Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

soliq hisobotlari
Adliya 
vazirligida 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan Moliya vazirligi va 
Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 4 martdagi ―Soliq hisobotining shakllarini 
tasdiqlash to‘g‘risida‖gi 23, 2013-8-sonli qarorlariga muvofiq tasdiqlangan 
shakllarda va Soliq kodeksiga asosan belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. 
Soliq to‘lovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobot korxona faoliyatining 
yakuniy natijalariga ta‘sir ko‘rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati 


123
ilova qilinishi lozim (Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son bilan 
ro‘yxatga olingan ―Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalar‖ga 
muvofiq). 
 
Soliq 
to‘lovchilar 
tomonidan 
davlat 
soliq 
xizmati 
organlariga 
moliyaviy 
va 
soliq 
hisobotlarni 
taqdim 
etish
tartibi va muddatlari. 
Kameral nazorat o‘tkazishda birinchi navbatda soliq to‘lovchilar tomonidan 
moliyaviy va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etilishi o‘rganiladi. 
Bunda, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy, soliq va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq hisobotlarini topshirishning Soliq 
kodeksida belgilangan muddatlari bilan haqiqatda taqdim etilgan sanalarni 
taqqoslash yo‘li orqali amalga oshiriladi. 
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish sanalari
quyidagicha belgilangan: 
soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda - soliq 
hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana; 
soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda - aloqa 
tashkilotining tamg‘asida ko‘rsatilgan, pochta jo‘natmasi jo‘natilgan sana; 
soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda - elektron hujjat davlat 
soliq xizmati organi tomonidan olingan sana. 
Soliq hisobotlari shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda soliq 
hisobotini qabul qilib olishni rad etish mumkin emas hamda soliq to‘lovchining 
talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana 
to‘g‘risida belgi qo‘yilishi shart. 
Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat 
tarzida qabul qilib olinganda soliq to‘lovchiga elektron tarzdagi hisobot qabul qilib 
olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma yuborilishi shart. 
Adliya vazirligida 2000 yil 3 iyulda 942-raqam bilan ro‘yxatga olingan 
―Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida‖gi 
Nizomga muvofiq vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar va 


124
davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar uchun umumlashtirilgan choraklik va 
yillik hisobotlarni taqdim etishning quyidagi muddatlari belgilangan: 
choraklik hisobotlar uchun hisobot choragi tugagandan so‘ng 40 (qirq) kun 
mobaynida;
yillik hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan 
kechiktirmay. 
Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va chet el firmalarining 
vakolatxonalari uchun yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddati hisobot 
yilidan keyingi yilning 25 martidan kechiktirmay belgilanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni 
quyidagi muddatlarda taqdim etadilar: 
choraklik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot choragidan keyingi oyning 25 
sanasiga qadar;
yillik moliyaviy hisobotlar uchun hisobot yilidan keyingi yilning 15 
fevralidan kechiktirmay.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat yillik moliyaviy hisobotini hisobot 
yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etadilar (Adliya 
vazirligida 2000 yil 3 iyulda 942-son bilan ro‘yxatga olingan nizomning 4-bandi). 
Soliq to‘lovchilar oylik soliq hisobotlarini har oy yakuni bo‘yicha Soliq 
kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etadilar. 
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning 
mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi. 
Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim 
etilmagan deb hisoblanadi, agar unda: 
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri 
ko‘rsatilgan bo‘lsa; 
soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa; 
Soliq to‘lovchi tomonidan belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim 
etilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan e‘tiboran 


125
3 (uch) kun ichida bu haqda soliq to‘lovchiga yozma bildirgi yuboradi va aniq fikr-
mulohazalarni ko‘rsatgan holda uni yakuniga etkazish uchun qaytaradi. 
Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan 
muddati tugagunga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq to‘lovchiga nisbatan 
javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi. 
Davlat 
soliq 
xizmati 
organlariga 
taqdim 
etilgan
moliyaviy 
va 
soliq 
hisobotlari 
bo‘yicha 
kameral 
nazorat
o‘tkazishni tashkil etish. 
Davlat 
soliq 
xizmati 
organlariga 
taqdim 
etilgan 
moliyaviy
va soliq hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirilishini tekshirish: 
Bunda, soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga 
topshirilishi lozim bo‘lgan soliq hisobotlari o‘rganilganda: 
moliyaviy va soliq hisobotlarini davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish 
muddatlariga amal qilinishi; 
soliq to‘lovchilar soliq solishning qaysi toifasiga mansubligi; 
moliyaviy hamda soliq hisobotlarining (soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha) to‘liqligi; 
hisobotlarda mansabdor shaxslarning imzosi va soliq to‘lovchining muhri 
(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) mavjudligi; 
hisobotlarning barcha majburiy rekvizitlari to‘ldirilishi (soliq to‘lovchilarning 
identifikatsiya raqami, pochta manzili, sanasi va sh.k.); 
soliq davri ko‘rsatilishi, soliq hisoboti shakllarida nazarda tutilgan barcha 
ko‘rsatkichlarning, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
summalarining to‘ldirilishi; 
moliyaviy va soliq hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirilganligi o‘rganilayotganda, 
ushbu hisobotlarni to‘ldirishda Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son 
bilan ro‘yxatga olingan ―Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha 
qoidalar‖ga rioya qilinganligi o‘rganiladi. 


126
Moliyaviy va soliq hisobotlardagi raqamlarni shakl va ma‘lumotlardagi 
raqamlar bilan bir-biriga muvofiqligini tekshirish: 
- moliyaviy 
va 
soliq 
hisobotlaridagi 
raqamlarni 
shakl
va ma‘lumotlardagi raqamlar bilan bir-biriga muvofiqligini tekshirishda, 
quyidagilarning to‘g‘riligi tekshiriladi: 
ko‘rsatkichlarning arifmetik hisob-kitobi; 
ilova va ma‘lumotlardagi ko‘rsatkichlarning asosiy hisob-kitobga to‘g‘ri 
o‘tkazilishi; 
- moliyaviy va soliq hisobotining barcha shakllarida ko‘rsatilgan tegishli 
ko‘rsatkichlarning bir xilligini o‘rganish taqdim etilgan moliyaviy va soliq 
hisobotlarning har bir shakllaridagi o‘xshash ko‘rsatkichlarni taqqoslash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Bunda: 
sof 
tushum 
miqdori 
(―Moliyaviy 
natijalar 
to‘g‘risida 
hisobot‖
2-son shakl (010-qator))ning yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-
kitobidagi (5-ilovaning 010-qatori, 10-ilovaning 010-qatori), qo‘shilgan qiymat 
solig‘i 
hisob-kitobidagi 
(2-ilovaning 
010-qatori,
4-ilovaning 010-qatori), byudjetdan tashqari majburiy ajratmalar hisob-kitobidagi 
(010-qator), yagona soliq to‘lovi hisob-kitobidagi (hisob-kitobning va 6-ilovasining 
010-qatori) xuddi shunday ko‘rsatkichlar bilan muvofiqligi. Bundan tashqari davlat 
maqsadli jamg‘armalar bo‘yicha faoliyat turlariga qarab ―Moliyaviy natijalar 
to‘g‘risida hisobot‖ 2-son shakl ko‘rsatkichlari bilan solishtirish;
―Moliyaviy 
natijalar 
to‘g‘risidagi 
hisobot‖ 
2-son 
shakldagi
(240-qator) foyda solig‘i to‘lashga qadar foyda (zarar) miqdorining foyda solig‘i 
hisob-kitobidagi (010-qator) solishtirish; 
yil boshidan daromad olgan jismoniy shaxslar, jismoniy shaxslarning 
daromadiga solinadigan soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini ―hisoblangan va haqiqatda 
to‘langan daromadlar hamda jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini ushlanib 
qolgan summalari haqida‖gi soliq hisoboti shakllariga muvofiq ishlovchilar soni 
(001 qator) asosiy ish joyi bo‘yicha ishlovchilar (002 qator) shu jumladan 


127
o‘rindoshlar (003 qator), o‘tgan davrdagi (oldingi hisobotdagi) jismoniy shaxslar 
soni bilan taqqoslab, uning o‘sish yoki kamayish sabablariga aniqlik kiritish, 
korxonada ishlovchilar soni ishlab chiqarish hajmi va faoliyat turiga mosligi; 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va jamg‘arib boriladigan 
pensiya badali bo‘yicha hisobot davri boshiga qarzdorlik summasi, oldingi 
hisobotdagi hisobot davri oxiriga qarzdorlik summasiga muvofiqligi; 
buxgalteriya balansining 1-son shakl hisobotdagi debitorlik va kreditorlik 
qarzdorliklari o‘tgan davrda (oldingi hisobotda) ko‘rsatilganligiga nisbatan 
oshganligi, shuningdek, buxgalteriya balansiga ilova etilgan ―Muddati o‘tgan 
debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi qayd etilgan miqdorlar‖ balans 
hisobotdagi (211 qator) ko‘rsatkichlarga mosligi; 
hisobotlar ―nol‖ qilib topshirilgan taqdirda, mavjud boshqa ma‘lumotlar 
asosida haqiqatda ushbu hisobot davrida ish hajmi bajarilmaganligini; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796-
sonli qaroriga asosan mulkdorlarning o‘zlariga tegishli qurilishi tugallanmagan 
ob‘ektlar hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari uchun mulk va er 
soliqlarini ikki karra oshirilgan stavka bo‘yicha hisoblanishini ta‘minlaydi. 
Hisobot davri uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
bo‘yicha hisoblangan summani bir xodimga o‘rtacha qanchadan hisoblanganligini 
aniqlash lozim. 
Bunda hisobot davri uchun faoliyat ko‘rsatgan holda ish haqi hisoblamaslik 
yoki ish haqi miqdori 1-razryaddan (eng kam oylik ish haqi miqdori*2,476) ko‘p 
hisoblangan bo‘lishi lozimligi o‘rganiladi. 
Jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar bo‘yicha imtiyozlar summasi 
o‘tgan davr bilan taqqoslanib, o‘sishi yoki kamayishi sabablari o‘rganilishi lozim. 
Har bir soliq turi bo‘yicha oldingi (oylik, choraklik va hokazo) hisobot davrida 
taqdim etilgan hisobotlarda ko‘rsatilgan hisoblangan soliq va majburiy to‘lovlar 
summalarini kamayib ketishi sabablari (soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatish, 
arifmetik xatolik, eksport kamayganligi hisobiga boshqa sabablar) o‘rganiladi. 


128
Soliq solish ob‘ektlariga soliq stavkalarini to‘g‘ri qo‘llanilishini tekshirish 
soliq stavkalari qo‘llanilishining asoslanganligini nazorat qilish hisob-kitoblarda 
ko‘rsatilgan soliq solish ob‘ektlarini va tegishli quyida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarni 
taqqoslash yo‘li bilan mazkur hisobot davrida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari 
asosida amalga oshiriladi. 
Bunda, soliq stavkalarini qo‘llashning asoslanganligi nazoratini amalga 
oshirishda quyidagilarni aniqlash lozim: 
soliq to‘lovchining faoliyat turi; 
erkin konvertatsiyalanadigan valyutada tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti 
hajmi;
foydalanilgan suv resurslari manbalari (er osti, er usti); 
soliq to‘lovchining mol-mulki (soliq solish ob‘ekti). 
Soliq kodeksining 352-moddasiga muvofiq, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 
asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat 
bo‘lgan yuridik shaxslar belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona 
soliq to‘lovini to‘lashi kerak. 
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovini davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan sanadan e‘tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktyabrdan keyin 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to‘laydi. 
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo‘yicha Soliq kodeksining 350-
moddasida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil boshidan 
boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tishlari kerak, soliq solish tartibini 
tanlash huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan 
mustasno.
Turli soliq solish ob‘ektlari va (yoki) yagona soliq to‘lovi stavkalari 
belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan yagona soliq to‘lovini 
to‘lovchilar shu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari hamda 
soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona 
soliq to‘lovini to‘lashlari lozim. 


129
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlardan to‘g‘ri 
foydalanishni tekshirish soliq imtiyozlari qo‘llanilishining asoslanganligini 
o‘rganishda ushbu imtiyozlar Soliq kodeksi, boshqa qonunlar va O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilanganligi o‘rganiladi. 
Bunda, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha quyidagilarga e‘tibor 
berilishi lozim: 
Soliq kodeksining 32-moddasiga muvofiq, soliq to‘lovchilar tomonidan 
taqdim etiladigan imtiyozlarini qo‘llash uchun imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi 
hujjatlarni mavjudligi; 
Adliya vazirligida 2005 yil 2 mayda 1463-son bilan ro‘yxatga olingan 
―Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash 
bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish 
tartibi to‘g‘risida‖gi nizomda belgilangan tartibda va shaklda ulardan foydalanish 
to‘g‘risidagi hisob-kitobni davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinganligi; 
soliq va majburiy ajratmalar bo‘yicha maqsadli berilgan imtiyozlarni qo‘llash 
natijasida bo‘shagan mablag‘larni ishlatilishi o‘rganilib, maqsadsiz ishlatilganlik
holati aniqlangan taqdirda imtiyoz summasini (hisoblangan penya bilan birgalikda) 
undirib olish choralari ko‘riladi. 
Shuningdek, korxonalar tomonidan qo‘llanilgan imtiyozlarni haqiqatda 
korxonaning amalga oshirayotgan faoliyat turiga mosligi; 
Adliya vazirligida 2003 yil 24 yanvarda 1209-son bilan ro‘yxatga olingan 
―Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari‖ning 5-bandiga muvofiq, 
yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatini mavjudligi o‘rganiladi. 
Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq turlari bo‘yicha hisobotlarda qo‘llanilgan 
imtiyoz asosi bo‘yicha asos bo‘luvchi me‘yoriy hujjatlar to‘g‘ri ko‘rsatilganligi, 
asossiz imtiyoz qo‘llanilmaganligini o‘rganish lozim. 
Kameral nazorat natijalari va ko‘rilgan choralar bo‘yicha hisobotlar ―Tahlika 
tahlil‖ (Risk analiz) dasturiy mahsuli tarkibidagi ―Tadbirkorlik sub‘ektlari 
faoliyatida kameral nazorat natijalari hisobini yuritish‖ (Kameral ARM 4) moduliga 
kunlik kiritib boriladi. 


130

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə