Umum ped na amal-O`um 13-14


 Dasturning aniq bir g‘oyaga asoslanganligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

1. Dasturning aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.
Dastur mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoiyllariga 
asoslangan holda isloh qilingan har bir fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridagi erishilgan 
yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. Dastur uzoqni ko‘ra bilishi qoidalariga asoslanishi kerak. 
 
2. Dastur ilmiylik prinsiplariga asoslanadi.
Har bir ta‘lim va tarbiya g‘oyalari, ilmiy jihatdan 
tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi. 
 
3. O‘quv dasturi aniq mazmun va mantiq g‘oyalarini o‘zida aks ettirishi lozim. 
Dasturda fanning maqsad va 
vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o‘rganiladi. Aks holda tushuntirish qiyin bo‘ladi. 
 
4. Nazariyot bilan amaliyotning birligi prinsiplari. 
Talabalar nazariy olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish 
ko‘nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi. 
 
5. O‘quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. 
Vaqt o‘tishi bilan fan olamida yangi - 
yangi kashfiyotlar, ma‘lum bir ilmiy qonun - qoidalar paydo bo‘lib, fan takomillashib boradi. 
 
O‘quv dasturi 
davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavriat, magistratura , litsey, gimnaziya,
kollejlarga alohida - alohida tuziladi. 
Darslikni hammamiz bilamiz. Undan uzoq yillar davomida foydalanib kelganmiz, ayrimlarga u eng yaqin do‘st 
bo‘lib qolgan.
 Xuddi shu biz biladigan darslik qanday talablar asosida yaratiladi? 
Darslik. Darslik o‘quv jarayonining asosi. O‘quvchining uydagi muallimi, yordamchisi. Darslik quyidagi 
talablarga amal qilgan holda yaratiladi. 
1.
Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatiga mos kelishi kerak. 
2.
Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g‘oyalari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. 
Ular hayotdan olingan, ishonarli bo‘lishi lozim. 
3.
Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. 
tushunchalar 
tеrminlar 
faktlar 
qonuniyatlar 
nazariyalar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə