Umum ped na amal-O`um 13-14


-modda. Maktabgacha ta‘lim va tarbiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

8-modda. Maktabgacha ta‘lim va tarbiya 
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya bolalarni o‗qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma‘naviy-
axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‗rta ta‘limga 
tayyorlashga qaratilgan ta‘lim turidir. 
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‗lgan bolalarni boshlang‗ich 
ta‘limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. 
Maktabgacha ta‘lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek ―Maktabgacha 
ta‘lim va tarbiya to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 
Qonuni
 bilan belgilanadi. 
9-modda. Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim 
Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim umumta‘lim o‗quv dasturlarini, zarur bilim, malaka 
hamda ko‗nikmalarni o‗zlashtirishga qaratilgan. 
Umumiy o‗rta ta‘lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: 
boshlang‗ich ta‘lim (I — IV sinflar); 
tayanch o‗rta ta‘lim (V — IX sinflar); 
o‗rta ta‘lim (X — XI sinflar). 
Umumiy o‗rta ta‘lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‗ladigan yilda 
qabul qilinadi. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 

Boshlang‗ich ta‘lim ta‘lim oluvchilarda umumiy o‗rta ta‘limni davom ettirish uchun zarur 
bo‗lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‗nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. 
Tayanch o‗rta ta‘lim o‗quv dasturiga muvofiq ta‘lim oluvchilarga bilim, malaka va 
ko‗nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini 
rivojlantiradi. 
Tayanch o‗rta ta‘lim doirasida (VII sinfdan so‗ng) ta‘lim oluvchilarda kasblar bo‗yicha 
birlamchi bilim va ko‗nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga 
yo‗naltirish bo‗yicha choralar amalga oshiriladi. 
O‗rta ta‘lim o‗quv dasturiga muvofiq ta‘lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va 
ko‗nikmalar o‗zlashtirilishini, shuningdek ta‘limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka 
talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta‘minlaydi. 
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‗naltirish, shuningdek ta‘lim oluvchilarni yuqori 
malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim umumiy o‗rta ta‘lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‗lgan o‗n 
bir yil davomida amalga oshiriladi. 
O‗rta maxsus ta‘lim akademik litseylarda to‗qqiz yillik tayanch o‗rta ta‘lim asosida ikki yil 
mobaynida amalga oshiriladi va ta‘lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, 
shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim olishini 
ta‘minlaydi. 
Nodavlat ta‘lim tashkilotlarida umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim to‗lov-shartnoma asosida 
amalga oshirilishi mumkin. 
Iqtidorli va iste‘dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va boshqa 
ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin. 
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‗lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt 
davolanishga muhtoj bo‗lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarida, umumiy o‗rta va 
o‗rta maxsus ta‘lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta‘lim oladi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta‘lim oluvchilar soni o‗ttiz besh 
nafardan oshmasligi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə