Udk: Soatov Sardor Akvarovich surxondaryoning shimoliy tumanlari sharoitida na’matak


Fitonematodalarni ajratib olish, fiksatsiya qilish va preparat tayyorlash



Yüklə 245,33 Kb.
səhifə7/18
tarix28.11.2023
ölçüsü245,33 Kb.
#136482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
2 Соатов С.А. Дисс. Homaki x-u 2

2.3. Fitonematodalarni ajratib olish, fiksatsiya qilish va preparat tayyorlash
metodikasi
Yig’ilgan namunalar Termiz davlat universiteti qoshidagi “Gelmintologiya muammoli laboratoriyasi”da tahlil qilindi.
O’simlik organlari va tuproqdagi nematodalarni ajratib olish uchun Bermanning varonkali metodi qo’llanildi. Bo’rtma nematodalarning lichinkalari tuproqdan Berman metodi yordamida, ildizdagi urg’ochi nematodalar esa ildizni yorib ko’rish orqali ajratib olindi.
O’simlik qismlari alohida yuvildi. Shundan keyin o’simlik qismlari qaychi yordamida 0,5 sm uzunlikda maydalandi va belgilangan miqdorda(20gr) tarozida tortib olindi. Varonkaga rezina naycha kiygizilib, uning pastki qismida probirka qo’yildi va unga toza suv solindi. Rezina naycha va probirka ichida havo qolmasligiga e’tibor berildi. Havo nematodalarning probirka tubiga yig’ilishiga to’sqinlik qiladi va ishni kamchilik bilan bajarilishiga sababchi bo’ladi.So’ngra olingan o’simlik yoki tuproq namunasi sut filtrga solinib, varonkaga joylashtirildi.
Namunalar varonkaga joylashtirilgach, har bir namuna qayerdan va qachon olinganligiga yon daftarga qayt etildi.
Fitonematodalar o’simlik va tuproqdan suvga chiqib, probirkaga tusha boshlaydi. Tajriba haroratga qarab 24 soatdan 48 soatgacha davom ettiriladi va probirka rezina naychadan olinadi. Probirkadagi suvning bir qismi olib tashlanib uning o’rniga 4 % li formalin quyiladi va probirkaga yorliq o’rab qo’yiladi. Fitonematodalar turlarini aniqlash va ularning sonini bilish uchun probirkadagi nematodalar petri idishiga solinib, binokulyar mikroskopda ko’rildi.
Doimiy preparatlar tayyorlash uchun nematodlar maxsus nina bilan soat oynasga, 4-5 tomchi distillangan suvga teriladi. Terib bo’lingach nematodalarni ravshanlantirish maqsadida unga 4 tomchi birinchi eritmadan 20 %li spirt,1 % li glitserin, 79 % distillangan suv qo’shilib, 20-30 °C haroratda termostatga 24 soat qo’yiladi, 24 soatdan keyin unga ikkinchi eritma (95 % spirt, 5 % glitserin) tomizildi va yana 20 -30 °C haroratga termostatga 2 soatga qo’yildi.
Termostat spirt va suvning bug’lanishiga yordam beradi. Termostatdan olingandan keyin u preparat qilishga tayyor hisoblanadi. Buning uchun buyum oynasi spirt bilan tozalandi va oynaga xalqa qo’yildi. Xalqa ichiga glitserindan tomchi tomizildi va tomchiga binokulyardan qaralgan holda 10-15 tagacha nematodalar terildi. So’ngra uning ustiga qoplagich oyna bilan yopilib preparat spirt lampasida glitserinning bir xil tarqalishini parafinning erishiga qarab yengil qizdirib olindi. Shu tartibda doimiy preparat tayyorlandi va preparat chetiga preparat raqami yozib qo’yildi.
Preparatdagi nematodalarning o’lchamini o’lchashda ko’pchilik fitogelmintologlar tomonidan qabul qilingan De Man formulasi [...] dan foydalandik. Bu formula quyidagicha ifodalanadi:
L = gavdaning umumiy uzunligi
a =
b =
c =
V = umumiy gavda uzunligining urg’ochilarida vulva joylashgan chegarasigacha bo’lgan o’lchamiga nisbati.



Yüklə 245,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə