Udk: Soatov Sardor Akvarovich surxondaryoning shimoliy tumanlari sharoitida na’matak



Yüklə 245,33 Kb.
səhifə6/18
tarix28.11.2023
ölçüsü245,33 Kb.
#136482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2 Соатов С.А. Дисс. Homaki x-u 2

I bob bo’yicha xulosa
Dorivorlik xususiyati yuqori bo’lgan mevali o’simliklar orasida na’matak muhim o’rinda turadi. 2020 yil 9 aprelida yurtimizga kirib kelgan sovuq havo oqimi natijasida yoqqan qor mevali o’simliklarning gullagan vaqtiga to’g’ri keldi va na’matak o’simligi gullariga ta’sir qilib, to’kilishiga sabab bo’ldi. Undan tashqari bahorgi iliq ob-havo hasharotlarni ko’payishiga sababchi bo’lishi bilan bir qatorda tuproqda fitonematodalar rivojlanishiga hamda o’simliklarni zararlanishiga qulay sharoit yaratdi. Na’matak o’simligining parazit nematodalar bilan zararlanishi o’rganilmaganligi ushbu mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.


II BOB. TАDQIQOT ISHINING MАTERIАL VА METODIKАSI


2.1. Material
Mazkur ish uchun Surxandaryo viloyatining shimoliy (Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, Sho’rchi, Qumqo’rg’on) tumanlarida na’matak (Rosa canina L.)  o’simligi ildizi va uning atrofidagi tuproqdan yig’ilgan namunalar material bo’lib xizmat qildi. Na’matak o’simligi nematodalar faunasini o’rganish uchun 90 ta tuproq va 85 ta o’simlik namunalari yig’ildi.


2.2. Namuna yigʼish metodikasi
Na’matak o’simligidan namunalar yig’ishda fitogelmintologiyada ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan qo’llaniladigan va keng tarqalgan Marshrut metodidan foydalanildi [...]. Ushbu metod na’matak nematodalar faunasini va fitogelmintlarining tarqalishini o’rganish maqsadida qo’llanildi. Namunalar 2020 yil noyabr, 2021 yil mart, aprel, oktyabr va noyabr 2022-yil fevral, mart, aprel oylarida olindi. Marshrut metodiga asosan fermer xo’jaliklari yerlari diagonali bo’ylab har 3-4 metr masofadan na’munalar yig’ildi. Buning uchun na’muna olinadigan oʼsimlikning atrofi 15-20 sm kenglikda, 20-30 sm chuqurlikda qazildi va oʼsimlik organlaridan na’munalar olindi. Ildiz atrofidagi tuproqdan ham 1 kg dan olindi. Olingan na’munalar polietilen xaltachaga solinib, yon daftarga o’simlik na’munasi soni, holati, na’munaning qaysi mahalladan yoki fermer xo’jaligidan olinganligi yozib borildi.



Yüklə 245,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə