149
uchun bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha va undirib olinishi gumon bo‘lgan o‘zaro
qarzdorlik miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish.
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik
to‘g‘riligini tekshirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda muddatni va to‘lov
muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi,
shuningdek o‘zaro qarzlar bo‘yicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi
uchun shaxsan javob beradilar.O‘zaro qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirishni
jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xo‘jalik
yurituvchi sub‘ektlar joyning o‘ziga borib kreditorlik qarzi bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi sub‘ektlar bilan o‘z qarzlarini solishtirib chiqadilar.
Tuman statistika organlari, xizmat ko‘rsatuvchi
banklar va soliq organlari
debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi
ma‘lumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini ma‘lumotlarda keltirilgan
miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda ma‘lumotlarning to‘g‘riligini
tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat
ko‘rsatuvchi banklarda qoladi.
Agar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektda buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘z
holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda,
ma‘lumotlarda qoloqlikka yo‘q qo‘yilgan bo‘lsa, bu haqda qayt etib qo‘yiladi.
Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yo‘l qo‘yilgan
qoidani
buzishlar, hujjatlar yo‘qolib qolishi hollari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar soliq
organlariga beriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari joyning o‘ziga borib
ma‘lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda
ma‘lumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat bo‘lganda ta‘sir ko‘rsatishning
tegishli chora-tadbirlari ko‘riladi.
Har bir debitor yoki kreditor bo‘yicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish
dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning o‘z qarzlarini kelishilgan miqdorda tan
olganligi to‘g‘risidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda
150
debitor yoki kreditorga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
ko‘rsatilishi shart.
Agar debitor (kreditor) tugatilgan bo‘lsa
yoki uning joylashgan joyi
aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim
etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-
tadbirlar ko‘riladi.Har bir debitor (kreditor) bo‘yicha qarzdorlik miqdori izchil
ravishda ular hosil bo‘lishi muddatlari bo‘yicha (60 kungacha, 60 kundan 1
yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.Qarzdorlikning
to‘g‘riligini o‘zaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi
tijorat
banklari
2-kartotekadagi
to‘lov hujjatlarini
solishtirib chiqish
dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar. Debitorlik va
kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xo‘jalik
yurituvchi sub‘ekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar to‘ldiriladi. Jadvallarda
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami,
shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqamlari yozib qo‘yilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbari
va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga,
jadvallarning nusxalari bankning xizmat ko‘rsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi.
Jadvallar ham qog‘ozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel
elektron jadvallari) taqdim etiladi. To‘plangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti
tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni
vaqtda to‘plangan ma‘lumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning
mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning
bo‘limlari xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlardan olingan ma‘lumotlarni
vazirliklar
bo‘yicha umumlashtiradilar va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar
boshqarmalariga yuboradilar. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar
boshqarmalari ma‘lumotlarning tumanlar bo‘yicha tuzilishi to‘g‘riligini
tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar bo‘yicha solishtirib chiqadilar
hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va
151
xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar. Xizmat
ko‘rsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar,
kontsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar
bilan birgalikda
solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish bo‘yicha takliflar
bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va
kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish bo‘yicha tarmoq ishchi komissiyalariga
yuboradilar. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil
qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish
va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga
xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish
yuzasidan takliflar kiritadilar.
Dostları ilə paylaş: