Udk: Soatov Sardor Akvarovich surxondaryoning shimoliy tumanlari sharoitida na’matak



Yüklə 245,33 Kb.
səhifə9/18
tarix28.11.2023
ölçüsü245,33 Kb.
#136482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
2 Соатов С.А. Дисс. Homaki x-u 2

III bob bo’yicha xulosa
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Surxondaryo viloyatining shimoliy tumanlari sharoitida na’matak o’simligi va uning ildizi atrofidagi tuproqda …. ta kenja sinf, …. ta turkum, …. ta kenja turkum, … ta katta oila, … ta oila, … ta kenja oila, … ta avlod, … ta tur ga mansub fitonematodalar aniqlandi. Ulardan 9 turi na’matak o’simligida ilk bor qayd etilmoqda.


IV BOB. NA’MATAK OʼSIMLIGI NEMАTODАLARI FАUNАSI
4.1. Na’matak oʼsimligi va ildizi atrofidagi tuproqda aniqlangan fitonematodalar faunasi va ularning ekologik tahlili
4.1-jadval
Na’matak oʼsimligi va ildizi atrofidagi tuproqda aniqlangan fitonematodalar tur individlari soni




Hudud
(mahalla)

Yusuf Davr f/x

Abbos Abduraimov f/x



Arabov Shamsiddin f/x

Qulmat Eshmatov f/x



Jami individ soni




Tur nomi
















1

Monhystera paludicola

21

19

11

19

70

2

M.similis

27

17

25

24

93

3

Plectus granulosus

6

11

2

-

19

4

Eudorylaimus monhystera

21

31

7

18

77

5

Nygolaimus brachyuris

18

7

25

16

66

6

Diplogaster rivalis

-

17

11

22

50

7

Diplogasteritus nudicapitatus

19

20

21

12

72

8

D. austriacus

34

22

21

16

93

9

Diplogastrellus gracilis

26

17

23

19

85

10

D. stammeri

11

26

13

27

77

11

Cephalobus persegnis

19

27

25

22

93

12

Eucephalobus oxyuroides

7

6

-

4

17

13

E. elongates

15

18

17

11

61

14

Acrobeloides buetschlii

25

19

21

26

91

15

Cervidellus servus

21

27

31

25

104

16

Chiloplacus symmetricus

29

34

31

27

121

17

Panagrolaimus concolor

16

10

18

19

63

18

P. facetus

23

15

17

21

76

19

P. labiatus

-

4

7

-

11

20

P. subelongatus

12

24

26

23

85

21

Tylenchulus semipenetrans

28

27

19

31

105

22

Paratylenchus pratensis

16

23

31

29

99

23

P. penetrans

23

27

19

24

93

24

P.pseudoparietinus

20

25

19

27

91

25

Pratylenchoides crenikanda

29

23

15

31

98

26

Paratylenchus amblusephalus

11

-

9

7

27

27

Tylenchus filiformis

20

14

17

23

74

28

T. polyhypnus

11

14

19

7

51

29

T. cylindricus

24

19

27

23

93

30

T. plattensis

28

17

18

26

89

31

T. fusiformus

29

24

26

15

94

32

Aglenchus agricola

12

19

26

28

85

33

A. bryophilus

11

17

19

28

75

34

Ditylenchus dipsaci

38

34

36

27

135

35

D. destructor

17

23

19

11

70

36

D. misellus

26

28

16

22

92

37

D. angustus

11

17

13

18

59

38

D. mirus

9

26

24

11

70

39

D.tulaganovi

17

18

14

19

68

40

Aphelenchus cylindricaudatus

14

13

11

7

45

41

A. radicicolus

28

17

23

32

100

42

A. avenae

34

30

28

19

111

43

Paraphelenchus tritici

22

19

17

11

69

44

P. myceliophthorus

10

13

11

27

61

45

P.pseudoparietinus

24

14

11

10

59

46

Aphelenchoides martini

17

9

15

23

64

47

A. cyrtus

9

11

8

10

38

48

A.bicaudatus

-

10

16

7

33

49

Seinura citri

16

18

-

11

45

50

S. longicaudata

8

6

16

11

41

51

S. demani

-

12

14

18

44




Jami

902

938

908

944

3692

Ekologik guruhiga ko’ra aniqlangan nematodalar pararizobiontlar, eusaprobiontlar, devisaprobiontlar, mikogelmintlar, fitogelmintlar guruhlariga ajratildi[....].


Pararizobiontlar - o’simlik ildizi atrofidagi rizosferasi tuprog’i qatlamlarida yashovchi nematodalar[..]. Na’matak o’simligi nematodalar faunasi tarkibida pararizobiontlar 8 turni tashkil etdi. Ushbu guruh vakillarining hayot kechirish tarzi, ovqatlanish usuli, ozuqa turi va o’simliklarga nisbatan munosabatlariga ko’ra 3 ta kichik guruhlarga ajratildi:
a) erkin yashovchi pararizobiontlar. Ushbu kichik guruhga kiruvchi nematodalarning anchagina turlari nam tuproqda, ba’zan chuchuk suvlarda ham yashashga moslashgan. Bundan tashqari ular o’simlik tanasiga tasodifan kirib qolishi mumkin, lekin unga salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi, chunki ularning ovqati o’simlik qoldiqlari, turli tuman mikroorganizmlar hisobidan bo’ladi. Erkin yashovchi pararizobiontlar na’matak nematodalari faunasi tarkibida 2 turdan iborat bo’ldi. Ushbu kichik guruhga mansub Monhystera avlodiga mansub turlar rizosfera tuprog’i qatlamlarida qayd etildi.
b) fitofag pararizobiontlar kichik guruhiga mansub nematodalarning o’ziga xosligi og’iz bo’shlig’ida nayza yoki ayrim avlodlarining turlarida sanchib so’ruvchi naysimon stiletga egaligidir. Shunga binoan bunday pararizobiontlar, asosan rizosfera tuprog’ida yashasa ham, ba’zan o’simlik tanasiga o’tib, uning shirasi bilan ovqatlanishga kirishadi. Bizning materialimizda fitofag pararizobiontlar Eudorylaimus, Aglenchus, Tylenchus avlodlariga mansub 5 turdan iborat bo’ldi.
c) yirtqichlik bilan ovqatlanuvchi pararizobiontlar kichik guruhi. Ushbu nematodalarning og’iz bo’shlig’ida nayza yoki xitinlashgan og’iz kapsulasi, ba’zan xitinlashgan tishchalar shakllangan. Yirtqich pararizobiontlar ko’p hollarda mayda nematodalar va ularning lichinkalari(parazit turlarning ham lichinkalari) bilan ovqatlanadi. Bundan tashqari ular ba’zan o’simliklarning vegetativ a’zolariga ham o’tib, undagi mikroskopik hayvonlarni ham iste’mol qilishi isbotlangan.Bizning materiallarimizda na’mataknematod faunasi tarkibida eng kam sonda aniqlandi. Yirtqich pararizobiontlar faqat 1 tur - Nygolaimus brachyurisdan iborat bo’ldi.
Shunday qilib, erkin yashovchi tuproq nematodalari yoki pararizobiontlarning asosiy yashash va tarqalish joyi rizosfera tuprog’i qatlamlari hisoblansa ham, ularning ayrim turlari o’z individlari bilan na’matakning ildiz sistemasida ham namoyon bo’lishdi.
Eusaprobiontlar - o’simliklarning zararlangan va chiriyotgan joylarida, shuningdek tuproqning turli hayvon qatlamlarida mavjud bo’lgan saprobiotik manbalarda yashashga moslashgan hamda organik chirindi bilan ovqatlanuvchi nematodalar hisoblanadi. Tadqiqotlar davomida na’matak nematodalari faunasi tarkibida eusaprobiontlar Diplogaster, Diplogasteritus, Diplogastrellus avlodlariga mansub 5 ta turni o’z ichiga oldi. Eusaprobiontlarga mansub turlar fauna tarkibida ancha yuqori sondagi individlarga ega ekanligi qayd etildi. Eusaprobiontlarning biotoplar bo’yicha tarqalishiga e’tibor bersak, tuproqning qatlamidan 20-30 sm chuqurlikda ularning individlari sezilarli ravishda kamayib borgan. Turlarning rizosfera qatlamlarida bunday notekis taqsimlanishini avvalo tuproq tarkibidagi gumus miqdorining yuqori qatlamlarda quyi qatlamlarga nisbatan ko’p bo’lishi bilan tushuntirish mumkin.
Devisaprobiontlar. Ushbu guruh turlarining xususiyatlari shundan iboratki, ular tuproqda erkin yashab, ba’zan chirish jarayoni borgan manbalarda, shuningdek ko’p hollarda o’simliklarning sog’lom vegetativ a’zolarida ham uchrovchi nematodalar hisoblanadi. Tadqiqot o’tkazilgan hududlarda na’matak o’simligi nematodalar faunasi tarkibida devisaprobiontlar 11 turni tashkil etdi. Devisaprobiontlar ovqatlanish usuli, ovqat turi va o’simliklarga nisbatan munosabatiga binoan 2 ta kichik guruhga ajratildi.
Birinchi kichik guruh vakillari o’simliklarning kasallangan qismlarida, o’simlik qoldiqlarining tuproqda chiriyotgan manbalarida yashab, chin saprobiont nematodalar singari chirindi bilan ovqatlanadi. Na’matak o’simligi nematodalar faunasi tarkibida ushbu kichik guruh devisaprobiontlari Plectus, Cephalobus, Acrobeloides, Cervidellus, Panagrolaimus avlodlariga mansub 8 turdan iborat bo’ldi. Ushbu kichik guruhga mansub turlarning individlari asosan tuproqning 10 sm li qatlamidan ajratib olindi.
Devisaprobiontlarning ikkinchi kichik guruhi - fitofag saprobiontlar 3 ta (Eucephalobus va Chiloplacus avlodi vakillari) turdan iborat bo’ldi. Ushbu kichik guruh devisaprobiontlari na’matakning rizosferasi tuprog’ida hamda ularning vegetativ a’zolarida ko’plab sonda uchratildi. Ularning bunday tarqalishi va yashashiga imkoniyat beruvchi ayrim moslanishlariga sabab boshida nisbatan qattiq va bo’rtib chiqib turuvchi organi bo’lganligi hamda shu organi yordamida o’simlik to’qimasini shikastlab, ovqatlanishi mumkinligidir.
Mikogelmintlar - nospetsifik parazitlar guruhi 14 turdan iborat bo’lib, bular Aphelenchus, Paraphelenchus, Seinura va Ditylenchus avlodlari vakillaridan iborat bo’ldi.
Mikogelmintlarning ekologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular aslida saprobiotik jarayoni mavjud bo’lgan manbalarda uchraydi va undagi zamburug’ mitseliylari bilan ovqatlanadi. Ba’zan o’simliklarning vegetativ a’zolarida mavjud bo’lgan zamburug’lar orasida to’planib turadi. Bunday turlarni sanchuvchi stileti kichik va nozik bo’ladi.
Parazit fitogelmintlar- chin parazit fitonematodalar. Dala sharoitida o’stiriluvchi na’matak nematodalari faunasi tarkibida 13 turni tashkil etdi. Ushbu nematodalarning bir qator xususiyatlari, jumladan ovqatlanish usuli va ovqat turi hamda o’simliklar bilan munosabatlariga binoan ikkita kichik guruhga, ya’ni rizosfera tuprog’ida yashab, o’simlik shirasi, epidermis hujayralari yoki ildiz tukchalari bilan ovqatlanuvchi ektoparazit va endoparazit fitonematodalarga ajratildi.
Ektoparazit nematodalar na’matak nematodalari faunasida 10 turni tashkil etib, Aphelenchoides, Tylenchus, Paratylenchus avlodlari vakillaridan iborat bo’ldi. Ushbu kichik guruh parazitlar kuchli va yirik stiletga egadir. O’simlik vegetatsiya davri boshlanishi bilanoq yosh ildizlarni hosil qiladi va parazitlar ana shu yirik stileti yordamida o’simlik ildizi to’qimalarini tashqaridan turib teshib, shirani so’rib oladi. Yirik stilet faqatgina yosh ildizlarni teshishga yordam beradi, chunki ushbu turdagi ildiz po’sti yupqa bo’ladi. Ikkinchi yilgi ildizlarning po’sti qalin bo’lganidan yirik stilet parazitning ildiz tizimiga kirib borishiga yordam bera olmaydi. Lekin ayrim hollarda ularining ayrim individlari ildiz ichiga ham kirib ovqatlanishni davom ettiradi, shuning uchun ektoparazitlar guruhiga kiruvchi ayrim parazit nematodalar yarim endoparazitlar sifatida ham talqin etiladi.
Fitogelmintlarning ikkinchi kichik guruhi - endoparazit nematodalar bo’lib, ular na’matak nematodalari faunasi tarkibida 3 ta turni tashkil etdi. Ushbu turlar Ditylenchus, Pratylenchus, Tylenchulus avlodlariga mansubligi aniqlandi.
Ro’yxatga olingan endoparazit fitonematodalar individlari o’simlikning ildiz sistemasida va rizosfera tuprog’ida katta miqdorda aniqlandi. Shunga qaramay ushbu turlar individlarining asosiy qismi ildiz sistemasida uchratilganligini qayd qilish lozim. Yuqorida nomlari keltirilgan parazit nematodalarni na’matak nematodalari faunasidagi dominant turlar sifatida e’tirof etish mumkin. Olib borilgan tadqiqotlarning muhim ilmiy ahamiyatlaridan biri sifatida na’matak nematodalari faunasida endoparazitlardan na’matakning xususiy paraziti Tylenchulus semipenetrans qayd etilganligidir. Ushbu tur o’rganilgan hududlardagi issiqxonalarda o’stirilgan na’matak o’simligining ildiz sistemasida va kam miqdorda 10 sm li rizosfera tuprog’i qatlamida aniqlandi.




Yüklə 245,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə