Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

ko‟rsatilgan buyrug‟i asos
bo‘ladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq 
to‘lovini to‘lovchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan 
o‘tkazish uchun:
tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga 
oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq to‘lovini 
to‘lovchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilayotganligi 
to‘g‘risidagi yozma bildirishi;
davlat soliq xizmati organining tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va 
tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i asos bo‘ladi.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati 
o‟ttiz 
kalendar kundan 
oshmasligi kerak.
Soliq tekshiruvi muddatlarini
uzaytirish davlat soliq xizmati organining 
qo‘shimcha buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning ro‘yxatdan 
o‘tkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv o‘tkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor 
shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
Qisqa muddatli soliq tekshiruvini
o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan 
oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki 


153
mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aktsiz 
markali yoki aktsiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining 
ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni, 
shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya 
qilinishi faktlariga barham berish bo‘yicha qisqa muddatli tekshirishlarni o‘tkazish 
muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini o‘tkazish 
muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga ko‘ra, 
tadbirkorlik sub‘ektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha 
vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. 
Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy 
muddatidan oshmasligi kerak.Soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning 
ijrosi sud tomonidan to‘xtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatini 
hisoblash ham to‘xtatiladi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə