlari soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan davlat soliq xizmati 
organi mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida olib qo‘yilishi mumkin. 
Lekin soliq to‘lovchining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan hujjatlar va 
predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi.Hujjatlar va 
predmetlarni tungi vaqtda - 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə