www.re-search.uz
105
“UCHINCHI RENESSANSDA ILMIY-AMALIY TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI” RESPUBLIKA ONLAYN KONFERENSIYASI
QUYI AMUDARYO HAVZASI TOSH ASRI OVCHILARI MANZILGOHLARINI
QAYTA TIKLASHGA DOIR BA’ZI BIR MASALALAR
Matqurbanov.F.
Urganch davlat universiteti Arxeologiya yo‘nalishi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Quyi Amudaryo havzasida tosh asri ovchilarining
turar-joy tuzilishini tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
tosh asri, manzilgohlar,
arxeologiya, E. B. Bijanov, Turon, neolit,
Ustyurt, Burli-3, Yonbosh-4, Tolstov, Uchashi - 131, Darvozaqir 1, 2.
Turon pasttekisligining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Quyi Amudaryo
havzasida qadimgi tosh asri davrida umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning turmush tarzini
olib borishiga imkon bergan manzilgohlar tuzilishini va ularni
qayta tiklash masalalarini,
o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Turonning asosiy dehqonchiligiga qulay bo‘lgan
Qoraqum va Qizilqum oralig‘i pasttekisligi Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari
faoliyati natijasida rang-barang geografik holatiga ega bo‘lgan
jarayonni geografik va
arxeologik tadqiqotlar natijalarini qamrab olgan ma’lumotlar neolit davri urug‘ jamolari turar
joylarining qadimiy holatini qayta tiklashga xizmat qiladi.
Tadqiqotchilar S.P.Tolstov, A.V.Vinogradov, A.S.Kes, E.D.Mamedov, P.Baratov,
Y.G‘.G‘ulomov, N.Xolmatov, E.B.Bijanov va O.A.Vinogradovlar asarlaridagi ma’lumotlar
Xorazmdagi ajdodlarimizning neolit davri jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini
yoritish imkonini beradi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Xorazm vohasi shimoli-g‘arbiy hududiga ulanib ketgan
Ustyurt platosi Shaxpaxta havzasi atroflarida ashel davri quyi bosqichidagi ovchilar va uning
avlodlari o‘rta tosh davrida geografik xususiyat va ekologik sharoit ta’sirida kasb-korlarini
davom ettirganlar.
1
Tadqiqotchi Shaxpaxta havzasi tevarak atrofidagi ashel davri so‘ngi
bosqichi
ovchilarining manzilgohlarini qayta tiklash masalasiga e’tiborini qaratmagan.
Qadimgi tosh davri oxirgi bosqichi bo‘lgan so‘nggi tosh davriga kelganda
Ustyurtning janubi-sharqiy qismida joylashgan ovchilarning bir guruh vakillari aholi soni
oshganligi, mehnat qurollari kamsonligi, tog‘-kon sanoati xom-ashyosining kamayib borishi,
hamda ekologik muammoning vujudga kelganligi munosabati bilan Sulton Uvays tog‘i so‘l
sohiliga ulangan hududga kelib joylashib Burli-3 makonida istiqomat qilib, ajdodlari mehnat
faoliyatida erishgan amaliy mashg‘ulotini davom ettirganlar
2
. Tadqiqotda Burli-3 manzilgohi
tuzilishi, unda ishlatilgan ashyolar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘zga tashlanmaydi,
faqat
moddiy ashyolar va ularning arxeologik tahlili o‘rin olgan. Nazarimizcha, manzilgoh aylana
shaklda, markazda o‘choq (otashgoh), qurilish materiallari qadamlab yuradigan jussali
1
Бижанов Е. Б. О находки памятников каменного века в районе впадины Шахпахты на
Устюрте. Вестник ККО АНРУЗ
.
- Нукус 1993, Вып.-1. - С. 65-68.
2
Виноградова Е.А. Первые палеолитические находки в Султануиздаге // Приаралье в
древности и средневековье -М.: ИВЛ РАН. Наука, 1998 - С. 74-77