139
Kameral nazorat jarayonida aniqlangan ma‘muriy huquqbuzarlik holatlari
bo‘yicha
tuzilgan
ma‘muriy
huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi
bayonnoma
rasmiylashtirilgan talabnoma bilan birga, tuzilgan kundan e‘tiboran
keyingi ish
kunidan kechiktirmasdan soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi Davlat
soliq xizmati organida Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 10 martdagi 66-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Davlat soliq xizmati organlari Navbatchi qismlarining
faoliyatini hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni ro‘yxatga
olish va ularning hisobini yuritishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖gi Tartibiga binoan ro‘yxatga olinadi.
Ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish, ma‘muriy
ishni
yuritish, ko‘rib chiqish va jazo choralarini qo‘llash Davlat soliq qo‘mitasining 2010
yil 11 martdagi 59-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarining buzilishiga doir ma‘muriy ishlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish
to‘g‘risida Yo‘riqnoma‖ga asosan amalga oshiriladi.
Soliq kodeksining 115-moddasiga asosan, Soliq hisobotini o‘z vaqtida
taqdim etmaganlik yoki kameral nazorat natijalari bo‘yicha
aniqlangan tafovutlar
asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim
etmaganlik uchun soliq to‘lovchi - yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq
to‘lovchi - jismoniy shaxs ma‘muriy javobgarlikka tortiladi.
Soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmaganda, soliq hisoboti va (yoki)
moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud
aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 96-moddasiga
asosan soliq
to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilinadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan, davlat soliq xizmati organining kameral nazorat
natijasi bo‘yicha yuborgan talabnomasi olingan kundan e‘tiboran o‘n
kunlik
muddatda talabnomada ko‘rsatilgan xatoliklar yoki ziddiyatlar bo‘yicha tuzatilgan
soliq hisoboti yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslari taqdim etilmagan taqdirda,
140
asosan soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni
to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: