Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Aksiz to„lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg„alash. Moliya



Yüklə 4,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/146
tarix13.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#149372
növüУчебное пособие
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

 
Aksiz to„lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg„alash. Moliya 
inspektori lavozimini joriy etish. 
Tamaki va alkogolli mahsulotlar O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda hamda shartlarda aksiz markasi 
bilan tamg‗alanishi kerak. 
Aksiz to‗lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar 
aksiz to‗lanadigan tovarlarni aksiz markasi bilan tamg‗alash uchun mas‘uldir. 
Aksiz to‗lanadigan ayrim turdagi tovarlarni tamg‗alash qoidalariga rioya 
etilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati 
organlari amalga oshiradi. 
Aksiz solig‗ini to‗lovchi korxonalarda va boshqa ayrim korxonalarda 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektori lavozimi joriy 
etilishi mumkin. Moliya inspektori lavozimi joriy etiladigan korxonalar ro‗yxati va 
uning faoliyatini amalga oshirish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Soliq monitoringi. 
Soliq 
kodeksga 
muvofiq 
soliq 
monitoringining 
predmeti 
soliq 
monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‗lovchi tomonidan soliq to‗g‗risidagi 
qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri 
hisoblanishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishidan iboratdir. 
Soliq monitoringi o‗tgan yil yakunlariga ko‗ra, tovarlarni (ishlarni, 
xizmatlarni) realizatsiya qilish joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‗ra eng kam ish 
haqining yetmish ming baravari miqdoridan ortiqni tashkil etgan soliq to‗lovchiga 
nisbatan amalga oshirilishi mumkin. 
Soliq monitoringi soliq to‗lovchining soliq monitoringida ishtirok etish 
to‗g‗risidagi arizasi bo‗yicha davlat soliq xizmati organi bilan soliq to‗lovchi 
o‗rtasidagi o‗zaro axborot almashinuvi reglamentiga muvofiq davlat soliq xizmati 
organining soliq monitoringini o‗tkazish to‗g‗risidagi qarori asosida amalga 
oshiriladi. 


120
Arizaning shakli va o‗zaro axborot almashinuvi reglamenti O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Soliq to‗lovchi tomonidan keyingi yilda soliq monitoringida ishtirok etish 
to‗g‗risidagi ariza soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organiga joriy yilning 1 iyulidan kechiktirmasdan yozma shaklda, shu jumladan 
elektron shaklda taqdim etiladi. 
Mazkur arizani ko‗rib chiqish natijalari bo‗yicha davlat soliq xizmati 
organi soliq monitoringini amalga oshirish yoki amalga oshirishni rad etish 
to‗g‗risida bir oy ichida qaror qabul qiladi. 
Soliq monitoringini amalga oshirishni rad etish to‗g‗risidagi qaror 
asoslangan bo‗lishi kerak. Soliq monitoringini amalga oshirishni rad etish 
to‗g‗risidagi qarorni qabul qilish uchun soliq to‗lovchi tomonidan soliq 
monitoringini amalga oshirish to‗g‗risidagi ariza o‗z vaqtida taqdim etilmaganligi 
yoki belgilanmagan shaklda taqdim etilganligi, shuningdek reglament talablariga 
rioya etilmaganligi asos bo‗ladi. 
Soliq monitoringini amalga oshirish yoki amalga oshirishni rad etish 
to‗g‗risidagi qaror u qabul qilingan kunda soliq to‗lovchiga yozma shaklda, shu 
jumladan soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi. 

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə